4-amaliy mashg‘ulot
MS Word 2013 hujjat oynasi bilan tanishish
Download 462.66 Kb. Pdf ko'rish
|
2-amaliy QXM
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bo‘sh simvol
- Matn
- Yoyma satr
MS Word 2013 hujjat oynasi bilan tanishish MS Wordning hujjat oynasi “asosiy ish maydoni” bo‘lib hisoblanadi. Matn, vektorli grafika, rasm va formulalar, obyektlar barchasi shu maydonda yaratiladi va tahrir qilinadi. MS Word hujjat oynasida biz quyidagi tushunchalarga duch kelamiz: 1. Simvol – Word hujjatining bo‘laklarga bo‘linmaydigan, minimal birlikdagi elementi bo‘lib hisoblanadi. Simvollar Wordda alifboga tegishli harflar bo‘lishi mumkin, raqamlar bo‘lishi mumkin, alifbodan tashqari ilmiy terminlar to‘plamiga xos bironta belgi bo‘lishi ham mumkin. 2. Bo‘sh simvol – aniq bir belgiga ega bo‘lmagan, bo‘sh joyni anglatuvchi mavhum simvol bo‘lib, simvollar orasida uni bilan belgilash qabul qilingan. Misol: “Men keldim” = “Men keldim” 3. Satr – simvollardan tuzilgan to‘plam yoki simvollar ketma-ketligi. 4. So‘z – bir yoki ikki tomonlama (bo‘sh joy) bilan chegaralangan chekli satr. 5. Matn – so‘zlar to‘plami. 6. Abzas – satr boshi yoki o‘ngga cheklanish bilan boshlangan 1-satr. 7. Paragraf – ikkita abzas oralig‘i. 8. Interval – satrlararo oraliq. 9. Shrift – simvollarning shakliy ko‘rinishi. 10. Shrift o‘lchami – kattaligi “punkt”larda o‘lchanadigan simvollarning balandlik va kenglik birligi. 11. Stil – shriftning kelishilgan qoidaga muvofiq turi, o‘lchami, rangi va simvol shaklidan iborat to‘plam. 12. Yo‘g‘on simvol (Bold, Полужирный) – oddiy simvolning quyuq qoraytirilgan ko‘rinishida yozilishi. 13. Og‘ma simvol (Italic, Курсив) – oddiy simvolning taxminan 30 ga og‘dirilgani. 14. Tagchiziqli simvol (Underline, Подчеркнутый) – ostiga chiziq chizil- gan simvol. 15. Yoyma satr – simvollararo oraliqning kattalashtirilgani (разреженный). 16. Zich satr – simvollararo oraliqning kichiklashtirilgani (уплотненный). Download 462.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling