4 Amaliy mashg‘ulot yong‘inlarni oldini olish asoslari ishdan maqsad


Download 30.66 Kb.
bet1/2
Sana18.03.2023
Hajmi30.66 Kb.
#1282717
  1   2
Bog'liq
4 Amaliy mashg


4 Amaliy mashg‘ulot


YONG‘INLARNI OLDINI OLISH ASOSLARI
Ishdan maqsad:Yong‘inlarni oldini olishning umumiy masalalari bilan tanishish.
Yong‘inlarni oldini olishning umumiy masalalari. YOng‘inlarni oldini olishyong‘inga qarshi texnikaning tarkibiy qismi hisoblanadi va yong‘in va portlashlardan ogohlantirishda ishlatiladigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlarning yagona kompleksi sifatida namoyon bo‘ladi.
Bu tadbirlar kompleksi tarkibiga quyidagilar kiradi: texnologik jarayonni olib borish vaqtida ya’ni, korxonani ekspluatatsiya qilish vaqtida amalga oshiriladigan yong‘in xavfsizligi choralari; korxonani loyihalashtirish va qurishda ko‘zda tutiladigan yong‘in xavfsizligi choralari.
Yong‘in va portlashlarni bartaraf qilish va undan ogohlantirishning joriy usullarini ishlab chiqish vaqtida yonish va portlash to‘g‘risidagi umumiy nazariy yo‘riqnomalardan, shuningdek, ishlab chiqarishda ro‘y bergan yong‘in va portlashlar sabablari natijalaridan olingan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, kimyo sanoati korxonalarida ro‘y beradigan ko‘pgina yong‘inlar, portlashlar, o‘t olishlarning asosiy sabablari quyidagilardir:
1) yong‘in xavfsizligi elementar qoidalarining buzilishi;
2) texnologik jarayon rejimining buzilishi;
3) elektr asboblarining, elektr simlarining nosozligi va elektrotexnik qoidalarning buzilishi;
4) o‘z-o‘zidan alangalanish, statik elektr toki, chaqmoq razradlari va boshqa sabablar.
Yong‘in xavfsizligi bo‘yicha texnologik jarayonni olib borishning umumiy chora-tadbirlar: xavfli texnologik operatsiyalarni xavfsizlari bilan almashtirish; xavfli texnologik uskuna va qurilmalarni izolyasiyalab joylashtirish; ishlab chiqarish xonalaridagi yonishga moyil va portlovchi moddalar sonini kamaytirish; yonishga moyil aralashmalarni flegmatizatsiyalashtirish, ingibitorlar va inert qo‘shimchalarni qo‘llash; engil yonuvchan moddalarni saqlash va ular bilan inert gaz muhitlarda ishlash; ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish va muntazamlashtirish; uskunalarni, kommunikatsiyalar va uskunalarning birikkan joylarini, texnologik uskunalarni ortish va tushirib olish joylarini germetiklashtirish; vakuumni qo‘llash; standartlarga qat’iy rioya qilish va belgilangan texnologik rejimni qat’iy ushlash; texnologik uskuna va kommunikatsiyalarni ta’mirlashga to‘xtatishdan oldin va ishga tushirishdan oldin suv bug‘i yoki inert gazlar bilan puflab tozalash; xavfli joylarda alanga chiqishi mumkin bo‘lgan manbalarni yuzaga kelishini oldini olish va boshqalar.

Download 30.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling