4-amaliy mashg‘ulot: zamonaviy maktab o‘qituvchisining vazifasi. Pedagogning kasbiy fazilatlari. Pedagogik mahorat maqsad


Download 9.24 Kb.
bet2/3
Sana03.12.2023
Hajmi9.24 Kb.
#1801713
1   2   3
Bog'liq
4. Zamonaviy maktab o\'qituvchisi

PIRLS
GLOSSARY
    • [a. – mohirlik, ustalik, epchillik] biror ish, kasb uchun zarur yoki shu sohada orttirilgan ustalik, san’at; mohirlik.

Mahorat
    • [a. — afzallik, ijobiy xislat; ezgu ish] Ijobiy xislat, yaxshi xulq yoki xususiyat. 

Fazilat
    • (lotincha: professio — rasmiy koʻrsatilgan mashgʻulot, ixtisoslik) -maxsus nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalar majmuiga ega tajribali shaxsning mehnat faoliyati turi hisoblanadi

Kasb
    • oʻqituvchi rahbarligida yosh avlodga ma’lumot beriladigan va tarbiyaviy ishlar olib boriladigan oʻquv tarbiya muassasasi.

Maktab
GLOSSARY
1-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maktab o‘qituvchilariga berayotgan e’tibori va ularga qo‘yayotgan talablari haqidagi nutqlarini o‘rganing va xulosa chiqaring
2-topshiriq
“O‘z o‘rningni top” mеtodi. Mavzu bo‘yicha bahs-munozarali vaziyatlarda muammoning yеchimini topishga yo‘naltirilgan. Bunda o‘quvchilar o‘z fikrini bayon qilishi, muloqot ko‘nikmalarini qaytadan tuzatishga imkoniyatlar mavjud bo‘ladi va dars so‘ngida o‘qituvchi tomonidan mavzuni o‘zlashtirish darajasini baholash aniq amalga oshiriladi.
Maqsadi: o‘quvchilarda o‘z fikrini bayon qilish, erkin, mustaqil, mantiqiy fikrlashga o‘rgatish.
Vazifasi: o‘quvchilarni muammoli vaziyatlar orqali mustaqil tarzda o‘z fikrlarini isbotlashga o‘rgatiladi.
3-topshiriq. O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 46-moddasini o‘rganing
46-modda. Pedagog xodimlarning majburiyatlari
Pedagog xodimlar:
ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini hurmat qilishi;
o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli o‘tkazishi;
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan, o‘qitish va tarbiyaning ilg‘or hamda innovatsion shakllari va usullaridan foydalanishi;
ta’lim oluvchilarning psixologik va o‘ziga xos xususiyatlarini, jismoniy va ruhiy salomatligini, fiziologik rivojlanishini hisobga olishi, jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan shaxslarni o‘qitish uchun shart-sharoitlar yaratilishiga e’tibor qaratishi;
voyaga yetmagan ta’lim oluvchilar bilan ta’lim-tarbiya ishlarini ularning ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari bilan hamkorlikda olib borishi;
ta’lim tashkilotining ustaviga va (yoki) boshqa ta’sis hujjatlariga, ichki mehnat tartibi qoidalariga rioya etishi;
o‘z malakasini muntazam ravishda oshirib borishi, egallab turgan lavozimiga muvofiqlik jihatidan davriy attestatsiyadan o‘tishi;
tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tishi shart.
Pedagog xodimlarning zimmasida qonun hujjatlariga, shuningdek ta’lim oluvchi va ta’lim tashkiloti o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlarga pedagogik faoliyatni amalga oshirishda axloq va etika normalariga zid harakatlar sodir etish taqiqlanadi.
Pedagog xodimlarning kiyim-boshiga doir talablar ta’lim tashkilotlari tomonidan belgilanadi.17
Pedagogning kasbiy fazilatlari
5-topshiriq. Bugungi kunda o‘qituvchilarning oldiga yana bir muhim vazifa qo‘yilgan. Bu – PISA, PIRLS, TIMSS kabi xalqaro baholash dasturlariga o‘quvchilarni tayyorlashdir.
PIRLS 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunishlarini baholovchi xalqaro baholash dasturi hisoblanadi. Hozirgi kunda xalq ta’limi tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan har bir boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchilarni ushbu baholash dasturiga tayyorlab bormoqda.
Aziz talabalar, sizlar ham bitta matn misolida PIRLS xalqaro baholash dasturiga tayyorgarlik ko‘rishni mashq qilib ko‘ring.

Download 9.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling