4-Amaliy. Mavzu: Parhez taomlar tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Mastava tayyorlash


Download 134.82 Kb.
bet1/3
Sana18.06.2023
Hajmi134.82 Kb.
#1590613
  1   2   3
Bog'liq
4-Amaliy (1)


4-Amaliy.
Mavzu: Parhez taomlar tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Mastava tayyorlash.
Reja
1. Parhez taomlar tayyorlash texnologyasi.
2. Tushlik uchun dasturxon tuzash texnologyasi.
3. Mastava tayyorlash texnologyasi.
Parhez taomlar tayyorlash texnologiyasi
Parhez taomlar organizmning lat yegan, bundan tashqari, ularning qayta tiklanishi, organizmda almashinish jarayonining normal kechishini ta'minlash maqsadida tavsiya etiladi. Ruxsat etilgan mahsulot ro'yxatiga va ularning tayyorlash usuliga qarab, shifokor-davolovchi parhez taomlar uchun ko'rsatma beradi. Davolashda 15 xil parhez taomlari ishlatiladi.
Parhez taomlar nafaqat kasallikka, balki kasalning ahvoliga ham qaraydi. Parhez taomlarning ko'pchiligiga osh tuzi oz miqdorda yoki umuman solinmaydi. Ba'zi kasalliklarga kaliy miqdori ko'p bo'lgan mahsulotlar (mayiz, anjir, qora olxo'ri, kartoshka, karam va boshqalar) tavsiya etiladi.
Barcha ratsionlarga na'matak qaynatmasini kiritish mumkin, chunki u C va P vitaminlariga boy bo'lib, yana o'zida ko'p bo'lmagan kislotalarni saqlashi tufayli yaxshi hazm bo'ladi.
Parhezli ovqatlanishda mahsulotlarga ishlov berishning quyidagi yo'llari bor:

                1. Issiq ishlov berishning asosiy yo'llari quyidagilar: suvda va bug'da qaynatish, dimlash. Mahsulotlarni urvoqqa bulamasdan qovurish va toblash- ga ruxsat etiladi. Qovurishdan oldin mahsulot qaynatiladi.

                2. Bir xil taomlar (ko'rsatmaga binoan) shakar va tuz yoki ularsiz tayyorlanishi mumkin. Ba'zi tuzsiz taomlarga ta'm berish uchun limon yoki klyukva qo'shiladi.

                3. Diabetlar uchun kotlet tayyorlashda non o'rniga tvorog ishlatiladi.

Parhez taomlar qandli diabet kasalligida to'g'ri ovqatlanish uchun
muhim ahamiyatga ega. Diabetning yengil va o'rta darajasi bilan og'rigan bemorlarning endokrinolog buyurgan parhezga qat'iy amal qilishlari dori vositalari iste'molini eng kam miqdorda qabul qilgan holda samarali davo- lanishiga yordam beradi. Eng muhimi - organizmga tez singadigan ugle- vodlar (shakar, asal, murabbo, konfetlar, xamirli taomlar, mayiz, uzum kabilar) iste'molini kamaytirishdir. Diabetning og'ir formasida bu uglevodlar iste'moli qat'iyan taqiqlangan. Diabetlarga, shuningdek, qovurilgan, achchiq, sho'r, dudlangan mahsulotlarni iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

Download 134.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling