4-Amaliy. Mavzu: Parhez taomlar tayyorlash. Tushlik uchun dasturxon tuzash. Mastava tayyorlash


AMALIY MASHG'ULOT. Mastava tayyorlash


Download 134.82 Kb.
bet3/3
Sana18.06.2023
Hajmi134.82 Kb.
#1590613
1   2   3
Bog'liq
4-Amaliy (1)

AMALIY MASHG'ULOT. Mastava tayyorlash.
Amaliy mashg'ulot uchun zarur bo'lgan asbob va idishlar: gaz
plitasi, taxtakachlar, pichoq, turli kattalikdagi idishlar, kapgir, cho'mich, likopchalar va kosalar.
Kerakli masalliqlar: 300 g mol go'shti, 1-2 dona bosh piyoz, 1-2 dona pomidor, 1-2 dona sabzi, 1-2 dona kartoshka, 100 g guruch, 100-150 g o'simlik yog'i, 1-2 dona bulg'or qalampiri, tuz va ziravor ta'bga ko'ra, oshko'klar va 1 stakan qatiq.
Ish bajarish tartibi:

          1. Go'shtni mayda qilib, sabzi va kartoshkani mayda kubik qilib, piyoz va pomidorni halqasimon qilib to'g'raladi (3-rasm, a).

          2. Qozonga o'simlik yog'i solinib dog'lanadi, so'ngra yog'da qizar- guncha go'sht qovuriladi.

          3. Piyoz bilan pomidorni solib, qovurishni davom ettiriladi.

          4. Pomidor ezilgach, sabzi va kartoshkani solib qovuriladi, sabzi yum- shaganidan keyin kubikcha shaklida to'g'ralgan bulg'or qalampiri solinadi, biroz qovurilib, suv quyiladi.

          5. Sho'rvasi yaxshi pishganda tuzini rostlab, yuvilgan guruch solinadi va u ezilmasdan oldin olov o'chiriladi.

          6. Pishgan mastavani 5-6 daqiqa "dam yedirib" kosalarga suzib, dastur­xonga tortiladi.





          7. a) b)
            3-rasm. Mastava tayyorlash jarayoni.

            Dasturxonga tortishda yuziga to'g'ralgan ko'katlar, bir osh qoshiq qatiq, ustiga murch sepiladi. Qatiq va murchni alohida berish ham mumkin (3-rasm, b).

Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

            1. Nima uchun suyuq taomlar inson organizmini suyuqlikka bo'lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi?

            2. Suyuq taomlar tayyorlash texnologiyasiga, tortilish haroratiga, suyuqlik asosiga ko'ra qanday turlarga bo'linadi?

            3. Suyuq taomlar asosi hisoblangan bulyonlar deb nimaga aytiladi?

            4. Bulyonga masalliqlar qachon va qanday qilib solinadi?

            5. Xushxo'r sho'rvalar tayyorlashdagi ishning tartibini aytib bering.

            6. Milliy taomlardan mastava tayyorlash texnologiyasini izohlang.

            7. Mastavaga qanday masalliqlar kerak bo'ladi?

Download 134.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling