4. Axloqiy madaniyat va qadriyatlar


Kasb etikasi (odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarning axloqiy yig’indisidir


Download 20.19 Kb.
bet4/4
Sana13.12.2021
Hajmi20.19 Kb.
#180497
1   2   3   4
Bog'liq
Axloqiy madaniyat

Kasb etikasi (odob-axloqi) — odamlarning kasbiy faoliyatidan kelib chiqadigan o’zaro munosabatlarning axloqiy yig’indisidir.

Kasbiy odobning barcha uchun birdek taalluqli hisoblanmagan, balki muayyan kasb-ког egalarigagina mansub bo’lgan ijtimoiy xulq-atvor qoidalari, me’yorlari mavjuddir. «Kasb odobi» atamasi «kishilar o’rtasidagi kasb faoliyati bilan bog’liq munosabatlarga ma’rifiy tus beradigan xulq-atvor kodeksidir».

Kasb axloqi kasb odobiga nisbatan keng tushuncha. Chunki kasb odobi kasb axloqi tarkibiga kirib unga shaxs xulq-atvori asos bo’lsa, kasb axloqi xulq-atvor bilan birgalikda, umuminsoniy axloqiy kasbiy me’yorlarga asoslanadi. Kasbiy axloq insonning kasbiy burchlari o’z kasbiga bo’lgan munosabatini belgilaydigan axloqiy me’yorlar majmuyi bo’lib, u kishilarni u yoki bu kasbga mansubligiga qarab birlashtiradi.

Masalan, rahbarlikning axloqiy jihatlari borasida ta’kidlash joizki, bu boradagi kasb odobi qonun-qoidalari faqat kabinetlarda emas, balki, xalq bilan muloqot jarayonida shakllanadi. Rahbar xodimlar faoliyatidagi kamchilik sifatida O’zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev «Ayrim idoralar va ularning rahbarlari real hayotdan va xalq ehtiyojlaridan ma’lum darajada uzilib qolmoqda», — deya ta’kidlagani bejiz emas. Zero, kasbiy omilkorlik, o’z ishini yaxshi bilish, qaysi kasbdan qat’i nazar axloqiy me’yorlarning ibtidosidir. Kasb odobi me’yorlarining mazmuni, ularning amaliyligi u yoki bu masalalarni yechishda yordam beradi.

Sog’lom turmush tarzining barkamol avlod axloqiy tarbiyasidagi ahamiyati. Jismonan sog’, ma’nan barkamol, zararli ta’sirlardan, salbiy xislat, illatlardan xoli, toza, рок, sog’lom fikrli avlodni, sog’lom naslli, jismoniy baquvvat, ruhi tetik, fikri tiniq, iymone’tiqodli, ma’naviyatli, mard va jasur, vatanparvar shaxsni tarbiyalashda har bir jamiyat a’zosi olib borayotgan turmush tarzi juda katta rol o’ynaydi. Sog’lom bolaning tug’ilishi, eng avvalo, ota-onaning sog’lig’iga bog’liq. Sog’lom oila bo’lmasa, barkamol avlod ham, istiqboli porloq millat ham bo’lmaydi. Shuning uchun ham mamlakatimizda bu masalaga nihoyatda katta e’tibor berib kelinmoqda.

Inson uzoq umr ko’rish va tinch hayot kechirish maqsadida sog’lom, tetik va baquvvat bo’lish, o’z yoshligi, husni va ishchanlik qobiliyatini saqlashga harakat qiladi. Bunga erishishning asosiy omillaridan biri jismoniy harakatdir. Sog’lom turmush inson farovon hayot kechirayotganidan dalolat beruvchi omillardan biridir. Chiniqish — bu organizmni suv, quyosh va havo ta’sirida sekin-asta moslashtirib borish mexanizmidir.

Hozirgi paytda globallashuv jarayoni hayotimizga tez sur’atlar bilan kelmoqda. Uning ijobiy tomonlari birinchi navbatda turli sohalarda (jumladan, iqtisod, siyosat, madaniyat sohalarida) davlatlar va xalqlar o’rtasidagi integratsiya va hamkorlik aloqalarining kuchayishiga xizmat kundan-kunga kengayib va rang baranglashib bormoqda. Shu bilan birga dunyoda barcha odamlar ham ezgu niyatlar bilan ish olib boradi, deyish qiyin. Ba’zilar buzg’unchi kuchlar uchun jahonda yagona axborot maydonining vujudga kelishi ham bunda «ayni muddao» bo’ldi. Ular zudlik bilan bu qudratli vositani ham o’z qabih niyatlari yo’lida ishga solish harakatiga tushdilar.
Download 20.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling