4-bob. Hayot faoliyati xavfsizligi
Tabiiy nurlanish va texnologik jihatdan o‘zgartirilgan radiatsiya fonidagi individual nurlanish dozalari
Download 104.5 Kb.
|
Nurullayev Botirjon Xayriddin o‘g‘li
4.2. Tabiiy nurlanish va texnologik jihatdan o‘zgartirilgan radiatsiya fonidagi individual nurlanish dozalari.
Nurlanish-1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi "N." termini bilan ataladi; 2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi; 3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. Nurlanish ning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri nurlanish dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq. Nurlanish dozalari — nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza — nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan nurlanish energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, a - va r -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.)ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi — nurlanish miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esaberlarda ifodalanadi. Biologik doza — nurlarning organizmga biologik taʼsirini ifodalovchi miqdor; ber (rentgenning biologik ekvivalen-ti)larda oʻlchanadi. Integral doza— nurlanayotgan hajm boʻyicha toʻla yutilgan ionlashtiruvchi nurlarning umumiy dozasi; gramm-rentgen yoki gramm-radlarda oʻlchanadi. Vaqt birligidagi nurlanish doza quvvati deyiladi. Baʼzi nurlanish dozalarining qiymatlari: tabiiy fon (kosmik nurlar, muhit va odamni oʻrab olgan radioaktivlik)ning nurlanish dozasi 0,1 ber/yil; nur kasalligiga olib kela-digan nurlanish dozasi — 400 —500 ber; terapiyada qoʻllaniladigan nurlanish dozasi 10000 ber gacha (yana q. Dozimetrax asboblar, Dozimetriya, Dozimetriya nazorati). Nurlanish yadroviy reaksiyalar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlardir. Ekvivalent doza - nurlanish sifat omilini hisobga olgan holda, biologik organ yoki to‘qimada yutilgan doza o‘rtacha qiymatini ifodalaydi, ya’ni nurlanishning biologik ta’sir effektini belgilab beradi. Вunda nurlanishning sifat omili yoki sifat koeffitsiyenti berilgan nurlanish to‘rining у —nurlanishga nisbatan solishtirilganda, havflilik darajasini ifodalaydi, ya’ni bu koeffitsiyent qiymati qanchalik katta bo‘lsa, demak, qarab chiqilayotgan nurlanish turi biologik ta’siriga ko‘ra shunchalik yuqori darajada xavfli hisoblanadi: • Fotonlar (y - nurlanish va rentgen nurlanishida) - 1; • 10 - 100 keV qiymatdagi neytronlar uchun - 10; • 100 keV-2 MeV qiymatdagi neytronlar uchun - 20; • 5 - 10 Mev qiymatdagi protonlar uchun - 10. Xalqaro o‘lchov birliklari tizimida ekvivalent doza qiymati o'lchov birligi Zivert (Zv) hisoblanadi. Shuningdek, ekvivalent dozani o ‘lchashda Xalqaro o'lchov birliklari tizimidan tashqari, o‘lchov birligi sifatida Вег (В) ishlatiladi: 1 Ber = 0,01 Zv. Hozirgi vaqtda ishlab chiqariluvchi barcha turdagi dozimetrlar Zv o'lchov birligi shkalasi bo'yicha belgilanadi. Zivert (Zv) o ‘lchov birligi Shvetsiyalikfizik olim - Rolf Zivert sharafiga qabul qilingan. Radioaktiv nurlanishdan tashqari, biologik obyektning qancha vaqt davomida nurlanish ta’sirida bo‘lganligi ham muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. Shu sababli, nurlanish dozasining nurlanish vaqtiga nisbatini ifodalovchi - doza quvvati tushunchasi kiritilgan. Xavfsiz doza quvvati {radioaktiv fori) odam organizmi uchun ~12-14 mkR/soat (mikroRentgen/soat) ga teng bo‘lib, 30 - 50 mkR/ soat nurlanish yetarlicha vaqt davomida ta’sir ko‘rsatishi organizmda patologik holatlar rivojlanishiga olib keladi. Shuningdek, oiim ga olib keluvchi, bir martalik radiatsion nurlanish dozasi ~500 R ga teng hisoblanadi. Radiatsion nurlanishni qayd qilish detektori (indikator) - bu modda bilan bevosita ta’sirlashishi davomida ionlashtiruvchi nurlanishning mavjudligini aniqlash imkonini beruvchi obyekt hisoblanadi. Radiatsiya (lotincha: radiatio — nurlanish) — yadroviy oʻzgarishlar oqibatida vujudga keladigan elektromagnit va korpuskulyar nurlanishlar, Quyosh nurlanishi, kosmik nurlar oqimlari. Radiatsiyaning tirik organizmga taʼsiri radiatsiya dozasi bilan belgilanadi. Rentgen (r) bilan oʻlchanadi. Radiatsiya miqdori singuvchi radiatsiya va boshqa radioaktiv nurlanishlarning shikastlovchi taʼsiriga bogʻliq. Bir kunda 20 r gacha radiatsiya kishi organizmi uchun xavfsiz doza hisoblanadi. Bundan ortiq miqdordagi radiatsiya organizmdagi toʻqimalarni shikastlab, kishini nurlanish kasalligiga mubtalo qiladi. Radiatsiya dozasi dozimetrik asboblar yordamida oʻlchanadi. Radioaktiv modda (a, r~, u nurlar, neytronlar va boshqalar) va boshqa ionlovchi nurlanish manba (rentgen qurilma)lari bilan ishlaganda ularning zararli dozasini xavfsiz nurlanish dozasigacha kamaytirish uchun tadbirlar kompleksi ishlab chiqilgan. Berk nurlanish manbalari (germetik nurlanish manbalari, rentgen qurilmalari, tezlatkichlar va boshqalar) dan atrof muhitga radioaktiv moddalar tarqalmaydi. Bunday manbalar bilan ishlaganda organizmga faqat tashqi nurlanish taʼsir qiladi. Tashqi nurlanish dozasini kamaytirish uchun nurlanish maydonida ishlash vaqtini minimal holatga keltirish, uzok, masofada turish va manba yoki obʼyektni ekranlash kerak. Ochiq nurlanish manbalari bilan ishlaganda radiaktiv moddalar nafas yoʻli, oshqozon, ichak yoki teri orqali organizmga kirishi va organizm ichdan nurlanishi mumkin (qarang Radioaktivlik). Ichki nurlanish dozasini kamaytirish uchun texnologik uskuna va ish joyini germetiklash, ventilyasiya tizimlariga filtr qoʻyish, shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish va radiatsion gigiyena qoidalariga amal qilish zarur. Radioaktiv modda va boshqa ionlovchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan hamma korxonalarda radiatsiya xavfsizligi xizmati (RXX) radiatsion nazorat olib boradi (yana q. Radiatsion himoya). Download 104.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling