4-bob. Metall konstruksiyali fermalar
Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash
Download 169.72 Kb. Pdf ko'rish
|
NiBw2iffex0hsMEAd2sklXDaWc85MlLvF1Lbf7EN (1)
4.2. Fermali to‘sinlardan tashkil topgan binolarni tomini qoplash. Temir yoki temir-beton ustunlariga (ular haqida 6-bobda ma‟lumot beriladi) fermali to„sinlar (ular haqida 5-bobda ma‟lumot beriladi) o„rnatiladi. Buni ustun- to„sin bog„lanish sistemasi deb atash mumkin. Bunday sistemalarning bir nechtasini birlashtirib ishlab chiqarish binolari hosil qilinadi. Sistemani birlashtirishda gorizontal hamda vertikal bog„lagichlardan foydalaniladi. Bir nechta ustunlar qatoriga-qator ustunlar (kolonnalar) deb ataladi. Odatda bino ustining tayanchlari fermali to„sinlardan tashkil topgan bo„lib, ular to„g„ri burchakli (4.2,e-rasm) yoki teng yonli (4.1,e,v-rasmlar) uchburchak shaklida bo„ladi. Binoni usti (tomi) maxsus (bemir-beton yoki azbestsemet, shuningdek, shakildor sapol taxtalari, oddiy va zanglamas to„lqinsimon po„lat tunika) issiq va sovuqni ushlab turuvchi materiallar bilan yopiladi. Keyingi yillarda binolarning tomlari zanglamas to„lqinsimon po„lat tunikalar yordamida qoplash (4.3, a-rasm) keng yo„lga qo„yilgan. Bu qoplamning balandligi 40, 60, 80 mm, qalinligi 0,8…1 mm, eni 680…845 mm oraliqda, uzunligi esa 12000 mm bo„ladi. Ularning ko„ndalang kesimi to„lqinsimon trapesiya (4.3,b-rasm) yoki parabola shaklida bo„lib, o„lchamlari unga qo„yilgan yukka bog„liq bo„ladi. Yuqorida aytilganidek, to„sin fermalar ustunlarga o„rnatilib, maxkamlanadi va ustunto„sin sistemasi hosil qilinadi. Ushbu sistemaning ustun hamda to„sin ferma (ularning oralig„i odatda 3 m ni tashkil qiladi) larining yuqori qismlari gorizontal fermalar bilan bir biriga bog„lanadi. To„sin fermaga va unga o„rnatilgan qoplamaning tuguni 4.4-rasmda ko„rsatilgan. Po„lat tunukalar ustiga maxsus issiq va sovuqni ushlab tutuvchi materiallar o„rnatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling