4-bob. Reja va bozor institutlari
Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
Download 63.84 Kb.
|
2-dars. Reja va bozor institutlari.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2.-jadval Fermerlarning yaylovlaran foydalanish imkoniyatlari
- Ko‘rsatkichlar
4.4. Mulkchilik huquqlarini iqtisodiy asoslash
Individlar uchun mulkchilik huquqlarini o‘rnatish hamda bu huquqlarga ularning amal qilish zarurati qonunga ixtiyoriy bo‘ysunish normalari bilan o‘zaro uzviy bog‘langan. Mulkchilik huquqlari individlar o‘rtasida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlardagi noaniqlikni kamaytiruvchi institutlardan biri hisoblanadi. Mulkchilik xuquqlarini tahlil qilish uchun ikkita fermer o‘z podalarini biri past hosildor bo‘lgan ikkita yaylovda o‘tlatishi misolini ko‘rib chiqamiz [47]. Berilgan holatga ko‘ra, yem-hashak zahiralari ushbu yaylovlarning har birida bir vaqtning o‘zida ikkita podani o‘tlatish imkonini bermaydi. 4.2.-jadval Fermerlarning yaylovlaran foydalanish imkoniyatlari
Ushbu holatda Pareto bo‘yicha optimallik nuqtai nazaridan ikkita bir xil yakun (4; 8) yoki (8; 4) mavjud. Yakunlardan birini qayd etuvchi institutsional qarorlar bir nechta bo‘lishi mumkin. Ulardan eng oddiysi yaylovdan foydalanishdagi ustuvorlikni unga birinchi bo‘lib o‘z podasini olib kelgan fermerga beruvchi qoidani qo‘llashdan iborat. Kelish tartibi bo‘yicha noyob resurs (yaylov)ni taqsimlash - navbat instituti faoliyat ko‘rsatishining asosida yotuvchi tamoyillardan birini aks ettiradi. Biroq navbat institutidan foydalanish podani qaysi yaylovga olib borish to‘g‘risida qaror qabul qilish vaqtida fermerlarning ikkilanishini kamaytirmaydi, balki oshiradi. Bundan tashqari, ikkilanish undan keyin ham har safar yaylovni tanlashda takrorlanadi. Yaylovda mulkchilik huquqlarining o‘rnatilishigina masalani hal etishning muqobil varianti bo‘ladi. Masalan, 1-fermer birinchi yaylovning, 2-fermer esa ikkinchi yaylovning mulkdori hisoblansin. Hatto fermerlarning nafliligi nuqtai nazaridan bunday qarorning nomutanosibligini hisobga olgan holda, ikkalasining ham manfaatlari yo‘lida mulkchilik huquqlarini tan olish va hurmat qilish lozim. Kam hosilli yaylovni oluvchi ikkinchi fermerning mulkchilik huquqlari joriy etilgunga qadar va undan keyingi nafliligini taqqoslaylik. Mulkchilik huquqlari o‘rnatilgunga qadar ikkinchi fermer, agar u podasini birinchi yaylovga olib borsa, 2 R1 + 8 (1- R1) = 8-6R1 ga, agar u podasini ikkinchi yaylovga olib borsa, 4 R1 + 1 (1- R1) = 3R1 + 1 ga ega bo‘ladi. So‘ngra, ikkinchi fermer tomonidan birinchi yaylovning tanlanishi ehtimolini hisobga olgan holda, R1, EU = R2 (8-6R2) (3R1+1)ga, oddiy holatda R1 = R2 = 1/2 ga ega bo‘lamiz, bu EU = 3,75 ni beradi. Mulkchilik huquqlari o‘rnatilganidan keyin esa ikkinchi fermerga 4; ya’ni, 4>3,75 ga teng bo‘lgan yutuq kafolatlangan. Ikkala fermer ham bir vaqtning o‘zida bitta yaylovdan foydalangan hollarda past yutuqlarga erishishiga alohida e’tiborni qaratish lozim. Mazkur holat ochiq foydalanishda bo‘lgan resurslarni nooqilona iste’mol qilishda o‘z aksini topadigan «jamoat mulki fojiasini» namoyon etadi. Bunday resurslardan foydalanishning xususiy va jamoat sarf-xarajatlarining nomuvofiqligi ularning tugashiga olib keladi. Boshqacha aytganda, resursga nisbatan mulkchilik huquqlari aniq o‘rnatilmagan hollarda uning iste’mol qilinishi salbiy tashqi ta’sirlar yoki eksternallarning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Yana misol tariqasida ikkala fermer tomonidan bir vaqtning o‘zida bir yaylovdan foydalanilishini tasvirlovchi holatni ko‘rib chiqaymiz. Misolda ishlab chiqarishning faqat ikkita omili – fermerlarning yeri va mehnati hisobga olinsin. Faraz qilaylik, yaylovga qo‘shimcha mehnat birligi sarflangan, ya’ni birinchi fermer egallagan yaylovga ikkinchi fermer o‘z podasini olib keldi. Ushbu holatda qo‘shimcha mehnat sarfining samarasi pasayadi. Ishlab chiqarish (yetishtirish) umumiy hajmi oshgani holda qo‘shimcha mehnat qilgan fermerning manfaatdorligi pasayadi va o‘rtacha mahsulotning kamayishi yuz beradi. Agar yaylov xususiy mulkchilikda bo‘lsa, u holda mulkdorning shaxsiy sarf-xarajatlari ko‘proq samara keltiradi va renta eng yuqori bo‘ladi. Agar yaylov umumiy foydalanishda bo‘lsa, mehnat sarfi samaradorligining darajasi pasayib, renta yo‘qoladi. Yuqorida bayon etilganlarga yakun yasab, ta’kidlash lozimki, mulkchilik huquqlarining o‘rntilishi kamida ikkita sababga ko‘ra iqtisodiy agentlar manfaatlariga mos keladi, ya’ni ularning o‘zaro hamkorligidagi noaniqlik (ikkilanish) kamayadi va resurslardan foydalanish optimallashadi. Download 63.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling