4-d guruh talabasi Shokirov Zohidning


Download 415.5 Kb.
bet10/13
Sana25.02.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1228312
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Nazariy qism
1950-1990 YILLARDA O’ZBEKISTON QISHLOQ XO’JALIGI. PAXTA YAKKAHOKIMLIGI
REJA:
1.O’zbekistonda urushdan keyin qishloq xo’jaligidagi o’zgarishlar, ijtimoiy-siyosiy ahvol
2.Paxta ishining o’zbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati.
1946-yil 18-mart kuni SSSR Oliy Kengashi tomonidan «SSSR xalq xo‘jaligini tiklash va yanada rivojlantirishning 1946—1950-yillarga mo‘ljallangan rejasi haqida qonun» qabul qilindi. Rejada vayron bo‘lgan xo‘jalikni tiklash, sanoat va qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishni urushdan oldingi dara- jaga yetkazish va yanada oshirishga erishish vazifasi ilgari surildi. O‘zbekiston rahbariyati Markaz tomonidan real imkoniyatlardan kelib chiqmagan, texnika
vositalari va moliyaviy resurslar tanqisligiga qaramay oshirib belgilangan ko‘rsatkichlarni e’tirof etishga majbur bo‘ldi va respublikada amalga oshiriladigan tadbirlarni belgilab chiqdi. Bu vazifalar respublika Oliy Kengashining 1946-yil avgustida tasdiqlangan «O‘zbekiston SSR xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirishning 1946—1950-yillarga mo‘ljallangan 5 yillik rejalari to‘g‘risidagi qonun»da o‘z ifodasini topgan. Rejada respublikada sanoat mahsulotlarini 52 foizga ko‘paytirish ko‘zda tutilgan edi. Paxtachilikni, xususan, paxta yig‘im-teri- mini kompleks mexanizatsiyalashni tugallash kabi noreal vazifalar qo‘yilgan edi. O‘zini hamma narsalarni qilishga qodir deb hisoblovchi partiya apparati kabi- netlarida o‘tirib belgilangan bu ko‘rsatkichlarga erishib bo‘lmasligi ko‘rinib turardi, amalda ham shunday bo‘ldi, rejalar bajarilmay qoldi.
1950—1990-yillar O‘zbekiston tarixidagi murakkab davrlardan biridir. Bir tomondan, O‘zbekiston xalqi- ning fidokorona, bunyodkorlik mehnati tufayli respublika iqtisodiyoti anchagina rivojlandi. Ikkinchi tomondan, SSSRda hukmron bo‘lgan totalitar tuzum, ma’muriy buyruqbozlikning kuchayishi natijasida ijti- moiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotda bir qator muam- molar, noxush holatlar to‘planib borib, pirovardida inqirozli vaziyatni keltirib chiqardi.
1950-1990-yillarda O‘zbekiston sanoati ancha rivojlandi, qurilish ishlari kengaydi, yangi sanoat tarmoqlari barpo etildi. Respublika xalq xo‘jaligini rivojlantirishda energetika sanoati muhim o‘rin tutdi. Shu boisdan, birinchi navbatda, elektr energiyasi tarmog‘i kengaytirildi.
XX asrning 50-80-yillarda 7-Shahrixon GESi, ikkita Naman¬gan GESlari, ikkita Bo‘zsuv GESlari, Chorvoq GESi, Xo‘jakent GESi qurilib ishga tushirildi. O‘zbek va tojik qardosh xalqlari birgalikda Tojikiston hududida O‘rta Osiyoda eng yirik Qayroqqum GESini, Xisrav GESini qurib ishga tushirdilar. Gaz bilan ishlaydigan Angren, Taxiatosh, Navoiy, Sirdaryo, 2-Angren GRESlari qurilib ishga tushirildi. 1985-yilda O‘zbekiston elektrostansiyalarining umumiy quvvati 9,9 mln kilovattdan ortdi. Shu yili 47,9 milliard kilovatt/soat, ya’ni 1940-yilga nisbatan 100 baravar, 1950-yilga nisbatan 18 baravar ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi. Elektr uzatgich liniyalari qurilishi kengaydi. Respublikaning barcha elektr stansiyalari O‘zbekiston yagona energosis- temasiga ulandi. Shuningdek, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston res- publikalarining yirik elektr stansiyalari Markaziy Osiyo yagona elektr sistemasiga ulandi. Natijada sanoat, qurilish, transport, qishloq xo‘jali gini elektr- lashtirish ancha kengaydi, xonadonlarni elektr energiyasi bilan ta’minlash yaxshilandi.
Yoqilg‘i sanoati o‘sdi. 1950-yillarda Surxondaryo viloyatidagi Sharg‘un toshko‘mir koni o‘zlashtirildi va yuqori sifatli qo‘ng‘ir ko‘mir qazib chiqarila boshlan- di. 60-yillarda Buxoro va Xorazm viloyatlaridagi Gazli, Jarqoq, Sho‘rtepa, Sho‘rchi, Qarantay yangi neft kon- lari o‘zlashtirildi. 70-yillarda Farg‘ona vodiysida yangi neft konlari ishga tushirildi. 1959-yili qurilib foydala- nishga topshirilgan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavo- di ancha kengaytirildi. Zavodda texnika moylari, ben- zin, dizel yog‘ilg‘isi, parafin va boshqa 35 xil mahsu- lotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekistonda yirik gaz industriyasi bunyod etildi. Gaz sanoati Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida yirik gaz konlarining izlab topilishi va o‘zlashtirilishi bilan bog‘liq ravishda yuksalib bordi. 50-yillarning ikkinchi yarmida «O‘zbekneftegazrazvedka» tresti amalga oshirgan geologiya-qidiruv ishlari natijasida 1956-yili gaz zaxiralari 500 milliard kubometrga teng bo‘lgan, foydalanishga eng qulay Gazli koni ochildi. Shuningdek, Muborak, O‘rtabuloq, Qultak, Shapatti, Uchqir, Jarqoq, Taxiatosh, Qorovulbozor neft va gaz konlari topildi.
Respublikada anchagina yirik sanoat korxonalari qurildi, biroq ular mustaqil ravishda tayyor mahsulot ishlab chiqara olmas edi. Bu korxonalarda tayyorlanadigan mashinalar, asbob-uskunalar uchun zarur bo‘lgan butlash buyumlari boshqa mintaqalardan keltirilar edi, respublika korxonalari Rossiya va Ittifoq- ning g‘arbiy respublikalaridagi korxonalarga qaram edi.Respublikamizda jami 100 dan ortiq neft va gaz konlari topilgan. Ularda 2 trillion kubometr gaz, 250 mln tonna neft zaxiralari borligi aniqlandi. 1959-yili Buxoroda neft va gaz qazib olishni yo‘lga qo‘yish maqsadida «Buxoroneftgaz» boshqarmasi tuzildi. 1958-1960 -yillarda «Jarqoq-Buxoro-Samarqand -Toshkent» gaz quvurini qurish ishlari olib borildi. 767 km uzunlikdagi gaz quvuri 1960-yil 2-dekabrda qurib bitkazildi. Uning yillik quvvati 4,5 mlrd kubometr gazga teng edi.
XX asrning 80-yillariga kelganda sovet rejimi, uning siyosiy tizimi va xo'jalik yuritish usullari o'zining rivojlanish imkoniyatlarini tugata boshladi. O'zbekiston iqtisodiyoti katta xomashyo va tabiiy boyliklar zaxirasiga ega bo'lishiga qaramasdan SSSRning markaziy hududlaridan ancha ortda qola boshlagan. Ana shunday sharoitda O'zbekistonning o'sha paytdagi siyosiy rahbariyatida iroda, qat'iy jur'at, Sovet Ittifoqi doirasida respublika tutgan mavqeyini ochiq-oydin aytib o'tish uchun mardlik yetishmadi. Bu rahbarlar Markaz topshiriqlarini tezroq "uddalash", respublikaning SSSRga boqimanda ekanligi toʻgʻrisidagi uydirmalarni takrorlashdan nariga oʻtishmadi. Paxta ishi - sovet rejimining O'zbekistondagi so'nggi qatag'on siyosati. Oʻzbekiston SSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984-yil 23-iyunda bo'lgan
O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining XVI plenumi mash'um rol o'ynadi. Moskva tashabbusi va koʻrsatmasi bilan tashkil qilingan bu plenumda qabul qilingan hujjatlar O'zbekistonda o'zbek xalqini asossiz badnom qilish kompaniyasini boshlab berdi. Plenumda Moskvadan maxsus yuborilgan KPSS MK sekretari Y.K.Ligachev va boshqalar qatnashib, Kreml ko'rsatmalari izchillik bilan bajaralishini talab qilishgan.
Aynan ushbu plenum qarorlari bilan Markaz tomonidan O'zbekistonda "paxta ishi" deb atalgan siyosiy qatag'onlar boshlandi. Keyinchalik bu qatag'on hatto O'zbekiston SSRning o'sha paytdagi sobiq va birinchi rahbarlarini ham chetlab o'tmadi. SSSR Bosh prokurori huzurida alohida muhim ishlar bo'yicha maxsus tergovchilar guruhi "Paxta ishi" sud majlisi tuzilib, ularning dastlabkisi 1983-yil boshlarida O'zbekistonga yuborilgan edi. Ana shunday maxsus tergov guruhlarining asosiylaridan biri T.X.Gdlyan va N.V.Ivanov rahbarligida 1983-yil aprelda tuzilgan edi. Ular keyinchalik Markazdan respublikaga kelgan "desantchilar"ga tayanib, O'zbekistonda navbatdagi qatag'onni amalga oshirdi.1983 1987-yillarda Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) va RSFSRning boshqa shaharlaridan 1000 nafarga yaqin "desantchi" O`zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo'jalik organlariga yuqori rahbarlik la- vozimlariga ishga yuborilgan edi. O'sha paytda "desantchilar" va 3000 nafardan ortiq tergovchilarga mahalliy rahbarlar va respublika huquq-tartibot organlarining ko'plab xodimlari katta yordam bergan.
1985-1990-yillarda O'zbekistonda "paxta ishi" degan uydirma bo'yicha jami 40 000 kishi tergov qilindi, ularning aksariyati tergov izolyatorlarida prokuror sanksiyasisiz o'tirdi, 5000 nafar kishi esa soxta ayblar bilan jinoiy javobgarlikka tortildi. Tergov jarayonida inson huquqlari toptalib, tutqunlikda jismoniy va ruhiy tazyiq oʻtkazildi. Ularning oila a'zolari va qarindosh- urugʻlari ham qamoqqa tashlandi. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
„Paxta ishi“ning oʻzbeklar ishiga aylantirilishi va mohiyati. Markaziy matbuotda e'lon qilingan maqolalarda oʻzbek xalqi badnom etilib, paxta ishiga ataylab siyosiy tus berildi va u "oʻzbeklar ishi”ga aylantirildi. Bu siyosiy kompaniyani Oʻzbekistonning o'sha paytdagi rahbarlari qoʻllab-quvvatlashdi. Markazdan yuborilgan kommunistik amalparastlar Oʻzbekistonning partiya va hokimiyat tizimida asosiy oʻrinlarni egallab, oʻzbek xalqiga qarshi qatag'onni avj oldirdilar. Qatag'on qilichi eng avvalo Oʻzbekistonning sobiq rahbari, marhum Sharof Rashidov xotirasiga qarshi koʻtarildi. "Sharof Rashidovchilik" degan sun'iy ibora oʻylab topilib, undan Sh.Rashidovni oʻlimidan soʻng badnom qilish va shuhratini yerga urishda foydalanildi.
Xullas, sovet rejimining paxta ishi oqibatida Oʻzbekistonda minglab kishilar nohaq ravishda jazolandi. Xalq xoʻjaligi sohalarida qoʻshib yozish, poraxo'rlik va korrupsiyaga aloqador jinoyatlar SSSRning deyarli barcha hududlarida yuz bergan bo'lsa ham "tajriba maydoni" sifatida Oʻzbekiston tanlandi ham- da jinoiy ishga aloqador kishilardan tashqari koʻplab odamlar aybsiz jazoga tortildi. Kommunistik mafkuraning qatag'on qilichi bu bilan cheklanmasdan paxta ishini oʻzbeklar ishiga aylantirishga urindi. Qatagʻon siyosatini amalga oshirishda Markaz rahbariyati va vakillaridan tashqari Oʻzbekistonning oʻsha paytdagi siyosiy rahbariyati, xalqimiz orasidan chiqqan hamda tergovchilar bilan hamkorlik qilgan va ularning g'arazli ishlariga ko'maklashgan ayrim qo'rqoq va xoinlar ham faollik koʻrsatdi. Bu - tarixning achchiq haqiqati.




Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling