4-d guruh talabasi Shokirov Zohidning


Mavzuni mustahkamlash yuzasidan topshiriq


Download 415.5 Kb.
bet12/13
Sana25.02.2023
Hajmi415.5 Kb.
#1228312
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Mavzuni mustahkamlash yuzasidan topshiriq
BBB“ metodi
B-B-B sxemasi bo'yicha o'quvchilar bilan mavzuni mustahkamlash uchun ijodiy ishlash metodi.
O‘quvchilar guruhlarga bolinishadi. Otilayotgan mavzu yoki tushuncha yuzasidan har bir guruh ozaro hamkorlikda «Taxminan nimani bilamiz?» ustunini toldirishadi. Doskadagi birinchi ustunga esa barcha guruhlarning javoblari jamlanadi. Berilgan javoblar toifalar boyicha guruhlanadi.
Keyin har bir guruh a'zolari ozaro kelishilgan holda «Bilishni xohlayman» ustuniga mavzu yuzasidan ozini qiziqtirgan savollarni yozib chiqishadi.Doskadagi ikkinchi ustunga esa barcha guruhlarning savollari jamlanadi. Shundan song talabalar mavzu yuzasidan matn (ma'ruza) bilan toliq tanishib chiqadilar va jadvalning ikkinchi ustuniga qaytib, ozlari bilishni xohlagan savollardan qaysilariga javob topganligini belgilab chiqishadi. Savollarga topilgan javoblar uchinchi «Bildik» ustuniga yoziladi. Talabalarni qiziqtirgan qaysidir savolga javob chiqmay qolgan bolsa, uni oqituvchi toldirishi yoki uyga vazifa sifatida bilib kelishni topshirishi mumkin.









Xulosa
Umuman olganda, XX asrning 20 yillari oxiri va 30 yillarida yaratilgan asarlarda O’zbeksiton SSRda, xususan O’rta Osiyoda amalga oshirilgan yer suv islohoti sotsalizmning kapitalizm ustidan g’alabasi va jahon proletarning Kommunizm sari muhim qadami sifatida baholandi. Vaholanki aynan 30 yillarda SSSRda totalitar rejim qaror topib tobora kuchayib borayotgan edi. O’sha davrda sovet davlatida tarix fanining muayyan voqelikka asoslanishi barham topdirildi. Tarixiy tadqiqotlarda sinfiy yondashuv kuchayib, lenincha dunyoqarashga asoslangan metadalogiyaga amal qilindi. XX asrning 50-90-yilarida sovet davlatida markisistik mafkura hukmronligi uzil-kesil qaror topdirildi. Aynan ushbu omillar tufayli bu davrdagi asarlar va tadqiqotlarda tadqiqotchining xolisligi va o’sha davrdagi voqelikni to’g’ri holda yoritganligi bir muncha shubhaga qo’yilishi kerak. Ikkinchi jahon urushidan keying ilmiy adabiyotlarda sovet hokimyatining paydo bo’lishi, sovetlarning O’rta Osiyodagi agrar siyosatining ijtimoiy xarakteri va oqibatlari nisbatan kengroq ochib berishga harakat qilingan.
O’zbekistondagi "paxta ishi" tarixshunosligiga doir ilmiy adabiyotlarning tahlil qilish natijalarini sarhisob qilar ekanmiz, shuni ta'kidlash kerakki, o'tgan o'n yilliklar davomida "paxta ishi" muammolarini o'rganish uchun ma'lum ilmiy baza yaratilgan, katta miqdordagi faktik materiallar to'plangan va umumlashtirilgan, tadqiqot amaliyoti o’talgan. Shu bilan birga, shuni ta'kidlash kerakki, yuqorida tilga olingan ilmiy adabiyotlar va undagi kamchiliklar mualliflarning mafkuraviy noaniqligini tufayli kelib chiqqan.Tadqiqotlarni ilmiy asosda ochib berishga urinish partiya senzurasi tomonidan elakdan o'tkazilgan yoki shunchaki chiqarib tashlangan. Oqibatda tadqiqot jarayonlarning rivojlanishi faqat "paxta ishi" birinchi yillaridagi asarlarda namoyon bo'ldi. Tarixiy masalalarning eng muhim qismlarda tarixchilar yoki tadqiqotlarni "tugatishardi" yoki boshqa davrga "sakrab o'tishardi" Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fanida amalga oshirilgan bir qator ilmiy tadqiqotlarda kommunistik mafkuraning asl mohiyati isbotlab berildi. Sho’rolar tomonidan oshirilgan “inqilobiy o‘zgarishlar” tahlil qilinib, sovet totalitar rejimining asl qiyofasi ko‘rsatildi.

Download 415.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling