Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish
Download 84.28 Kb.
|
16-Amaliy Texnologik quvurlarning gidravlik xisobi
- Bu sahifa navigatsiya:
- ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
Neft baza va yoqilgi omb‘orlarini loyihalashtirish va ishlatish.16-Amaliy “Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi” kafedrasi assistenti A.I.Tog‘ayev Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi O‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bo‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. O‘zbek mutaxassislari neft bo‘yicha 100 yildan ortiq, gaz bo‘yicha yarim asrlik ilmiy va amaliy bilim tajribalarga egalar. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. TEXNOLOGIK QUVURLARNING GIDRAVLIK XISOBI Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy salohiyati ulkan. Bugungi kunda mamlakatimizda qazib chiqarilayotgan tabiiy gazning 70 foizi, neftning qariyb 78 foizi, gaz kondensatining 80 foizi ushbu viloyat hissasiga to‘g‘ri keladi. Viloyatda sanoat izchil rivojlanmoqda. Yalpi hududiy mahsulotda bu sohaning ulushi 38 foizni tashkil etayotgani ham shundan dalolat beradi. “Sho‘rtanneftgaz”, “Muborakneftgaz” korxonalari, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasi, Muborak gaznim qayta ishlash zavodi, Qorovulbozor, Farg‘ona, Oltiariq neftni qayta ishlash zavodlari kabi yirik ishlab chiqarish korxonalari mamlakatimiz sanoatida salmoqli o‘rin tutadi. Davlatimiz rahbari tashrifi mobaynida “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining Tozalangan metan negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish va “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” loyihalari bilan tanishdi. “Sho‘rtangazkimyo” majmuasining tozalangan metani negizida sintetik suyuq yoqilg‘i (GTL) ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi gaz-kimyo sanoati yo‘nalishida dunyoning ilg‘or texnologik yechimlarini o‘zida aks ettirgan. Ushbu loyiha MDH doirasida eng yirik mega-loyihalardan biridir. Loyiha “O‘zbekneftgaz” kompaniyasi ta’sischiligida amalga oshirilishi mamlakatimizning yoqilg‘i-energetika xavfsizligini ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lishi barobarida, sohaning jadal sur’atlarda taraqqiy etayotganidan dalolat beradi. Quvur —diametri uzunligiga nisbatan ancha kichik bo'lgan ichi bo'sh buyum; bino, inshoot va mashinalarning naysimon shaklli qismi. Asosan, suyuqlik, bug', gaz, ayrim hollarda sochiluvchan qattiq jismlarni bir joydan ikkinchi joyga tashish uchun ishlatiladi. Quvur mashinasozlik, asbobsozlik, qurilish, kon sanoati, gidrotexnika inshootlarida keng qo’llanadi. Quvur qora va rangli metall, beton va temirbeton, sopol, asbotsement, yog'och, plastmassa, shisha, chinni (farfor) va boshqa materiallardan tayyorlanadi. Po'lat va cho'yan quvurlar keng tarqalgan. Cho'yan quvur quyish yo'li bilan, po'lat quvur esa prokatlab yoki payvandlab tayyorlanadi. Quvurlarning kesimi aylana, to'rtburchak, oval va b. shakllarda bo'ladi. Aylana (doyra) kesimli quvurlar ko'proq ishlatiladi. Quvurlar choksiz va chokli qilib ishlab chiqarilishi mumkin. Quvur diametri: d — po'lat quvurlar (tashqi diametri) — kichik (114 mm gacha), o'rta (114—480 mm) va katta (480—2500 mm va bundan katta); b— cho'yan quvurlar (ichki diametri) — 65 — 1000 mm va bundan katta. Vodoprovod quvuri po'lat, cho'yan, temirbeton, asbotsement va plastmassadan turli diametrlarda ishlab chiqariladi. Qaysi materialdan tayyorlangan quvurni tanlash vodoprovodning qanday sharoitda ishlashiga, ichki bosimga, tashqi yuklar va b. omillarga bog'liq. Po'lat va cho'yan quvurdan shaxobchalar ajralib chiqishi yoki yo'nalishini o'zgartirish uchun troyniklar (uch tarmoqlar), krestlar (xochlar), otvod va shakldor qismlardan foydalaniladi. Metall quvur zanglamasligi uchun sirtiga qora moy (gudron) surkaladi. Bug', gaz va havo o'tkazuvchi quvur, asosan, po'latdan tayyorlanadi. Kanalizatsiya quvuri cho'yan, sopol, asbotsement, beton, temir-beton, g'isht va yog'ochdan ishlanadi. Tutun quvuri (murilar) g'isht, temirbeton va metalldan ishlanadi. Plastmassa quvurlar, asosan, suv bilan ta'minlash va kanalizatsiya tizimlarida qo'llanadi. Asbotsement va temirbeton quvurlar sug'orish va quritish tizimlarida ham ishlatiladi. Shisha va chinni quvur (nay)lar kimyo, oziq-ovqat, farmatsevtika sanoatlarida qo'llanadi. Ko’mir, metallurgiya va energetika sanoatlari tarmoqlarida toshdan quyib tayyorlanadigan quvurlar ishlatiladi. Burg'ilash ishlarida po'lat quvurlar qo'llanadi. Neft va neft mahsulotlarini quvurlarining texnologik hisoblarida quyidagi hisob-kitoblar amalga oshiriladi: - quvurning gidravlik hisobi; - jixozlarni tanlash; - mexanik va issiqlik hisoblari; - optimal quvur diametrini tanlash texnik – iqtisodiy hisoblar. Quvurlarning texnologik hisobi uchun birlamchi ma‘lumotlar quyidagilardan iborat: - quvurning yillik mahsulot o`tkazuvchanligi (mln. m3/yil) hisoblash ishlarida uni m3 /soat va m3/sekundga aylantiriladi; - quvur yotqiziladigan chuqurlikdagi tuproqning o`rtacha oylik harorati; - neft va uning mahsulotlarining 20oС dagi zichligi hamda 20oС va 50oС haroratdagi kinematik qovushqoqligi; - quvur yasalgan metallning mexanik ko`rsatkichlari; - ishlatishdagi xarajatlarni hisoblash uchun texnik – iqtisodiy ko`rsatkichlari; - quvur trassasini profil chizmasi. Quvurlarni gidravlik hisobi tarkibiga quvur uzunligi bo`yicha umumiy bosimni yo`qolishini aniqlash, haydovchi nasos stansiyasi sonini aniqlash va ularni trassa bo`yicha joylashtirishlar kiradi. Quvurlarni gidravlik hisoblash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
texnologik hisobining mazmuni bilan tanishamiz. Yillik mahsulot o`tkazuvchanligi bo`yicha quvurning soat yoki sekund davomidagi o`tkazadigan neft yoki neft mahsulotini miqdorini aniqlaymiz. Bu yerda Qy - quvurning yillik mahsulot o`tkazuvchanligi, t/yil; 350 – quvurning bir yildagi ish kuni; ρ – neft yoki neft mahsulotining zichligi, t/m3; 24-soat, 3600 sekund. Aniq o`tkazuvchanlik qobiliyati va suyuqlikning qabul qilingan tezligi bo`yicha (1.5-2.5 m/s) quvur diametri aniqlanadi: bu yerda qsek – quvurning sekunddagi o`tkazuvchanlik qobiliyati, m3/s; W –suyuqlikning oqish tezligi m/s. Aniqlangan quvur diametrini GOST bo`yicha yaxlitlanadi. Suyuqlikning quvur ichidagi harakatini quyidagi tenglama orqali tasavvur qilishimiz mumkin: bu yerda P – bosim; ρ – suyuqlik zichligi; λ – gidravlik qarshilik koeffitsiyenti; D –quvur diametri; ω – suyuqlik oqimi harakatining o`rtacha tezligi; g – erkin tushish tezlanishi; z – nevilir balandlik. ETIBORINGIZ UCHUN RAHMAT:Download 84.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling