Biznes-inkubator ko’p funktsiyali murakkab kompleks bo’lib, keng ko’lamdagi raqamli innovatsion hizmatlar ko’rsatadi. Innovatsion firma o’z texnologik yo’nalishiga bog’liq ravishda inkubatordan xonalari (yoki uskunalarni) ijaraga olib, uning innovatsion hizmatlaridan foydalanadi. Mijoz firmaning inkubatsion davri 2 yildan 5 yilgacha bo’lishi mumkin. Shundan so’ng u inkubatorni tark etib, mustaqil faoliyat ko’rsata boshlaydi.
Texnopolis alohida shahar asosida tashkil qilingan bir butun ilmiy ishlab chiqarish tuzilmasi bo’lib, uning iqtisodiyotida texnopark va inkubatorlar sezilarli o’rin egallaydi. Ilmiy markazlarda ishlab chiqilgan yangi mahsulot va texnologiyalar shaharning iqtisodiy-ijtimoiy muammolarini hal qilish uchun ishlatiladi. Texnopolislar rivojlangan raqamli innovatsion tuzilmalar bolgan yangi yoki qaytadan qurilayotgan shaharlarda tashkil qilinishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |