4 Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar
Yangilik kiritish ma’nosining o’zgarishi evolyutsiyasi
Download 149.06 Kb.
|
raqamli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangilik kiritishning ma’nosi
- Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi
Iqtisodiyotning yalpi industriallashtirishdan oldingi davrida yangi tarmoqlar rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan yangi mahsulotlar va yangiliklar yaratilgan. Bularga misol sifatida kimyo sanoatida sun’iy tola va plastmassa paydo bo’lishini ko’rsatish mumkin. Industrial iqtisodiyot ishlab chiqarish unumdorligining tez sur’atlarda ko’payib ketishi oqibatida tovarlar soni xaddan tashqari ko’payib ketishi bilan tavsiflanadi. Informatsion iqtisodiyot davri o’ziga insonlarning yangi talablarini yaratadigan yangi mahsulotlar va yangi texnologiyalarni qamrab oladi. Masalan, komp’yuter texnologiyalarining paydo bo’lishi ularni yangi ish quroli sifatida ishlatish talabi tufayli hosil bo’lgan va ular esa o’z navbatida insonning yangi talablarini yuzaga keltirdi, shu jumladan, yangi mahsulotlar va hizmatlar, mehnat sharoitlari va yangi hayot tarsi yuzaga keldi. Raqamli texnologiyalar ijtimoiy muhitga faol ta’sir qiladigan bilimlar ishlab chiqarishning iqtisodiy rivojlanishning zamonaviy darajasiga ta’sirini o’rganishda evolyutsiyaning eng yangi davrini ajratib olish mumkinki, unda raqamli usulda tavsiflangan ijtimoiy faktorlar katta ahamiyatga ega bo’lib, ular inson jamiyati hayotidagi katta sifat o’zgarishlarga olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi Raqamli innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni o’rganishda ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham muhim nazariy yondoshuvlardan biri hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli ma’lumotlarni 1980-yillarda bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy namoyondalari sifatida Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni o’rganish markazi professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni ko’rsatib o’tish mumkin. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda g’olib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida diqqat qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. Nortning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan. Uning ilmiy ishlaridagi asosiy g’oya - institutsionalizm bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or ilmiy-texnologik institutlar (tashkilotlar) undagi bilimlar va texnologiyaga bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning ko’rsatishicha, rivojlangan mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “uchinchi dunyo”ga qaraganda iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bo’lganlar. Bu fundamental ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot yoki raqamli innovatsion tizimga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: Raqamli innovatsion tizim – jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga (yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda o’zlashtirishga) qaratilgan bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali sinergetik (bir-birini kuchaytiruvchi) faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki amaliy fan sohalaridan (yoki rivojlangan mamlakatlardan) ilmiy-amaliy natijalarni olishga, yangiliklarni tijoriylashtirishga (ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda foydalanishga), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni yangi raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning ketma-ket (va doimiy) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion tizimning hal qilishi kerak bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni raqamli innovatsion tizimning nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda ifodalaydigan quyidagi chizma orqali aks ettirishimiz mumkin:
Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa, Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi: · Raqamlashtirish vositasida iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo’shimcha ish joylarini yaratish; · Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish; · Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va bilim darajasini oshirish; · Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish; · Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik muammolarni hal qilish. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan aniqlanadi. Bunga mos ravishda raqamli innovatsion tizimning bir qancha darajalarini farqlash mumkin: dunyo miqyosida, milliy – bir mamlakat miqyosida, regional – viloyatlar miqyosida va lokal – raqamli innovatsion iqtisodiyotni bir tarmoq yoki korxona miqyosida amalga oshirish. Lokal raqamli innovatsion tizim o’z tarkibiga bir tomondan yirik korporatsiyalarni, kichik va o’rta biznes firmalarini va ikkinchi tomondan, ilmiy izlanish faoliyati moliyaviy hizmatining an’anaviy hamda yangi ko’rinishlarini, yangi raqamli texnologiyalar bozorini va davlatning bevosita va bilvosita ko’magini qamrab oladi. U ilm-fan va ishlab chiqarishni samarali ravishda birlashtirib, o’z tarkibiga raqamli tizimning barcha tashkil etuvchilarini, shu jumladan, ilmiy-texnologik va ijtimoiy-iqtisodiy yo’nalishlarni qamrab oladi. Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning mohiyati - asosan tashqi va ichki ta’asirotlarga bardoshli bo’lgan raqamli innovatsion tizimning tashkiliy ko’rinishlari va funktsional tuzilmalarini hosil qilish bo’lib qoladi, deyishimiz ham mumkin. Download 149.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling