2U ёки 2Tor — tijorat asosida faoliyat ko’rsatadigan kompaniya bo’lib, u 2008 yilda zamonaviy ta’lim tanqidchisi va taniqli tadbirkor Djon Katsman tomonidan tashkil qilingan. Ushbu kompaniya bir necha yilga mo’ljallangan to’liq on-layn kurslar yaratish bo’yicha yetakchi Amerika universitetlari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniya tomonidan interaktiv qo’llanmalar, planshet va smartfonlar uchun dasturlar, on-layn ma’ruzalar va talaba hamda professorlarning muloqotini amalga oshiruvchi funktsional qurilmalar ishlab chiqarilmoqda. Har bir kursning platformasini ishlab chiqish uchun 2U(yoki2Tor) kompaniyasi turli xil venchur fondler tomonidan ajratilgan 10 million dollar atrofidagi mablag’ sarf qilmoqda. Bu loyihaning boshlang’ch bosqichidagina tahminan 100 million dollar mablag’ sarf qilingan. Ta’lim texnologiyasining ushbu bo’lim sarlavhasida keltirilgan qolgan to’rtta asosiy yo’nalishlari esa quyida imkoniyat darajasida tavsif etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |