4 Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar
Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi
Download 149.06 Kb.
|
raqamli
- Bu sahifa navigatsiya:
- Knewton
Ta’limning shaxsga yo’naltirilganligi
Zamonaviy ta’lim jarayoni raqamli texnologiyalardan foydalangan holda universallashtirishga intilib, ta’lim berishda insonlarni bir-birlariga maksimal darajada o’xshash qilib modellashtiradi (ya’ni, moslikni talab qiladi). Xozirgi zamondagi maktab va universitetlar o’z talaba-o’quvchilarini klassik “qora qutilar” ko’rinishida tasavvur qilib, ularning barchasiga bir xil ma’lumot beradilar va bilim oluvchilarning individual hususiyatlarini hisobga olmagan holda ulardan javob reaktsiyasini kutadilar. Bunday yondoshuv ko’pchilik tomonidan allaqachon voz kechilishi kerak bo’lgan industrial davr anaxronizmi sifatida tushuniladi. Kimlardir bu muammoni o’quv jarayoiniga ko’proq o’qituvchlarni jalb qilgan holda hal qilishni taklif qiladilar. Chunki bunda har bir o’quvchiga alohida diqqat-e’tibor qaratilib, ularning talab-istaklarini va qobiliyatlarini nazarga olgan holda o’quv jarayonini optimal ravishda tashkil etish mumkin. Lekin bu juda ham qimmatga tushadigan tadbir bo’lgani uchun, pedagogika bo’yicha ko’pchilik mutahassislar ta’lim jarayoniga zamonaviy komp’yuterlarning dasturiy-texnik vositalarini va imkoniyatlarini jalb qilish yaxshi natijalarga olib kelishi mumkinligini ta’kidlamoqdalar. Agarda shu yo’ldan borilsa, kelajakda komp’yuterlar tegishli dasturiy-texnik ta’minot yordamida har bir o’quvchi yoki talabaga uning intellektual, emotsional va bilim darajasiga muvofiq ravishda individual o’quv dasturlarini tuzib bera olgan bo’lar edilar. Misol sifatida 2008 yilda tijoriy ko’rinishda asos solingan va Knewton — deb nomlangan o’quv tizimini ko’rsatishimiz mumkin. Knewton — on-layn kurslar yaratuvchilariga kompaniya tomonidan ishlab chiqilgan usullardan foydalangan holda talabaning konkret predmet bo’yicha o’zlashtirishini tahlil qilish imkonini beradi. Ushbu yig’ilgan ma’lumotlar asosida Knewton har bir o’quvchi-talaba uchun mos keladigan unikal (noyob) dastur tuzib beradi. Talaba bilimining bo’sh va sayoz joylarini nimalarda ekanligini, qanday ko’rinishdagi o’quv materiallarini u yaxshi o’zlashtirishini (matnmi, audioyokivideoni), endi u qaysi mavzuga o’tgani ma’qulroqligini mahsus dasturlar yordamida Knewton aniqlab beraoladi. O’quv adabiyotlarini tayyorlab beradigan dunyodagi eng katta nashriyotlardan biri Pearson matematika bo’yicha on-layn kurslar yaratish uchun Knewton dan foydalanayotganligi ham uning to’g’ri yo’ldan ketayotganligini ko’rsatadi. Nashriyotning maqsadi – qo’llanmani o’qish bilan bir vaqtda talabaning muvaffaqiyatlariga mos ravishda qaytadan tashkillana oladigan interaktiv electron o’quv qo’llanmalarni yaratish va ularni sotishni yo’lga qo’yishdir. Knewton kompaniyasi o’z ishlarini davom ettirish va kengaytirish uchun PiterTil va RidXoffman kabi venchur investorlardan 50 million dollarga yaqin investitsiyalar olgan. Download 149.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling