4 Elektron tijoratdagi raqamli innovatsiyalar


Download 149.06 Kb.
bet27/28
Sana08.01.2022
Hajmi149.06 Kb.
#251218
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
raqamli

World Economic Forumma’lumotlaridan).  Shuning uchun ham  sun’iy intellect asosida ishlaydigan raqamli va tekin standart o’qituvchilar paydo bo’lishi bu muammolarni hal qilib berishi mumkin. Bu nafaqat chet tillarni o’rganishda, balki boshqa fanlarni o’rganishda ham qo’l keladi. Juda ham qimmat bo’lmagan planshet sotib olib, unga sun’iy intellektli raqamli o’qituvchini yuklab olgan holda barcha tabaqaga mansub insonlar ta’limni davom ettirishlari mumkin. Bir necha o’n yillardan so’ng, insonlarga oily ma’lumot olish huddi o’qish-yozishni bilganday oddiy bir hol bo’lib qolishi mumkin. Melinda va Bill Geytsning ta’limni rivojlantirish bo’yicha REND fondi mutaxassislari ta’kidlashicha, individuallashtirilgan ta’lim berish jarayoni o’quvchilarga fanlarni chuqur o’zlashtirish imkonini beradi. Har bir o’quvchiga individual yondoshuv nafaqat o’quv materialini tez o’zlashtirsh, balki fanni sevib qolish imkoniyatini ham beradi. Haqiqatan ham eng yaxshi o’qituvchilar har bir o’quvchiga alohida yondoshuv bilan ishlaydilar. Yaxshi pedagog dars berishdan tashqari, o’quvchilarni ruxlantiradi va fanga qiziqish uyg’ota oladi. Ammo xozirgi paytdagi maktab va universitetlarda har bir o’quvchiga alohida ahamiyat berishning hech ham iloji yo’q, chunki sinflarda 25-35 tadan o’quvchi-talaba o’qiydi. Agarda hozirgi kunda universitetlarda va maktablarda individual o’qitish joriy qilinsa, ta’lim muassasalaridagi o’qituvchilar soning bir necha marta ko’proq bo’lishi talab qilinadi. Buning esa moliyaviy va tashkiliy jihatdan imkoni yo’q, albatta. Xuddi shuning uchun ham o’qituvchilarning va o’quvchilarning raqamli elektron yordamchilar hamda chat-botlardan foydalanishi muammoning bir qadar darajada yechilishiga olib keladi. Ammo sun’iy intellect bilan jihozlangan personallashgan raqamli o’qituvchilar individual ta’lim muammosini muvaffaqiyatli hal qilib berishlari mumkin. 
Download 149.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling