4 I bob. “Sоddа gаp qоlipi vа uning turlаri” mоdulining nаzаriy mаsаlаlаri


Download 0.59 Mb.
bet18/33
Sana18.06.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1575559
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
gаp qоlip

Uchinchi bosqichda fikr-mulohazalar tinglanadi.
To‘rtinchi bosqich. Fikr-mulohazalar tahlil qilinadi.
Аniq va maqbul yechim tanlab olinadi:

  • Kishi ongidagi fikr tushunchalar asosida tiklanadi. Fikr nutqda gap sifatida yuzaga chiqadi. Fikr tushunchadan tashkil topganligi kabi gap ham tushunchaning shakli sanalgan so‘z va so‘z birikmalaridan tuziladi. Gapning tashkil etuvchilari – so‘z (ibora ham), grammatik shakl va so‘z birikmalari.

  • nutqiy gapning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. gap nisbiy tugal fikr anglatadi;

  2. gap grammatik shakllangan bo‘ladi;

  3. tugal fikr va sintaktik shaklga muvofiq tugallangan ohangga ega bo‘ladi;

  4. axborot beruvchi eng kichik birlik sanaladi.

Nutqda gaplar turli-tuman: 1 Shavkat kitobni o‘qidi. 2 Ortadi sevinchim. 3 Farg‘ona, go‘zalsan. Shuning uchun ularning qoliplari ham turli-tuman bo‘lishi tabiiy.

  • Gаp turlаri kesim vаzifаsidа turgаn bo`lаkning kengаyishi аsоsidа belgilаnаdi.

O‘qituvchi muammoning yechimlari asosida mavzu bo‘yicha shakllangan nazariy asoslarni quyidagicha umumlashtiradi:
- Kesim har doim mustaqil so‘z va kesimlik shakllaridan iborat bo‘lganligi bois, uni shartli ravishda «atov birligi+kesimlik qo‘shimchasi» yoki [WPm] (W-inglizcha word, Pm esa predikat va marker so‘zlarining bosh harflari) shartli belgisi bilan belgilaymiz. [WPm] sodda gaplarning eng umumiy belgisi bo‘lib, u aksariyat sodda gapda voqelanadi. Boshqa gap bo‘laklarining birortasi gapda bo‘lmasligi mumkin, lekin kesimning bo‘lmasligi mumkin emas. Lisoniy sathda [WPm] bir necha oraliq ko‘rinishlarga ham ega bo‘ladi.
-Ega gap kesimini shakllantiruvchi (Pm) – kesimlik kategoriyasida mujassamlashgan shaxs-son (Sh) ma’nosini muayyanlashtiruvchi gap kengaytiruvchisi: Elchibek asta o‘rnidan turdi.
-Gаp turlаri gаp lisоniy sintаktik qоlipi [WPm]ning [W] hаmdа [Pm] qismlаrining kengаyishi аsоsidа belgilаnаdi.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling