4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


O‘z-o‘zini sinash uchun savollar


Download 91.81 Kb.
bet18/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

O‘z-o‘zini sinash uchun savollar:

  1. Fikr paydo bo‘lishining mazmun-mohiyatini ochib bering.

  2. Tadqiqotning yo‘naltirilganligi uning turiga bog‘liq, tadqiqot turlari tasnifini keltiring.

  3. Oldindagi ish to‘g‘risida fikr tug‘ilib, uning yo‘nalishi aniqlanganidan so‘ng tadqiqotchi nimaga bel bog‘laydi?

  4. Ilmiy nazariyalar ... natijasida shakllanadi (fikrni to‘ldiring).

  5. Ziddiyatlarni (nomuvofiqliklarni) topish.

  6. Muammoni tuzish (formulirovka qilish).

  7. “Haqiqat to‘g‘risidagi ilmiy bilimning bilimni tashkil etishdagi o‘ziga xos shaklning obyekti sifatida kelishi” deganda nimani tushunasiz?

  8. Bilmaslik to‘g‘risidagi bilimga misol keltiring.

  9. Muammo, bilim shakli sifatida tadqiqotning maqsadini aniqlashga yordam beradi. U nimaga ishora qiladi?

  10. Muammo qanday funksiya bajaradi?

  11. Muammoni shakllantirishning bosqichlarini nomlang.

  12. Muammoni tuzish bosqichining ta’sirini tushuntirib bering.

  13. Muammoni baholash bosqichining ta’siri ta’rifini keltiring.

  14. Muammoni asoslash bosqichining ta’sirlari.

  15. Muammoni strukturalashtirish (bo‘lib tashlash, stratifikatsiya qilish, dekompozitsiyalash) qanday amalga oshiriladi?

  16. O‘rganish obyektining lokalizatsiyasi va uning tili.

  17. Tadqiqot obyekti tushunchasi.

  18. Tadqiqot predmeti tushunchasi.

  19. Obyekt o‘rganilayotganga bog‘liq emas.

  20. Predmet aniq bir fan bilan, nazariya bilan bog‘liq, shuning uchun ham obyekt turli fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Ushbu nizomga izoh bering.

  21. Tadqiqot predmeti va obyektining o‘z strukturasi bo‘icha farqi nimaga bog‘liq?

  22. Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, bilib olishning empirik bosqichining o‘zidayoq bilib olish predmetining belgili shakllar yordamida qayd qilingan, tasniflangan, ko‘rsatib berilgan va tushuntirilgan xususiyat va aloqalari o‘rganilayotgan holatlar, ularni ta’riflashning mantiqiy vositalari, barcha empirik operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan oldingi bilimlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar darajasida obyektga mos tushmasligi seziladi... Shuning uchun ham... ro‘y beradi. (Fikrni to`ldiring).

  23. Fan o‘z predmeti chegaralaridan chiqishi deganda nima tushuniladi?

  24. Tadqiqot obyektidan tashqari uning mazmuni va yo‘naltirilganligi “yondashuvlarni” aniqlaydi, Siz qanday yondashuvlarni bilasiz?

  25. Mazmunli va formal yondashuvlar.

  26. Mantiqiy va tarixiy yondashuvlar.

  27. Sifatli va sonli yondashuvlar.

  28. Fenomenologik (fenomen-hodisa so‘zidan) va mavjud yondashuvlar.

  29. Yagona va umumiy (umumlashtirilgan) yondashuvlar.

  30. Tadqiqot maqsadini aniqlash.

  31. Tadqiqot natijalarining to‘g‘riligini baholovchi mezonlarni shakllanti-rish. Predmetlilik, to‘liqlik, zid emaslik, interpretatsiya qilinish, tekshriluvchanlik, to‘g‘rilik belgisi kabi tushunchalarga oydinlik kiriting.

  32. To‘g‘rilik mezonlariga qo‘yiladigan talablar.

4.2.7. Tadqiqot farazi(gipoteza)sini yaratish bosqichi


Faraziyani yaratish ilmiy bilimni rivojlantirishning asosiy uslublaridan biri bo‘lib, gipoteza va undan keyingi eksperimentni talqin qilish bilan, nazariy tekshirishni ham qamrab oladi, u faktni asoslaydi va konsepsiya, nazariyani shakllantiradi, yoki rad qilib yangi gipotezani yaratadi. Gipoteza kelajakdagi ilmiy bilimning modeli hisoblanadi (4-jadval).

Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling