4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Ilmiy ishni rejalashtirish


Download 91.81 Kb.
bet2/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

4.2. Ilmiy ishni rejalashtirish

4.2.1. Ziddiyat

Ziddiyat (N.I.Kondakovning mantiqiy ma’lumotnoma-lug‘ati bo‘yicha) – bu “bir- birini rad etuvchi qarama-qarshiliklarning o‘zaro ta’siri bo‘lib, bunda ular yagona obyekt va uning holatlari ichida o‘zaro shartlanadi va bir-biriga qo‘shilib ketadi...”. Ma’lumki, (ilmiy) ziddiyatlarni topish – bu bilib, o‘rganib olishning eng muhim usuli. Ilmiy nazariyalar oldingi naza-riyalarda yoki insonlarning amaliy faoliyatida uchraydigan ziddiyatlarni ochish va shu yo‘sinda paydo bo‘lgan muammolarni hal qilish natijasida rivojlanadi.

Bu yerda “ziddiyat” tushunchasi ikkita ma’noda ko‘rib chiqilishi mumkin. Birinchisi, bu – biron bir fikr, o‘ziga zid bo‘lgan ikkinchisini rad etishi. Ziddiyatning bu kabi ta’biri, qat’iy ma’noda, masalan fizika kabi “aniq” fanlarda qo‘llaniladi. Ziddiyatlarning klassik ko‘rinishlari sifatida (qat’iy ma’noda) XIX asr oxirlarida paydo bo‘lgan ziddiyatlarni misol qilib olish mumkin: elektrodinamikadagi G. Galileyning nisbiylik prinsipi va D. Maksvellning tenglamalar tizimi o‘rtasidagi ziddiyat bo‘lib, u A.Eynshteyn tomonidan yaratilgan maxsus nisbiylik nazariyasi yordamida hal qilingan edi. Yo bo‘lmasa, kvant mexanikasi yaratilganidan so‘ng hal qilingan korpuskulyar va to‘lqinli nazariyalar o‘rtasidagi ziddiyat ham bunga misol bo‘la oladi.

Hozirda “aniq” hisoblanmaydigan ijtimoiy va gumanitar fanlarda ziddiyat ikkinchi ma’noda tushuniladi, ya’ni “qat’iy” bo‘lmagan ma’noda – ma’lum bir ziddiyatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlik, istalayotgan (masalan, me’yoriy nuqtai nazardan, nazariya nuqtai nazaridan) va haqiqatdan ham mavjud (amaliyotda) bo‘lgan narsalar o‘rtasidagi nomuvofiqlik deb tushuniladi. Ammo, doimo ziddiyatning yuqoridagi ta’rifida ziddiyatlar yagona obyekt ichida ekanligiga e’tibor berish lozim.

Tadqiqotchi tomonidan topilgan ziddiyat, ayrim hollarda esa bir qator ziddiyatlar fan amaliyoti yoki nazariyasida o‘z o‘rniga ega bo‘lishi mumkin. Klassik misollar bo‘lib kuchli versiya fanlari (fizika, kimyo va boshqalar)dan olingan ziddiyatlar xizmat qilishi mumkin, bunda eksperiment natijalari mavjud nazariyaga mos kelmaydi. Bundan tashqari, predmetli soha tadqiqotining, nazariyaning to‘liq emasligi, ya’ni, ziddiyat – tegishli predmetli sohada nomuvofiqlik mavjudligini ko‘rsatadi.

Topilgan ziddiyat asosida tadqiqotchi o‘z tadqiqoti uchun muammoni ko‘ndalang qo‘yadi.


Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling