4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish
Masala muammoni shakllantirish
Download 91.81 Kb.
|
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616
4.2.2. Masala muammoni shakllantirish
Masalani ilgari surish, asoslash, uning yechimlarini qidirish ilmiy bilim olishning ijodiy jarayonida eng muhim rollardan birini o‘ynaydi. Ilmiy masala/muammo ostida shunday savol yotadiki, bunda ushbu savolga javobni jamiyat tomonidan yig‘ilgan ilmiy bilim yordamida topishning iloji yo‘q. Gnoseologik nuqtai nazardan olib qaralganda, muammo – bilimni tashkil etishining o‘ziga xos shakli bo‘lib, uning obyekti – bevosita tadqiqot predmeti haqidagi haqiqat emas, balki ushbu haqiqat to‘g‘risidagi ilmiy bilimning holati. Agar bizga obyekt to‘g‘risida ayrim narsalar, masalan, uning belgilari yoki uning qandaydir bir komponentlari o‘rtasidagi aloqani bilmasligimiz ma’lum bo‘lsa, demak, biz muammo haqidagi aniq muammoli bilimga egamiz. Ya’ni biror narsani bilmaslik haqidagi aniq fakt – bu bilim, boshlang‘ich bilim, unga tayanib predmet haqidagi bilimlarimiz uni haqiqatga yanada yaqinlashtiradi. Masalan, sharli chaqmoq tabiati hali ham to‘liq ma’lum emasligini yaxshi ma’lum. Bu esa, ushbu sohadagi bilimlar yetishmasligidan dalolat beradi. Bilim yetishmovchiligi ilmiy muammolarni ilgari surish negizida yotadi.
Maqsadga yo‘naltirilganlikning talablarini bajarmay turib, ilmiy ishni rivojlantirishning iloji yo‘q. Maqsadga yo‘naltirilganlik esa ilmiy ijodda muammo bilan bog‘liq. Aynan muammo, noma’lumlikka ishora qilib, uni chegara(lokalizatsiya)lab, maqsadga yo‘naltirish funksiyasini bajaradi. Ammo bu alohida maqsadga yo‘naltirilganlik bo‘lib, u no‘ma’lum sohani aniqlash uchun yetarli darajada aniq, lekin bilib olish kerak bo‘lgan soha mazmuni to‘g‘risida gap ketganida, u butunlay noaniq. Muammolarni dolzarblashtirish jarayonida tadqiqotchi doimiy ravishda noaniqlikning yuqori darajasiga intilgan holda uning sifatlanuvchi holatlari bilan cheklanib qolaveradi. Bu esa, tadqiqotchilik jarayonida olimlarni o‘rganilayotgan muammo tuzilmasiga murojaat etib, haqiqiy, dolzarb, zarur hamda uncha-lik ham dolzarb va zarur bo‘lmagan muammolarni ajratib olish uchun mezonlar topishga undaydi. Bunda nazariyaning ichki mantiqi muhim rol o‘ynaydi, chunki agar na-zariya asosida yotgan muammo topilsa, uni yechish bir qator tekshiruv va kuzatuvlarga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, agar fizikada barcha o‘zaro ta’sirlarni bitta nazariya doirasida ta’riflab berishning imkoni bo‘lganida (masalan, maydonning umumiy nazariyasini yaratish), bu ko‘pgina yangi fizik holat va effektlarning bashorat qilinishiga, hamda eksperimental ochib berilishiga yordam bergan bo‘lar edi. Yana bir misol – David Gilbert tomonidan 1900 yilda o‘tkazilgan Parij xalqaro matematika kongressida shakllantirilgan muammolari XX asr matematikasining rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi (hali ham Gilbert bayon etgan 23 muammoning aksariyati yechilmagan). Muammoni ilgari surish jarayonida quyidagi bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: muammoni shakllantirish, baholash, asoslash va tizim (struktura)lashtirish. Download 91.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling