4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Tadqiqot obyekti va predmeti


Download 91.81 Kb.
bet8/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

4.2.3. Tadqiqot obyekti va predmeti

Gnoseologiyada tadqiqot obyekti deb tadqiqotchi subyekt (o‘zining yangi bilim qidirish faoliyatida) keyinchalik duch keladigan va bilib olishi kerak bo‘lgan nazariya va bilimlar tushuniladi. Ya’ni, bu tevarak-atrofdagi haqiqat bo‘lib, tadqiqotchi bevosita u bilan ishlaydi. Albatta, nazariyalar va tevarak-atrof deganda umuman barcha nazariyalar va olam haqidagi bilim emas, balki muayyan bir narsa, masalan temir yo‘l yoki uning biror qismi, masalan, ko‘tarmalar (zemlyanoe polotno) yoki temir yo‘ldan foydalanishda poyezdlar harakati xavfsizligi, harakat vositalari (vagon, lokomotiv) va shu kabilar tushuniladi.



Tadqiqot predmeti - bu obyektning shunday tomoni, aspekti, o‘rganish nuqtai nazari, “proyeksiyasi” bo`lib, uning yordamida tadqiqotchi yaxlit obyektni oladi va uning haqiqatga eng yaqin (tadqiqotchining nuqtai nazaridan) belgilarini ajratib o‘rganadi. Bitta obyektning o‘zi bir necha tadqiqot-larning predmeti, yoxud, bir qancha ilmiy yo‘nalishlarning predmeti bo‘lib ham chiqishi mumkin. Shunday qilib, birgina “harakat xavfsizligini ta’minlash” obyekti mexaniklar (vagon va lokomotiv), yo‘l quruvchilari va xo‘jaligi, avtomatika, yo‘l boshqaruvi mutahassislari va boshqalar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Ammo, bu ularning barida bir xil tadqiqot pred-metlari bo‘ladi degani emas. Obyekt bir predmet har xil yoki, boshqacha aytganda o‘rganiladigan tomonlari ko‘p. Bundan tashqari, uning aksi, bir tadqiqot predmeti ikkinchi (anchayin xususiysi) tadqiqot obyekti sifatida xizmat qilishi mumkin. Masalan, “hayot sifati” obyekti tibbiyotda, iqtisodiyot va sotsiologiyada o‘rganiladi. Ushbu obyektning “aholi salomatligi” aspekti (predmeti) bir tomondan, tibbiyot predmeti, ikkinchi tomondan esa, tibbiyotda sog‘liqni saqlash jarayonini tashkil etish sohasining obyekti.

Ilmiy tadqiqot predmeti ma’lum bir o‘rganishga oid bo‘lgan, bilib olish obyekti bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar natijasida shakllanadi. Bilish predmeti bir qator sifatlarda – ushbu fan tomonidan o‘rganiladigan, hamda ma’lum mantiqiy va belgili (chizmalar, grafik, formulalar ko‘rinishida) shakllarda o‘z aksini topgan aloqa va qonunlarning umumlashtirilgan ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Shu xususiyati bilan tadqiqot predmeti bilib olinishi kerak bo‘lgan obyektdan farq qiladi, chunki tadqiqot obyekti tadqiqotchi subyektga nisbatan mustaqil tarzda atrofda (tabiatda, insonda yoki jamiyatda) mavjud.

Tadqiqot predmetining bilish obyektidan yana bir farqi shundaki, bitta obyekt bir necha fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin, hamda ushbu fan-larning har biri o‘zining alohida bilib olish predmetiga ega bo‘ladi. Masalan, fazoviy obyektlar tadqiqot obyekti sifatida astronomiya, astrofizika, astrobotanika tomonidan o‘rganiladi. Jamiyat esa obyekt sifatida tarix, siyosiy iqtisodiyot, falsafa, demografiyalar tomonidan o‘rganiladi. Yuqoridagi barcha fanlar o‘zining alohida predmetiga ega bo‘ladilar.



Ilmiy tadqiqot predmeti va obyekti bir-biridan o‘z strukturasiga (tuzilishiga) qarab ham farq qiladi. Bilib olish obyektining strukturasi ushbu obyektning asosiy tarkibiy elementlarining o‘zaro ta’siri. Bu kabi o‘zaro ta’sir natijasida obyektning turli xil xususiyatlari, aloqa va qonunlari rivojlanadi. Bilib olish predmetining strukturasi qaysidir ma’noda obyekt tarki-bi bilan aniqlansa ham, ushbu aniqlanish qat’iy sanalmaydi. Bilib olish predmetining tuzilishi nisbatan mustaqil. Ushbu tuzilishning asosiy elementlari bo‘lib birinchidan, o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risidagi ilm-fanning rivojlanish tarixi; ikkinchidan, mavjud xususiyatlari, hamda bilib olish jarayonida ma’lum bir mantiqiy shakllarda o‘z aksini topgan obyekt rivojlanishining qonun-qoidalari; uchinchidan esa, bilib olish predmetini shakllantirish jarayonida qo‘llaniladigan mantiqiy apparat va usullar bo‘lishi mumkin.

Ilmiy tadqiqot predmetining strukturasi ko‘pgina hollarda predmet shakllanadigan bilish bosqichiga bog‘liq bo‘ladi. Empirik bosqichda bilib olish predmeti bevosita obyekt bilan bog‘liq bo‘ladi. Barcha bilib olish operatsiyalari ushbu bosqichda kuzatuv, o‘lchash kabi usullar yordamida amalga oshiriladi. Ushbu usullar yordamida o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risidagi butun empirik axborotni ro‘yxatdan o‘tkazish, tasniflash jarayonlari ro‘y beradi. Ushbu axborotga muvofiq tarzda empirik bilib olish predmeti o‘z ichiga, dastavval, o‘rganilayotgan obyekt xarakteriga nisbatan barcha aniqlangan faktlarni, ikkinchidan, o‘rganilayotgan obyektning turli xil xususiyat va aloqalarini o‘lchash bo‘yicha ma’lumotlarni, uchinchidan, empirik axborotni ro‘yxatdan o‘tishiga yordam beruvchi belgi va belgili shakl-larni, to‘rtinchidan, empirik bilib olish jarayonida aniqlangan, o‘rganilayotgan obyekt xususiyat va aloqalarining o‘zgarishi, rivojlanishi, paydo bo‘lishi va yo‘qolishi to‘g‘risidagi barcha statistik ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.

Bu yerdan ko‘rinib turibdiki, bilib olishning empirik bosqichidayoq bilib olish predmetining belgili shakllar yordamida qayd qilingan, tasniflangan, ko‘rsatib berilgan va tushuntirilgan xususiyat va aloqalari o‘rganilayotgan holatlar, ularni ta’riflashning mantiqiy vositalari, barcha empirik operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun asos bo‘ladigan avvalgi bilimlar to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlar darajasida obyektga mos tushmasligi mumkin.

Nazariy bosqichda bilib olish predmetining kelajakdagi muhitga moslashuvi ro‘y beradi. Predmet obyetdan yana ham uzoqlashadi. Nazariy bosqichda empirik materialning tahlili amalga oshiriladi. Ushbu material asosida o‘rganilayotgan holatlarning tabiati, ularning xususiyat va aloqalari ochib beriladi, o‘rganilayotgan obyektlarning rivojlanish qonun-qoidalari, ilmiy gipoteza va nazariyalari shakllanadi, ilmiy bashorat amalga oshiriladi.

Nazariy bosqichdagi bilib olish operatsiyalari ma’lum ma’noda ushbu bosqichdagi bilib olish predmetining alohida xususiyatlari darajasini shartlab beradi. Endilikda, bilib olish predmeti bilib olish obyektining yana ham haqiqiy va chuqurroq belgilarini o‘z ichiga qamrab oladi. Endilikda u aniq holatlar bilan emas, ushbu holatlar rivojining qonun-qoidalari bilan bog‘liq bo‘ladi. Obyektlarning rivojlanish qonun-qoidalari, ilmiy gipoteza va nazariyalari nazariy bosqichda bilib olish predmetining asosiy xususiyatlarini o‘zlarida mujassamlashtiradi.

Shundan kelib chiqadiki, “bilib olish obyekti” va “bilib olish predmeti” tushunchalari bilib olish jarayonida bir-biriga o‘xshamaydigan funksiyalarni bajaradi. “Bilib olish obyekti” tushunchasi o‘rganilayotgan holatlarning obyektiv mavjudligini, ularning xususiyat va rivojlanish qonun-qoidalarini o‘zida aks ettiradi. “Bilib olish predmeti” tushunchasi esa tadqiqotchilarni o‘rganilayotgan obyektning mavjud va obyektiv tomonlarini turli xil shakllarda yana ham to‘liqroq ko‘rsatib berishga yo‘naltiradi. Ushbu obyektiv tomonlar bilimda qanchalik to‘liq va aniq aks ettirilsa, ushbu bilim o‘z ilmiy mazmun-mohiyatiga ko‘ra shunchalik chuqurroq bo‘ladi. “Bilib olish obyekti” tushunchasi bizda mavjud bilimlarning mazmunini interpretatsiya qilishda boshlang‘ich tushuncha sifatida xizmat qiladi.

“Bilib olish predmeti” tushunchasi, eng avvalo, u yoki bu obyektning o‘rganiladigan chegaralarini aniqlaydi. Ushbu tushuncha orqali o‘rganilayotgan obyektning ilmiy bilimga kiritib bo‘lingan va ma’lum mantiqiy shakllarda o‘z aksini topgan xususiyatlari, aloqa va qonun-qoidalari qayd qilinadi. U yoki bu ilm-fanning o‘z predmeti chegaralaridan chiqib ketish hollari yoki ushbu ilm-fanning boshqa fanlar sferasiga nokompetent arala-shuvini, yoki, ushbu fandan yangi ilmy yo‘nalishlarning kelib chiqishini anglatadi va bular natijasida ushbu yo‘nalishlar o‘zining xususiy o‘rga-nish predmetini shakllantiradi.

Bu yerda ijobiy misol qilib rivojlanishning ma’lum bir darajasiga erishgan va boshqa fanlar asosida vujudga kelgan, fizika, kimyo, molekular biologiya kabi fanlarni keltirishimiz mumkin. Salbiy misol tariqasida esa, asoslanmagan analogiya va/yoki tadqiqotchilik predmetining asossiz kengaytirilishini ko‘rsatish mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, yuqoridagi kabi xatolarga ham kuchsiz versiyaning ilm-fan bilan bog‘liq vakolatli shaxslari (masalan, bir o‘quv muassasasida pedagogik eksperiment o‘tkazgan tadqiqotchi o‘zi olgan natijalarni barcha o‘quv muassasalariga muvofiq kelishini ta’kidlaydi – va, bu yerda, tadqiqotlar predmetining asoslanmagan kengaytirilishi, bir predmet natijalarini ikkinchi predmetga asoslanmagan holda o‘tkazilishi yuzaga keladi. Yoki kuchli versiyali ilm-fan namoyandalari o‘zi yaxshi o‘zlashtirgan apparatni o‘zi uchun yangi bo‘lgan sohada qo‘llaydi va bunda ushbu soha spetsifikasi to‘g‘risida hech qanday tushunchaga ega bo‘lmagan holda, asoslanmagan analogiyalarni qo‘llash yuzaga keladi. Har ikki holatda ham olingan natijalarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi asoslangan shubha paydo bo‘ladi.

Bilib olish predmetida konsentratsiyalashtirilgan ko‘rinishda u yoki bu fanga oid bilib olish masalalari shakllanadi, ilmiy izlanishning asosiy yo‘nalishlari aniqlanib, tegishli bilib olishga oid masalalarni ushbu fan vositalari va usullari yordamida yechish imkoni tug‘iladi. U yoki bu ilm-fanning intensiv rivojlanish davrlari predmet kengaytirilganida, yoki yangi usullar paydo bo‘lganida vujudga keladi. Misol tariqasida, kuzatuv usuli yordamida yulduzli osmonni o‘rgangan astoronomiyani olishimiz mumkin. O‘z predmetini kengaytirish yo‘li bilan (problematikasi doirasida Koinotning yaralishi va rivojlanishi, hamda uning elementlarini tushuntirib berishni qo‘shib) u astrofizikaga aylandi. Astrofizikani rivojlanishi oldinga surilgan nazariyalarni eksperimental tarzda tasdiqlanishi (masalan, XX asr 20-yillarida Koinot kengayishining kashf etilishi), yangi eksperimental asbob-uskunalarning paydo bo‘lishi (masalan, radioteleskopning ixtiro qilinishi) bilan bog‘liq.

“Operatsiyalarni targ‘ib qilish” deb nom olgan ilmiy yo‘nalishning tadqiqot predmeti aniqlanmagani paradoksal salbiy natijaga olib keldi. Amaliy matematikaning bu kabi sohasi operatsiyalarni modellash (maqsadli harakatlar: iqtisodiyot, ishlab chiqarish, ijtimoiy tizimlarning holatlari) kabi amaliy matematik masalalarni o‘rganadi. Ilm-fanda ushbu yo‘nalishga ko‘pgina tadqiqotlar bag‘ishlangan bo‘lib, hatto u uchun alohida ilmiy mutaxassislik ham ajratib olgan, ammo hech bir olim ushbu “fan”ning predmetini to‘g‘ri topib bera olmadi – ularning bari bugungi kunda olimlar tomonidan yechilishi mumkin bo‘lgan alohida masalalarga to‘xtaladilar. Bu kabi holatlar ko‘pgina ilmiy yo‘nalishlarga oid bo‘lib, ularning chegaralari bilib olish predmeti, aniq ko‘rsatilgan predmetli soha bilan emas, balki umumlashtirilgan nazariy natijalar bilan aniqlanadi.

Shunday qilib, bilib olish obyekti va predmetining dialektik o‘zaromunosabati ilmiy tadqiqot jarayonida eng muhim rol o‘ynaydi. U tadqiqotlar jarayonida shakllantiriladigan mazmun-mohiyatlarni ilmiy tomondan interpretatsiya qilish hamda ushbu fan o‘z vositalari va usullari yordamida obyektiv holatlarni, ularning xususiyatlari va rivojlanish qonun-qoidalarini o‘rganuvchi chegaralarni qat’iy belgilashga imkon yaratadi.

Ko‘rinib turibdiki, tadqiqot predmeti va obyektini to‘g‘ri aniqlash juda ham mushkul vazifa. Ushbu vazifa alohida tadqiqotlarning katta seriyasini amalga oshirgan bir muallifning ko‘p yillik tajribalari mevasi, yoki butun boshli tadqiqotchilar jamoasi ishi natijasi, yoxud yuqoridagilarning birga-likda bajargan ishi natijasi bo‘lmish katta umumlashtirilgan tadqiqotlar o‘tkazishda yana ham murakkablashadi. Bu kabi hollarda umumlash-tirilgan tadqiqotlar predmeti va obyektini aniqlashdan oldin uning predmet sohasini (predmet soha – bu berilgan nazariya tomonidan ta’riflanuvchi holatlarning umumlashtirilgan ko‘rinishidir) aniqlab olish zarur.

Bunday umumlashtirilgan tajribalarga bel bog‘lagan tadqiqotchida bir qator o‘zaro farqli va turli aspektli natijalar paydo bo‘lib, ularni bir yaxlitlikka birlashtirish juda mushkul.

Shubhasiz, o‘rganib bo‘lingan predmetli sohada eski texnologiyalarni qo‘llash yo‘li bilan yangi natijalar olishning, katta umumlashtirmalarni amalga oshirishning iloji yo‘q.


Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling