4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Muammoning tuzilmasini aniqlash


Download 91.81 Kb.
bet7/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

Muammoning tuzilmasini aniqlash. Muammoni strukturalashtirish-da eng birinchi amal – uni bo‘lib tashlash. Bo‘lib tashlash (dekompozit-siya) – markaziy savolga javob topib beradigan qo‘shimcha savollar (savol-osti (nim)savollar) ni qidirish. Boshlang‘ich pozitsiyada muammoning barcha savol-osti savollarini tuzishning iloji bo‘lmaydi. Bu jarayon tadqiqot o‘tkazish davomida shakllanadi. Boshida muammoni hal qilish uchun zarur barcha narsalarni topish juda ham mushkul ko‘rinadi. Shuning uchun ham stratifikatsiya (bo‘lib tashlash, dekompozitsiya) muammoni hal qilishning butun jarayoniga taalluqli. Demak, barcha mavjud va zarur nim savollarni izlab topish va shakllantirishning muhimligi tadqiqotni boshlash va kutilayotgan natijani qo‘lga kiritish sharti desa bo‘ladi.

V.I.Vernadskiy shunday degan edi: “Ilm-fan yo‘llarini (tadqiqotlarni amalga oshirish, haqiqatni qidirish nazarda tutilyapti – muall. izohi) birgina usul bilan qidiradi, u oddiy masalalarga ko‘proq e’tibor beradi va murakkablarini chetga surib qo‘yadi, dastavval yengillarini yechib, so‘ng yana murakkab masalalarga qaytadi”.

Keyinchalik muammoni bo‘lib tashlash jarayonida uni lokalizatsiyalash (chegaralash) kerak, ya’ni, tadqiqotchi yoki tadqiqotchilik jamoasi tomonidan o‘rganilayotgan obyektni haqiqatdan ko‘rib bo‘la oladigan, mavjud chegaralar bilan cheklash talab etiladi, bunda tadqiqot o‘tkazishning mav-jud shart-sharoitlari hisobga olinadi.

Tadqiqotchi faqat izlanayotgan bilimga bag‘ishlanayotgan javobga taalluqli masala va savollar bilan chegaralinishi kerak, qidirish jarayonini murakkablashtiruvchi biron-bir favqulotda, o‘ta qiziq narsa bo‘lsada, undan voz kecha olishi juda ham muhim.

Muammo chegaralab, lokalizatsiya qilinganidan so‘ng, undagi asosiy savol osti yordamchi (nim) savollarni tartibga solish, hamda ularni tadqiqot mantiqiga muvofiqlashtirish – ya’ni, savol-osti savollarni yechishda o‘ziga xos “tarmoqli grafik” qurish kerak.



Muammoni shakllantirish doimo biron-bir ma’lum ilmiy tilni qo‘llash yordamida amalga oshiriladi. Muammoni ta’riflash uchun tanlangan tushuncha va til strukturalari uning ma’nosiga doim ham indifferent (befarq) bo‘lavermaydi. Ko‘pgina hollarda, olimlar bir-birni tushunmas-liklari mu-ammo murakkabligi bilan emas, balki har-turli atamalarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan. Farang matematigi Lavuazye ilm-fanni faktlar, uslublar va til majmuasi deb bilgan. Uning fikricha agar mutaxassislar uchun yangi bilim adekvat tilda tushuntirilmasa, faktlar va metodlarning o‘zi hech qanday ahamiyat kasb etmaydi.

Ayniqsa, ilmiy tadqiqotning boshlag‘ich punktida terminologik (atamaga oid) tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik juda muhim: muammoni shakllantirish, hamda uni yoritish jarayonida muammoga taalluqli barcha tushunchalarni aniq belgilash zarur. Bundan tashqari, agar muammoni ilgari surganlar uni maxsus atamalarsiz izohlab bera olsalar, bir qator tushunarsiz holatlarning oldi olingan bo‘lar edi. Oddiy tilga tarjma qilishning foydasini “XXI asr dialoglari” deb nom olgan parodiyadagi sitata bilan ham ko‘rsatib berish mumkin, bunda mutaxassis-olimning fikr-mulohazalarini robot keng ommaga tanish bo‘lgan tilga tarjima qilib beradi: “Ma’ruzachi: Ekvidistant trayektoriyalar bilan harakatlanayotgan to‘rtta monotsiklik agregatni ko‘zingiz oldiga keltiring... Tarjimon- robot: Ko‘zingiz oldiga, e-e-e, to‘rt g‘ildirakni keltiring”.



Olim, o‘z tadqiqoti muammosi(yechiladigan masalasi)ni ko‘ndalang qo‘yar ekan, keyingi odimda tadqiqot obyekti va predmetini aniqlab oladi.

Download 91.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling