4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish


Muammoni ilgari surish/shakllantirish


Download 91.81 Kb.
bet4/36
Sana08.01.2022
Hajmi91.81 Kb.
#244651
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616

Muammoni ilgari surish/shakllantirish. Muammoni shakllantirish jarayonida muammodan to‘g‘ri foydalana olish, uni ilgari surish muhim rol o‘ynaydi. Muammodan to‘g‘ri foydalanish, shakllantirish – eng avvalo, bir-birining o‘rnini bosib, tadqiqotchini noma’lumlikning aynan o‘zini (adekvat) belgilash va ushbu noma’lumlikni ma’lumlikka aylantirishning usullariga eltuvchi savollarni qidirish. Savollar aniq tasvirlab berilishi yoki to‘liq shakllantirilmagan bo‘lishi, aniqlangan yoki taxmin qilinayotgan bo‘lishi mumkin. Bu muammoni shakllantirishning muhim pallasi. Ammo muammoni shakllantirish ushbu lahza bilangina cheklanib qolmaydi. Chunki:

  • birinchidan, hamma ilmiy savollar ham muammo/masala bo‘lib kelavermaydi – ular faqat uni oydinlashtiruvchi savollar, yoki bugungi kunda umuman yechib bo‘lmaydigan masala bo‘lishi ham mumkin;

  • ikkinchidan, muammoni shakllantirish uchun savollarning o‘zi kifoya qilmaydi, asosiy yechiladigan masala (muammo)ni aniqlash ham talab qilinadi. Masalani targ‘ib qilish (aniqlash) - bu maummoni shakllantirish jarayonidagi boshqa bir muhim jarayon. Bu jarayon bilimlar orasida ziddiyatni topishdan iborat. Masalan, ko‘pni bilish va qila olish uchun yaxshi xotira va mashqlantirilgan fikr teranligi kerak. Bu yerda biz aniq ziddiyatga duch kelamiz: bilim olishga ko‘proq vaqt sarflash – fikr teranligini mashq qildirishga kamroq vaqt qoladi degani, va aksincha. Shunday ekan, muayyan optimum borligi ayon. Agar uni aniqlash va belgilashning iloji bo‘lganida edi, ko‘pgina qiyinchiliklar bartaraf etilgan bo‘lar edi.

Mauammoni shakllantirishda obraz (tadqiqotning yakuniy natija “loyiha”si)ni tadqiqot rivojining bashorati asosida shakllantirish, ushbu muammoni yarata bilishda katta ahamiyat kasb etadi. Bunday yarata bilish deganda ushbu bosqichda, hamda kelajakda o‘zaro bog‘liq bo‘ladigan sabablar tushuniladi va ular tadqiqot jarayoni va natijalariga ta’sir o‘tkazib keladi.


  1. Download 91.81 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling