Kalendar ish rejasining bajarilishi
2022-2023 o’quv yili uchun yarim yillik hisobot
1. O’zlashtirish darajasi
2022-2023 o’quv yilining birinchi yarim yillik holatiga ko’ra
№
|
O’quv fanlari va ilmiy
faoliyati turlarining
nomlari
|
Topshirish muddati
|
Izoh
|
Reja bo’yicha
|
Amalda
|
(ball,baho)
|
1
|
O’rta Osiyo xonliklarida an’anaviy tarixnavislik maktablari
|
23.01.2023
|
23.01.2023
|
4
|
2
|
Yangi va eng yangi davr tarixi manbalari va tarixshunosligi
|
28.01.2023
|
28.01.2023
|
4
|
3
|
Ilmiy tadqiqot ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash
|
03.02.2023
|
03.02.2023
|
|
4
|
Ilmiy seminar
|
30.01.2023
|
30.01.2023
|
|
5
|
Ilmiy-pedagogik ish
|
01.02.2023
|
01.02.2023
|
|
Dekan muovini_____________________
2. Ilmiy-tadqiqot ishlari
2.1. Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar 2022-2023-o’quv yili birinchi yarim yilligi davomida magistrlik ishi “Sovet hukumatining Oʻzbekistondagi 1925–1929-yillardagi yer-suv siyosati masalalarining tarixshunosligi” mavzusi doirasida kirish qismi va III bobi hamda disserttsiyaning dastlabki to’liq variantini shakllantirish asosan yakuniga yetkazildi. Dissertatsiyaning shakllangan dastlabki variant asosida unda ko’tarilgan ilmiy muammoning o’rganilishi va so’ngi tahlili asosida xulosa qismini shakllantirish uchun ishlar boshlandi.
Hisobot davrida – Magistr Akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertasiya mavzusi yuzasidan shakllantirilgan adabiyotlar ro’yxati, birinchi manbalar o‘rganildi, o‘quv yili hisobot davri sentabr-yanvar oylarida magistrlik dissertatsiyasining kirish qismi va asosiy qism III bobi yozildi. Hisobot davrining sentanr-yanvar oylari kesimida quyidagi ilmiy pedagogik va ilmiy tadqiqot ishlar bajarildi:
3. Sentabr – dekabr oyida amalga oshirilgan ilmiy pedagogic va ilmiy tadqiqot ishlari.
3.1. Sentabr oyida qilingan ilmiy-pedagogik ishlar
Sentyabr oyida Ilmiy rahbar t.f.n.prof. Z.A.Saidboboyev va kafedraning boshqa professor o’qituvchilari bilan o’quv yilida qilinadigan ishlar re’jasi kelishib olindi. Magistrlik dissertatsiyasi doirasida ilmiy maqolalar tayyorlash bo’yicha maslahatlar olindi. Bu ishlarda kafedra ustozlari tomonidan o`quv me’yoriy hujjatlarni o`rganish va taqriz qilish ko`nikmalarini shakllantirish maqsadida ilmiy-pedagogik ish jarayonida kafedraning umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan ishchi dasturlarni o`rganishni tavsiya qilindi.
Ilmiy rahbar va kaferdra ustozlari tomonidan ilmiy pedagogik ishning dissertatsiya mavzusiga yaqinroq fanlar doirasida olib borish kerakligi haqida maslahatlar olindi. Kafedra o‘qituvchilaridan dars mashg’ulotlarini o’tish bo’yicha konsultatsiya olindi. Arxivshunoslik yo’nalishi talabalarining seminar mashg’ulotlariga kirildi. Ustozlarning dars jarayonlarida bevosita qatnashildi. Ularning dars o’tish uslublari bilan tanishib, kerakli jihatlarini qayd etib qo’yildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |