4. ilmiy tadqiqot jarayonini tashkil qilish
Download 91.81 Kb.
|
4 47608f4099532bf7cfd69a607e549616
Muammoni asoslash. Muammoni asoslash – birinchidan, ushbu muammoning boshqa yechimlari – oldinroq yechilgani va yechilayotganlari bilan mazmuniy, aksiologik (qadriyatli) va genetik (irsiy) aloqasini aniqlash bo‘lib, chunki yuqoridagi muammolarning yechimi o‘z-o‘zidan ushbu muammo hal qilinishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. Ikkinchidan, muammoni asoslash – bu uni hal qilish foydasiga oid argumentlarni qidirish, kutilayotgan natijalarning ilmiy yoki amaliy bahosini aniqlash. Teran bu ushbu muammoni (yoki uni tuzish jarayonini) boshqalari bilan saralash aspektida solishtirish zarurati bo‘lib, ularning fan amaliyoti va ichki mantiqiga qanchalik kerakligidan kelib chiqqan holda, yechishga qaratilgan bo‘ladi.
Bunda zamonaviy fan ko‘pgina hollarda bir necha hal qilish variantlarini keltirib chiquvchi muammolarga duch keladi. Jumladan, zamonaviy O‘zbekiston iqtisodiyotida turli firmalarning ko‘pgina modellari, biznesni tashkil etishga turli xil yondashuvlar paydo bo‘ldi. Bunday hollarda aynan qaysi yechim, qaysi model ko‘proq foyda keltirishi va shuning uchun ham, ushbu shart-sharoitlarga ko‘proq mosligini batafsil asoslashga to‘g‘ri kela-di. Muammo qanchalik murakkab bo‘lsa, uning hal qilinishi va rejalash-tirishda shuncha ko‘p turli omillarni hisobga olish kerak bo‘ladi. Olimning muammoni hal qilinishini asoslashda yoki muammoning taklif qilinayot-gan yechimini qabul qilishda zarur bo‘lgan argumentlarni shakllantirib, ularni kritik (tanqidiy) tahlil qila olishi bu kabi shart-sharoitlarda fan taraq-qiyotidan darak beradi. Ko‘p hollarda muammo ahamiyatini baholashda uning ahamiyatiga haddan tashqari katta baho berib yuboriladi. Har bir muammoning haqiqiy ahamiyatini ular ilmiy (ushbu muammolar ochib beriladigan) ishlar mualliflaridan farqli o‘laroq, anchayin kichik masshtablarda ko‘rib chiqishga odatlanadilar va o‘z nuqtai nazarlarini muhofaza qiladilar. Bu fan uchun odatiy hol. Fan ma’lum darajada konservativ bo‘lishi va yangi muallifning yangi ishi natijasida o‘zini o‘qqa-cho‘qqa uravermasligi lozim. Ammo, shu vaqtning o‘zida bu dolzarb muammolarga past baho berilishi va fanda yangi yo‘nalishlarning rivojlanish jarayonini to‘xtatib qo‘yilishiga olib keladi. Masalan, XX asrning 50-yillarida genetika va kibernetikaning fan sifatida tan olinmasligi sobiq Sovet Ittifoqining fan sohasi o‘n yilliklarga ortda qolishiga sabab bo‘ldi. Muammoga subyektiv baho berishni kamaytirishda tadqiqotchi yoki uning hamkasblari tomonidan ham muammoga zid, mavjud barcha argu-ment va fikr-mulohazalarni ilgari surish katta ahamiyatga ega. Muammo tabiatiga, uni tuzish shart-sharoitiga, hal qilish oqibatlariga oid hamma narsa shubha ostiga olinadi: muammoning o‘zi mavjudmi? Uni hal qilishga amaliy yoki ilmiy ehtiyoj bormi? Muammoni to‘g‘ri shakllantirish “tarafdor” va “qarshi” argumentlar o‘rtasidagi musobaqani nazarda tutadi. Aynan qarama-qarshi fikrlarga katta e’tibor berish, muammo mazmun-mohiyati haqida, uni yechish zaru-rati va qadriyati, uning nazariy va amaliy ahamtiyati to‘g‘risida to‘g‘ri tushuncha shakllantiradi.
Download 91.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling