4 Iqtisodiy tizim modellari
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat
Download 11.23 Kb.
|
Iqtisodiy tizim modellari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining qisqacha tavsifi
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Iqtisodiy tizim modellarini o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish; Iqtisodiy tizim modellari va mulkchilikni rivojlantirish bo'yicha ilmiy takliflarni ishlab chiqishdan iborat. Kurs ishi obyekti: O'zbekiston Respublikasida tashkil etilgan iqtisodiy tizim modellari va mulkchiliklar hisoblanadi. Kurs ishi predmeti: iqtisodiy tizim modellari va mulkchiliklarning umumiy turlarining faoliyatini ko'paytirishdagi moliyaviy munosabatlar hisoblanadi. Kurs ishining qisqacha tavsifi: Kurs ishi tarkibi, uchta savollar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro'yxatidan iborat. 1. Iqtisodiy tizim tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi Tizim - "grekcha" sistema, yani qismlardan tarkib topgan, birlashgan degan manolarni anglatadi. Shunday qilib, tizim deb elementlar, qismlardan iborat o'zaro uzviy bog'langan, malum tartib asosida tarkib topgan butunlik tushuniladi. Iqtisodiy tizim - bu har bir davr va makonda amal qilinadigan iqtisodiy munosabatlar, iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo'jalik yuritish mexanizmi va iqtisodiy muassasalarning o'zaro uzviy bog'liqlik asosida tarkib topgan yaxlit iqtisodiy tuzilmasidir. Iqtisodiy tizimlarning tarkibiy qismlari: ishlab chiqaruvchi kuchlar; iqtisodiy munosabatlar; xo'jalik yuritish mexanizmlari; iqtisodiy siyosat; texnalogiya va ishlab chiqarishning tabiiy shart-sharoitlari lar kiradi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar–ishlab chiqarish vositalari va ularni harakatga keltiruvchi kishilar birligidan iboratdir. Kishilar uchun zarur bo'lgan hayotiy nematlarni takror ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy aloqa va munosabatlar iqtisodiy munosabatlar deyiladi. Iqtisodiy siyosat bu davlatning iqtisodiyot, iqtisodiy munosabatlar va takror ishlab chiqarish jarayonlariga tasir ko'rsatishka qaratilgan chora tadbirlardir. Iqtisodiy munosabatlarning turlari ikkita bo'lib, ular tashkiliy iqtisodiy munosabatlar va ijtimoiy iqtisodiy munosabatlardir. Tashkiliy iqtisodiy munosabatlar – ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish orqali vujudga keladi. Masalan bunga, mehnat taqsimoti, uning ixtisoslashishi natijasida vujudga keladigan munosabatlarni kiritish mumkin. Ijtimoiy iqtisodiy munosabatlar – hayotiy nemat va vositalarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayurboshlash va istemol qilish jarayonida vujudga keladi. Download 11.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling