4 Iqtisodiy tizim modellari


Iqtisodiy tizim modellari


Download 11.23 Kb.
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi11.23 Kb.
#1347539
1   2   3
Bog'liq
Iqtisodiy tizim modellari

2. Iqtisodiy tizim modellari
Iqtisodiy jarayonlarni boshqarish mexanizmi hamda mulkchilikning ustuvor shakllariga ko'ra iqtisodiy tizimning bir qator modellari ajratiladi. Bular buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot, aralash iqtisodiyot, bozor iqtisodiyoti va ananaviy iqtisodiyot lardir. Buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotning belgilari mavjud: davlat mulki ustuvorligiga ega; iqtisodiy jarayonlar bir markazdan turib boshqariladi. Bozor iqtisodiyoti: xususiy mulk ustuvorligiga ega; iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi orqali tartibga solinadi. Aralash iqtisodiyot: mulkchilikning turli-tuman shakllari mavjud bo'ladi; iqtisodiy jarayonlar bozor mexanizmi bilan birga davlat tomnidan ham tartibga solinadi. Ananaviy iqtisodiyot: mulkchilik munosabatlarida merosxo'rlik voa sulolalarning mavqey hukmronlik qiladi; iqtisodiy jarayonlar urf-odatlar, udumlar, ananalar, ijtimoiy-diniy qoidalar yordamida tartibga solinadi; natural mayda tovar xo'jaligi xo'jalik yuritishning ustuvor shakli hisoblanadi.
3.Mulkchilikning mohiyat va mulkchilik shakllari
Mulkchilik munosabatlari – bu mulkga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf qilish hamda ishlab chiqarish natijalarini o'zlashtirish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir. Mulkga egalik qilish – mulkdorlik huquqining uning egasi qo'lida saqlanib turishini bildiradi. Mulkdan foydalanish – bu mol-mulkning iqtisodiy faoliyatida ishlatilishi yoki ijtimoiy hayotda qo'llanilishidir. Bundan daromad olish yoki shaxsiy ehtiyojni qondirish maqsadi ko'zda tutiladi. Mulkni tassarruf etish – bu mol-mulkning taqdirini mustaqil hal etishdir. Bu mulk obektlarini sotish, meros qoldirish, hadya qilish, ijaraga berish hamda kabi yo'llar bilan ro'y beradi. Mulkchilik shakllarining tasniflanilishi: "Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O'zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma xil shakllarda mulk tashkil etadi". Davlat mulki – bunda mulk egalik qilish va uni tasarruf etish davlat ixtiyorida bo'ladi. Davlat mulkidan foydalanish huquqi ko'pincha xo'jalik yurituvchi subektlarga beriladi.
Jamoa mulki – bunda ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o'zlashtirish jamoa - guruh harakteriga ega bo'ladi. Jamoa mulki turlari: kooperativlar mulki; ijara va jamoa korxonalari mulki; aktsionerlik jamiyatlari mulki; xo'jalik jamiyatlari va shirkatlari mulki; jamoat va diniy tashkilotlar mulkilaridir.
Shaxsiy mulk fuqarolar mulki bo'lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Shaxsiy mulk manbalari: ijtimoiy ishlab chiqarishdagi ishtirokidan oladigan daromadlari; o'z xo'jaligini yuritish xisobiga oladigan daromadlari; aksiyadan keladigan dividend; foizli daromadlar; shaxsiy tadbirkorlikdan olinadigan daromad; transfer to'lovlari xisobiga kelib tushadigan mablag'lardir.
Xususiy mulk ayrim tadbirkorlarga qarashli, yollanma mehnatga asoslangan va o'z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Bunda mulkga egalik qilish va uni tasarruf etish huquqi xususiy shaxslarga tegishli bo'ladi.

Xulosa
Mening xulosam shundan iboratki, Iqtisodiy tizim har qanday sohani o'rganayotgan hamma insonga kerakli bo'ladi va buni orqasidan ko'pchilik foyda topishi, bu bo'yicha o'rgangan barcha malumotlarni boshqalarga berishi va o'z bilim doirasini bu bilan yanada kengaytirishi mumkin. Biz iqtisodiy tizim orqali turli xil iqtisodiyotning turlarini o'rganamiz va uni tahlik qilish borasida bazibir masalalarni ko'rib chiqamiz. Mulkchilikga to'xtaladigan bo'lsak, biz qaysi mulkga egalik qilayotganimizni, qanday mulkga egalik qilishimiz va qaysi mulk turlari foyda va qaysilari zarar keltirishi mumkinligi haqida o'rganamiz.
Foydalangan adabiyotlar ro'yxati
1.O'zME. Birinchi jild, Toshkent 2000-yil
2. Maxmudov E.X. Korxona iqtisodiyoti: O'quv qo'llanma. - T: TDIU, 2004-2008-yil
3. Bozor iqtisodiyoti va biznes asoslari: O'quv qo'llanma /A.E. Eshmuhammedov T: TDIU, 2004-yil.
Download 11.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling