4. Ishlab chiqarish: resurslar, omillar, tendentsiyalar. Reja
Milliy mahsulotning tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Download 133.91 Kb.
|
4-мавзу
Milliy mahsulotning tuzilishi (shartli raqamlar misolida)
Jadvaldan ko‘rinadiki, yalpi ijtimoiy mahsulot 1515 birlikni, yalpi ichki mahsulot esa 585 birlikni tashkil etadi. Demak, mamlakat miqyosida takror hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun yalpi ichki mahsulotni hisoblashda sotib olingan xomashyo, yonilg‘i va materiallar qiymati hisobga olinmaydi, faqat qo‘shilgan qiymat hisobga olinadi. Ammo har bir korxona va tarmoq uchun sotilgan tovar mahsuloti faqatgina yalpi ichki mahsulotdan emas, balki jami yaratilgan ijtimoiy mahsulotdan iboratdir. SHuni ta’kidlash lozimki, yalpi ijtimoiy mahsulot tarkibida oraliq mahsulot hamda ayrim takroriy hisoblar mavjud bo‘lganligi sababli u ishlab chiqarish natijasiga to‘g‘ri baho bera olmaydi. Takroriy hisob – bu milliy mahsulot ishlab chiqarish jarayonining bir necha bosqichlardan o‘tishi natijasida ba’zi mahsulot (xomashyo, yoqilg‘i, material va h.k.)lar qiymatlarining takroran hisobga olinishi. Jadvaldagi misolimizdan ko‘rinadiki, paxta tolasi, yigirilgan ip, gazlamaning qiymatini tashkil etuvchi xomashyo, yoqilg‘i, material va boshqalarning ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qaytadan hisobga olinishi natijasida takroriy hisob 930 birlikni tashkil etgan. Milliy mahsulot qiymatini to‘g‘ri baholash, unda takroriy hisobga yo‘l qo‘ymaslik uchun oraliq va pirovard mahsulot tushunchalarini ham ajratib olish lozim. Oraliq mahsulot – bu tugallanmagan ishlab chiqarish, kelgusida yana qayta ishlov berilishi zarur bo‘lgan yoki qayta sotish uchun mo‘ljallangan tovar va xizmatlardir. Bizning misolimizda 140 birlik paxta xomashyosi, 285 birlik paxta tolasi va yigirilgan ip, 465 birlik to‘qilgan gazlama oraliq mahsulotlar bo‘lib hisoblanadi. CHunki ular tikuvchilik mahsuloti (ko‘ylak yoki kostyum) ishlab chiqarishning izchil jarayonida navbatdagi bosqichda qayta ishlov berishga muhtojdirlar. Aynan 625 birlik qiymatga ega tikuvchilik mahsuloti esa pirovard mahsulot hisoblanadi. Demak, pirovard mahsulot – bu ishlab chiqarishning barcha texnologik jarayonlaridan o‘tgan hamda bevosita so‘nggi iste’mol uchun mo‘ljallangan tayyor mahsulotdir. Bundan ko‘rinadiki, jamiyat a’zolarini ishlab chiqarishning umumiy natijasi emas, balki ko‘proq ishlab chiqarishning pirovard natijalari qiziqtiradi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi bo‘lib takroriy hisobni o‘z ichiga olmagan, jamiyat a’zolarining ehtiyojlarini yo bevosita, yoki bilvosita, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish orqali qondirishga mo‘ljallangan mahsulotlar hisoblanadi. SHunga ko‘ra, ko‘pincha ijtimoiy ishlab chiqarishning pirovard natijasi sifatida yalpi milliy mahsulot, yalpi ichki mahsulot, sof milliy mahsulot (milliy daromad) va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. YAratilgan mahsulotdan iste’mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi. Demak, sof mahsulot bevosita ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan menejerlar, ishchilar, dehqonlar va muxandislar, texnik xodimlar va boshqalarning yangidan sarf qilingan mehnati bilan yaratilgan zaruriy va qo‘shimcha mahsulotdan iboratdir. Zaruriy mahsulot deb ishchi va xizmatchilar ish vaqtining bir qismi bo‘lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratilgan, ishchi kuchini normal holatda saqlash va qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan mahsulotga aytiladi. Bunga kelgusi avlod ishchilarini etishtirish, ya’ni ishchilarning oilasi va bolalari uchun zarur bo‘lgan mahsulot ham kiradi. Sof mahsulotning zaruriy mahsulotdan ortiqcha qismi, ya’ni qo‘shimcha ish vaqtida xodimlarning qo‘shimcha mehnati bilan yaratilgan qismi qo‘shimcha mahsulot deyiladi. YAngidan yaratilgan sof mahsulotning tarkibini quyidagi 2.5-chizmada aniqroq tasvirlash mumkin. Har bir korxonada, tarmoqda qo‘shimcha mahsulot hajmini ko‘paytirish asosan uch yo‘l bilan – ishlovchilar sonini ko‘paytirish, ish kunini uzaytirish va ish kuni chegarasi o‘zgarmagan holda zaruriy ish vaqtini kamaytirish evaziga qo‘shimcha ish vaqtini ko‘paytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Download 133.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling