4-kurs 719-guruh 8-simestir Fan oqituvchisi Tuzuvchi: D. Suvonov


Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida


Download 392.21 Kb.
bet6/17
Sana30.04.2023
Hajmi392.21 Kb.
#1405565
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

Oʻtkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasi haqida

Inson tugʻiladi… Tugʻilibdiki, oʻz bilganidan qolmaydi. Dunyo ham atay qilgandek uni har koʻyga soladi. Gohida hayotdan toʻyib ketasiz. Koʻnglingizga qil ham sigʻmaydi. Xuddi shu chogʻda hammasiga qoʻl siltab allaqayerlargadir ketishni, bularning barchasini unutishni xohlaysiz. Lekin nimadir sizni bu ishlarni qilishdan toʻxtatib qolaveradi. Sizni bandi qilgan bu kishanlar xotiralar boʻladi. Ha, ha, bu sizning yoshligingiz oʻtgan oʻsha koʻchalar, oʻsha eski uy va qachonlardir sizni quvonch va sogʻinch aralash koʻz yoshlari ila kuzatib qoʻygan, sizni intiqlik bilan kutgan insonlardan qolgan soʻnggi yodgorlik, bir


uyum tuproq, xolos. Bulardan kechib qayoqqa ham borasiz. Axir siz bu yerga qachonlardir koʻnglingizni koʻmgansiz. Bas! Hech qayerga ketolmaysiz. Dunyoning ishlaridan qutulolmaysiz. Dunyo oʻzi shunday. Sizdan oldin ham shunday boʻlgan, sizdan keyin ham shundayligicha qoladi. Agar dunyo yaxshi boʻlganida edi, tugʻilganimizda yigʻlamas edik. Agar dunyo toza boʻlganida edi, oʻlganda yuvilmas edik.

Yana qaytasiz. Bir dam oʻtirib oʻyga choʻmasiz. Butun hayotingizni koʻz oʻngingizdan oʻtkazasiz. Inson naqadar ilojsizligini tushunasiz. Tushunasiz-u, yana hech nima qilolmaysiz. Oxir oqibat hammasiga koʻnasiz. Shuncha vaqt dunyo sizda yashar edi. Umringiz oxirlab borar ekan siz dunyoda yashayotganingizni his qilasiz. Inson kelaveradi, ketaveradi. Faqatgina dunyo abadiy, inson emas. Sizning oʻtgan turfa hayotingiz esa DUNYONING ISHLARI.


Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov 20-asr oʻzbek adabiyotida oʻz oʻrni va uslubiga ega boʻlgan adib. Uning asarlari oddiy va xalqchilligi bilan ajralib turadi. Dunyoning ishlari asari ham anashunday xalqchil asarlar sirasiga kiradi.

Oʻtkir Hoshimovning qirqdan ortiq asarlari nashr etilgan. Ushbu kitoblarning umumiy tiraji 2 million nusxadan oshiq. Yozuvchi asarlari koʻpgina xorijiy tillarga tarjima qilingan


Jonli va hayotiy tasvirlar, oʻzbekona yondashuv va xarakter, qahramonlar oʻrtasidagi suhbatlar mutolaa tasirini kuchaytiradi. Asar adibning bolalik davridagi voqealari asosida qurilgan. Sovet davridagi oddiy qishloq oilalaru, odamlar turmush tarzi adibning onasi bilan uygʻunlashtirib tasvirlangan. Oʻtkir Hoshimov shu kichik asarida ham dunyoning ishlarini mujassamlashtirgan.

Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmad qissani shunday tariflagan : "„Dunyoning ishlari“ asarini qissa emas, doston deb atashni istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. Shu mushfiq, shu jafokash onalarimiz oldidagi bir umr uzib boʻlmas qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz oldimizda koʻndalang turib oladi. Qissa bizni insofga, insonni qadrlashga, hurmat qilishga chaqiradi"


Togʻay Murod 1948


Togʻay Murod 1948 yili Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi Xoʻja Soat qishlogʻida tugʻildi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning jurnalistika fakultetida (1967–1971), Moskvadagi Adabiyot institutida (1985–1987) tahsil oldi. Respublika radiosida (1972–1975), “Oʻzbekiston fizkulturachisi” gazetasi (1976–1978), “Fan va turmush” jurnalida (1982–1984) xizmat qildi.
1976 yili Togʻay Murodning “Yulduzlar mangu yonadi” degan ilk qissasi “Sharq yulduzi” jurnalida chop etilgach, kitobxonlar ogʻziga tushdi. Shundan soʻng birin-ketin “Ot kishnagan oqshom” (1979), “Oydinda yurgan odamlar”(1980), “Momo Yer qoʻshigʻi” (1985) kabi oʻzbek milliy qissachiligining yangi namunalari dunyoga keldi. Ular yuksak baholanib, adib Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining Oybek nomidagi yillik mukofotiga sazovor boʻldi.
Adib 1986–1991 yillarda “Otamdan qolgan dalalar” romanini yaratdi. 1994 yili unga mazkur asari uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti berildi. “Otamdan qolgan dalalar” – ijtimoiy roman. U nafaqat adib ijodida, balki oʻtgan asrning 90-yillar adabiyotida katta voqea boʻldi. Unda mustabid tuzumning qattol siyosati, oʻzbek dehqonining ogʻir, mashaqqatli mehnati va nursiz hayoti real boʻyoqlarda ochib tashlangan.
Togʻay Murod mohir tarjimon sifatida J. Londonning “Boyning qizi” dramasi va bir nechta hikoyalarini (1974–1975), Ye. Seton-Tompsonning mashhur “Yovvoyi yoʻrgʻa” asarini tarjima qildi (1989).
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Togʻay Murodning “Otamdan qolgan dalalar” asari asosida ikki qismdan iborat badiiy film yaratildi.


Download 392.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling