4-kurs 719-guruh 8-simestir Fan oqituvchisi Tuzuvchi: D. Suvonov
"Yulduzlar mangu yonadi" asar haqida
Download 392.21 Kb.
|
Abdulla Qodiriy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adibning asarlarini darslikka kiritilishida ham hissangiz bor, deb eshitamiz. Sizni bunga nima majbur etdi. Qolavesa,”Yulduzlar mangu yonadi” bolalarga nima beradi
"Yulduzlar mangu yonadi" asar haqida
Tog'ay Murodning "Yulduzlar mangu yonadi" asari uning nomini mashhur qilgan ilk asari hisoblanadi. Ushbu qissa 1976 - yil yozilgan. Asarda kurash , kurashchi polvonlar , ular o'rtasidagi munosabatlar xalqimizning azaliy urf odatlari, to'y - hashamlari aks ettirilgan. Asar bosh qahramoni - Bo'ri polvon obrazi orqali haqiqiy er yigit qanday bo'lishi , or - nomus , vijdon , mardlik tuyg'ulari ulug'lanadi. Asarda Bo'ri polvonning samimiy muhabbati , bu muhabbatning do'sti Nasim tomonidan toptalishi ham aks etgan Ushbu qissada Bo'ri polvon tilidan " Farzandlar hayotga beparvo qaraydi. Musibat bilan xursandchilik farqiga bormaydi. Farzandlar o'zlari minayotgan mashinaga o'xshaydi! Odam kim, mashina kim bilib bo'lmay qolyapti " - kabi jumlalar orqali hozirgi zamon va yoshlar haqidagi fikr mulohaza, tashvishlari bayon qilinadi. Asarda Tog'ay Murodgagina xos bo'lgan o'ziga xoslik - shevalardan , xalq maqol va iboralaridan unumli foydalanishining guvohi bo'lasiz. Polvonlarning samimiy suhbati , or - nomus uchun kurashi juda jonli tasvirlangan. Bir umr kuragi yerga tegmagan polvon - Bo'ri polvonning ilk mag'lubiyati va undan so'nggi kechinmalari sizni befarq qoldirmaydi. Ushbu asarda yigit kishi uchun mardlik , or nomus , qadr qimmat naqadar yuqori qiymatga ega ekani , insoniylik, tuyg'ular sofligi, chin do'stlik kabilar ulug'lanadi. Asarda Nasim obrazi orqali sotqinlik, do'stiga xiyonat , birovning tuyg'ulari ustidan kulish, sevgisini toptash kabilar aks etgan. Ushbu mo'jazgina qissada juda katta masalalar ko'tarilgan. Asar milliy- urf odatlarimiz , an'analarimizga hurmat uyg'otadi, do'st tanlashda adashmaslik, inson doimo vijdoniga , qalbiga quloq solib yashashi kerakligi chiroyli tarzda ifodalanadi. – Adibning asarlarini darslikka kiritilishida ham hissangiz bor, deb eshitamiz. Sizni bunga nima majbur etdi. Qolavesa,”Yulduzlar mangu yonadi” bolalarga nima beradi? – Toʻgʻri. Togʻay Murod ijodida nafaqat oʻquvchilar, balki hamma oʻrganishi lozim boʻlgan yaxshi xislat, ibrat boʻladigan voqealar tasvirlariga keng oʻrin berilgan. Uning “Yulduzlar mangu yonadi” qissasi bolalarga oriyat, insoniylik, mardlik, insonlik shaʼni, yigitlik gʻururini himoya qilishni, oʻsha gʻururning chinakam bahosini bilishni singdiradi. Qissani boshlanishida yosh polvon Shukur kurashdagi raqibi Ermat bilan olishda yiqiladi. Asarning shu yerda ajoyib tasvir bor: “Shukurga alam qildi. Ermatga qoʻlini musht qilib koʻrsatdi. – Sen bilan yanagi toʻyda olishaman! – dedi. Ermat bakovul roʻparasida oʻtirishi bilan bir talay bola chopib kelib yoniga choʻkkaladi. Shukurga tarafkash bolalar bir-biriga soʻz bermay talashdi, bakovulga elandi: – Bova, Ermat polvon bilan meni olishtiring, u qalin oshnamni yiqitdi. – Yoʻq, Ermat polvon bilan men olishaman. Shukur xolamning uli! – Bova, Ermat polvonga meni chiqaring, Shukur bizning hamsoyamiz!” Koʻrinib turibdiki, ushbu qissa bolalarda oriyat toʻygʻusini shakllantiradi. Kishida oʻz yaqinlari, xalqi, millati orini olishni, vatanparvarlik tuygʻularini uygʻotishga xizmat qiladi. Men bizning xalqimiz kurash bilan shugʻullansin, kurashimiz xalqaro arenalarga chiqsin degan maqsadda emas balki yaqinlarimiz uchun javobgarlik hissini tuyishni oʻrganaylik deb shu toʻxtamga keldim. “Yulduzlar mangu yonadi” orqali bolalarimizda ana shunday hislarni shakllantirmoqchi boʻldim. Bu birinchi jihati. Download 392.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling