4-kurs 719-guruh 8-simestir Fan oqituvchisi Tuzuvchi: D. Suvonov


Download 392.21 Kb.
bet11/17
Sana30.04.2023
Hajmi392.21 Kb.
#1405565
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

«SHUM BOLA» ASARI HAQIDA

Xalqimizning «Tuyani shamol uchirsa, echkini osmonda ko‘r» degan maqolini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Bu degani «bir falokat ko‘pchilikning boshiga yog‘ilsa ham, u har kimga har xil ta’sir qiladi – «yo‘g‘on cho‘zilguncha, ingichka uziladi» de- ganidir. G‘afur G‘ulom tug‘ilgan oilaning taqdiri yodingizdami?
G‘afurjon to‘qqiz yoshida otasidan, o‘n beshga kirib-kirmay mehribon onasidan ajraladi. Ukalari va singillari bilan g‘irt yetim qoladi. Yana qanaqa paytda deng? Aytganimizdek, budunyoda urushning sovuq nafasi kezib yurgan, o‘lkamizda iq-tisodiy va ma’naviy tanazzul ayni chuqurlashgan yillarda. Bun- day paytda ota-onasiz qolgan bolalarning hayoti juda og‘ir
kechishini tasavvur qilsangiz kerak. Nima bilandir qorin to‘y- g‘azish, egniga kiyim-bosh topish oson ish emas. «Shum bola» qissasining bosh qahramoni ham shunday og‘ir kunlarda otasidan ayrilgan, qariyb siz tengi – o‘n to‘rt yoshli bolakay. Onasi bir etak bolani boqish uchun kun bo‘yi tinim nimaligini bilmaydi. Shum bola bo‘lsa, tengdoshlariga qo‘shilib erta tongdan to qorong‘i kechgacha ko‘chadan kirmaydi. U – yerga ursa ko‘kka sapchiydigan, bir joyda uzoqroq turib qolsa yuragi siqilib ketadigan, tinib-tinchimas bolalar xilidan. Kun- larning birida u onasini xafa qilib qo‘yganidan xijolat bo‘lib, qolaversa, biror oy mehnat qilib pul topib kelish ilinjida yo‘lga tushadi. Uning Toshkent atrofidagi qishloqlarda kechadigan sarguzashtlariga sarguzasht ulanib, yarim yildan ortiq davom etadi. Mana shu vaqt mobaynida Shum bola bir-biridan qiziq
voqealar ishtirokchisiga aylanadi. Pochchasi avaylab boqayotgan qimmatbaho qushlarga qatiq, suzma ichirib harom o‘ldirib qo‘- yadi, do‘sti Omonga qo‘shilib Sulton o‘g‘ri boshchiligidagi
kissavurlar bilan tunni o‘tkazadi, ko‘chmanchilar ovulida o‘lik Biroq, shunisi muhimki, G‘afur G‘ulom mana shu nursiz, qabohat va jaholatga to‘la muhitni yosh bola
nigohi orqali rang-barang mazmunga to‘la holda tasvirlaydi. Qissani o‘qir ekansiz, undagi hodisalarning qiziqligi, qahramonlar xarakteridagi yorqin jihatlar Sizni butunlay o‘ziga rom qilib oladi. Garchi, yuqorida aytganimizdek, bosh qahramon duch keladi- gan odamlarning ko‘pchiligi ochko‘z, xasis, nazari past kimsalar bo‘lsa-da, bizning Shum bola bunday kimsalarni bir ko‘rishda
taniydi, ularning chirkin muhitidan iloji boricha tezroq qutulish yo‘llarini qidiradi va albatta topadi! Mana shu paytlarda Shum bolaning naqadar topqir, ziyrak, ba’zan esa, yaxshi ma’noda shum bola ekaniga qayta-qayta amin bo‘lamiz. Qissadan o‘qigan parchamizda ham Shum bolaning Sariboy- day ezma, injiq, xasis kimsani boplab dodini berganiga guvoh bo‘ldik. Avvalo shuni aytish kerakki, Shum bolaning Sariboyni mot
qilish usuli Sharq xalqlari og‘zaki ijodi namunalarini – ertak- larni ijodiy qayta ishlash mahsuli hisoblanadi. Biron muhim voqeani aytish uchun uni bu voqeaga mutlaqo aloqasi yo‘q taf- silotlar orqali bayon qilish usuli, jumladan, «Uch yolg‘onda qirq yolg‘on» ertagida uchraydi. Sharq adabiyotining katta bilimdoni hisoblangan G‘afur G‘ulom o‘z Shum bolasini bu safar ayni shu usul bilan Sariboyning g‘azabidan omon olib chiqib ketadi. Guvohi bo‘lganimizdek, shu paytga qadar bu ezma va laqma boyga odam bolasi teng kela olgan emas. Uning qo‘lida umrbod xizmat qilib charchagan kishilarning dard-u alami ichida. Hech biri yurak yutib xo‘jayinga gap qaytara olmaydi. Gap qaytarish
qayda, umuman, bu odamga ro‘para kelishdan qo‘rqib yurishadi. Chunki, xoh yaxshi, xoh yomon gap bo‘lsin, Sariboy nuqul «xo‘sh, innaykeyin-chi» deb, Shum bola aytganidek, «odamni xit qilib yuboradi». Xo‘sh, nima qilish kerak? Bu yoqda olmalar pishib, tagiga to‘kilib, uvol bo‘lyapti. Xo‘- jayin ruxsatisiz terishsa ham bir balo, vaqtida terilmay qolib ketsa, yana bir balo. Har ikki holda ham bechora xizmatkorlar
aybdor bo‘lib qoladi. Shu muammoni yechib kelish Shum bolaning chekiga tushgan. Sezgan bo‘lsangiz, birovlarning dard-u tashvishi, olamda bo‘- layotgan ming turli ishlar Sariboyning yetti uxlab tushiga kir- masdi. U dunyoda faqat o‘zim bo‘lay deb yashaydiganlar xili- dan edi. Shu ahvolda Shum bola xo‘jayinning «innaykeyin»iga

Asqad Muxtor 1920


Asqad Muxtor — nosir, shoir, mohir tarjimon, O‘zbekiston xalq shoiri. 1973 yil “Chinor” romani uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Asqad Muxtor 1920 yil 23 dekabr kuni Farg‘onada temir yo‘lchilar oilasida dunyoga kelgan.
11 yoshida yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalanadi. 1938 yil maktabni tamomlagach, Asqad Muxtor O‘rta Osiyo davlat universitetatiga o‘qishga topshiradi. Keyinroq Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasi mudiri bo‘lib ishlaydi.
Asqad Muxtorning Toshkentga ko‘chib o‘tishi uning ijodida yangi sahifa ochilishiga sabab bo‘ldi. U respublikaning markaziy nashriyotlarida bo‘lim mudiri, mas’ul kotib lavozimlarida ishlagan: 1960-1965 yillar - “Sharq yulduzi” jurnali, 1969 yildan “Guliston” jurnali bosh muharriri.
1938 yildan asarlari nashr etila boshlagan.
Asqad Muxtor adabiyotga ishchilar sinfini olib kirgan: “Po‘lat quyuvchi” dostoni (1947), “Hamshaharlarim” she’riy to‘plami (1949), “Po‘lat shahri” ocherk va hikoyalar to‘plami (1950). “Opa-singillar” (1954) romani respublikada ishchilar sinfining shakllanishi, o‘zbek ayolining ma’nan uyg‘onishiga bag‘ishlangan. “Tug‘ilish” (1961) romanida esa yoshlarning yirik qurilishlardan biridagi ishtiroki haqida hikoya qilinadi. “Davr mening taqdirimda” (1964) - iqror-roman bo‘lib, unda yaratuvchi inson va kurashchi zamondosh timsoli gavdalanadi. “Qoraqalpoq qissasi” (1958) hamda “Mangulikka dahldor” dostonlarida (1969) Asqad Muxtor tarixiy-inqilobiy mavzularga yuzlanadi, qahramonlik fe’l-atvor shakllanishini ko‘rsatadi.
U bir qator adabiy-tanqidiy asarlar muallifi. A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, M.Gorkiy, V.V.Mayakovskiy, A.A.Blok, T.G.Shevchenko va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.
Asqad Muxtor 1997 yil 17 aprel kuni vafot etgan.


“Chinor” romani haqida
“Chinor” romani bo’yicha bilim ko’nikma hosil qilish.Asqad Muxtor romanlari ichida, ayniqsa, “Chinor” asar muallifgakatta shuhrat keltirgan. Bu asar o’ziga qadar yaratilgan o’zbek romanlaridan bir nechta jihatlari bilan ajralib turadi. “Chinor” romani haqida. Bu asar muallifga katta shuhrat keltirgan. Asarda bir-biri bilan bog‘lanmaydigan qator hikoyalar, rivoyatlar va qissalar aralash kelaveradi. Lekin romandagi barcha insoniy taqdirlar 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog‘lanadi. U asar markazida turuvchi obrazdir.
Romandagi mungli qissalardan biri “Qo‘rqoqlikning to‘lovi”dir. Unda qo‘rqoqni qahramon deb bilib, astoydil e’zozlayotgan odamlar tasviri berilgan. Asarda Akbarali holati quyidagicha tasvirlangan: “Yolg‘izlik esa unga hamisha yo‘ldosh. Ko‘pchilik orasida ham, onasi bilan yonma-yon o‘tirganda ham u yolg‘iz. Xayolida o‘sha o‘ylaridan boshqa hech narsa yo‘q. O‘sha voqealarni xayolidan kun-bakun o‘tkazib, o‘ziga najot izlaydi. Topolmaydi…”. Romandagi “Odam deb o‘lgan odam - tirik” gapi Ochil buva tomonidan, “O‘zini deb yashagan – o‘lik” gapi Akbarali tilidan aytilgan.
Asarning asosiy qahramonlari: Ochil buva ( u Akbaralini ovozidan tanib qoladi, uni “mo‘rt barg” deydi), Azimjon, Akbarali G‘oziyev (u o‘z dardini bufetchi Sonyaga aytib bergan, o‘z joniga qasd qilgan), Bektemir, Sharofat xola(Akbaralining onasi) va boshqalar.
Aytishimiz kerakki, bu “g’alatilik” faqat tashqi tomondan yuzaki qaragandagina shundaydir. Aslida, romanga jalb etilgan barcha katta-kichik insoniy taqdirlar asar markazida turuvchi obraz 93 yoshli Ochil bobo taqdiriga borib bog’lanadi. Mana shu ota qiziqarli va ibratli safar asnosida bobo peshanalaridagi ajinlar singari bir-biriga ulanib ketgan insoniy taqdirlar haqidagi goh shirin, goh achchiq hikoyalarga oshno tutunamiz. Adib qahramonlar taqdiriga behuda aralashish, ularni «to‘g‘ri yo‘lga solib yuborish»dan o‘zini tiyadi. Ortiqcha hayajon, chuchmal emotsionallik Asqad Muxtor uslubiga mutlaqo yot ekani «Chinor» romanida yaqqol o‘zini ko‘rsatgandi. Bu jihatdan, yozuvchi yoshligidan o‘qib-o‘rgangani rus va g‘arb adabiyoti tamoyillarini milliy adabiyotimiz maydonida ham dadil qo‘llashdan cho‘chimaganiga guvoh bo‘lamiz. Hozirgi paytda o‘zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinayotgan «shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarim Asqad Muxtor o‘tgan asming 60-yillaridayoq romanchiligimizga olib kirgani ham uning ijodiy tashabbuskorligi (novatorligi)dan yana bir nishonadir...
Endi, Ochil bobo — Chinor shajarasida unib qolgan ana shunday «mo‘rt bir barg» — Akbarali ismli konchi yigit taqdiridan hikoya qiluvchi mungli qissani birgalikda o‘qiylik-da, keyin suhbatimizni davom ettiraylik. “Chinor” romanidan parcha: Mehmonxona tez topildi: chiroqlar ko‘proq tomonga yurishgan edi, katta chorrahadan chiqishdi, undan sal narida ikki qavatli jo‘ngina mehmonxonaning viveskasi ko‘rinib turardi. Navbatchi, xushmuomalagina, uyqusiragan bir kampir, ularni yo‘lakning narigi boshidagi katta xonaga joylashtirib, choy damlash uchun objo‘shni qayerdan olishni ham ko‘rsatib qo‘ydi. Yaxshi uyqubop joy ekan. Bir qavatli derazadan uzoqdagi tog‘ daryosi Shodasoyning bir me’yorda shovullashi eshitilib turibdi.— Mana, — dedi o‘z ko‘nglini o‘zi ko‘tarib Ochil buva, — shukur, yetib keldik. Bemalol dam olaylik. Akbaralini bo‘lsa ertaga topib olamiz, hech qayoqqa ketmaydi. — U etigini yechib, odaticha karavotga chiqib chordana qurdi. Shunday bir o‘tirib soqolini tutamlab chapga buramasa nafas rostlaganday bo‘lmas edi. — Lekin muzey eshigini qoqqanimiz qiziq bo‘ldi, — dedi u yana, — shahar juda ham o‘zgarib ketibdi-da?. Charchagan Azimjon yelkasini qisdi. U qo‘l yuvgach, qiyig‘ini stolga yozib, non sindirdi, xuqunni yoniga tortib kovlashtira boshladi. Ochil buva nafas rostlagach, tunuka choynakni olib, choy damlagani chiqdi. «Kubovaya» deb yozilgan xonani ochsa, hammomdagic' 'k issiq hovur gup etib yuziga urdi, burchakda katta bak sharaqlab qaynab yotar edi. Ochil buva choyni achchiqqina qilib damlab, orqasiga qarasa, bir odam qaynoq suv olmoqchi bo‘lib piyola tutib turibdi.
Kompozitsiya (lat. Compositio - tarkib, qurilish, tuzilish) deganda, tasvirlanayotgan birliklarning va nutq vositalarining badiiy asar matnidagi o’zaro bog’liqligi va joylashish (o’rinlishish) tartibi tushuniladi. U o’zida personajlar (sistemasi)ni joylashtirishni, syujet epizod (gr. epesodion-begona, aloqasiz)larini taqqoslashni, voqea haqidagi tartibli xabarni tasvirlash usullarining o’zgarishini, tasvirlanayotgan detallar va ifoda-tasvir vositalarining muvofiqligini, asarning qism, bob, bo’lim, band, parda, ko’rinish va sh.k. bo’linishini jamg’aradi.
Darvoqye, “kompozitsiya-badiiy asarni tashkil etuvchi va intizomga bo’ysindiruvchi kuch. Uning vazifasi biron bir narsaning chetga chiqib ketishiga yo’l qo’ymaslik, ayni chog’da, uning birbutunlikka birikishini nazorat qilishdir... Uning maqsadi barcha bo’laklar (parchalar)ni shunday joylashtirishki, ular alal-oqibat asar g’oyasini to’liq ifodalashga qodir bo’lsinlar”1.
Bu fikrlardan ko’rinadiki, asar g’oyasini ochishga xizmat qilmaydigan bironta obraz, bironta ko’rinish, bironta hatti-harakat, bironta so’z bo’lmasligini badiiy kompozitsiya nazorat qiladi va shu xislati bilan go’zallikda yagona bo’lgan olamni – badiiy asarni yuzaga kelishiga sababkor bo’ladi.
hamma asarlarda ham bo’lishi shart emas.

Zulfiya Isroilova (1915 - 1996)


Zulfiya Isroilova — taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan - mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavar kurashgan ayol. Zulfiya she’riyatining nufuzi — bizning dabdabali murakkab davrimizning haqqoniy ifodasi, o‘ziga xosligi, zamondoshlarimizning qalbi va harakatlarining yorqin tasviridadir.
Zulfiya (1915 - 1996) hunarmand-degrezchi oilasida Toshkentda tug‘ilgan. Shunga qaramay, ota-onasi yuqori madaniyatli odamlar bo‘lishgan.
“Onam ohista va xotiramda saqlanishicha, ma’yus bo‘lganlar. Lekin ularda qullik horg‘inligi bo‘lmagan... Ular qanchadan-qancha qo‘shiq va afsonalar bilganlar, ularni mohirona aytib, kuylab bera olganlar, biz-farzandlarini sehrli ertaklar bilan qiziqtira olganlar, - eslaydi Zulfiya, onasini xotirlar ekan. - Mo‘’jizalarga sabab bo‘luvchi, dunyoni fosh qiluvchi, insoniyatni ajoyibotlar sari yetaklovchi “so‘z”ga bo‘lgan mehrni oddiygina ayol - onam uyg‘otganlar...”.
Tabiiyki, onamlar farzandlari o‘qimishli, madaniyatli insonlar bo‘lishini istaganlar. Ularning orzusi ro‘yobga chiqdi ham. Zulfiya o‘rta maktabni va ayollar pedagogika bilim yurtini tamomlab, respublika gazeta va oynomalari nashriyotida ish faoliyatini boshladi, she’riyatga qiziqib qoldi va she’rlar yoza boshladi. Uning ilk she’rlari “Yangi yo‘l” oynomasi va “Qizil O‘zbekiston” hamda “Yosh leninchi” gazetalarida chop etila boshlagan.
1932 yil 17 yoshni qarshi olganida, uning “Hayot sahifalari” nomli ilk she’riy to‘plami omma yuzini ko‘rdi. Bular — yoshlar, do‘stlik, inson qalbining go‘zalligi haqidagi she’rlar edi. So‘ngra, she’rlari, dostonlari va hikoyalari e’tirof qilinib, turli nashrlarda alohida kitoblar ko‘rinishida chop etila boshladi.
1938 yildan u turli yirik nashriyotlarda ishlaydi, respublika va respublikalar aro har xil tashkilotlar a’zosiga aylanadi.
Mashaqqatli urush yillari Zulfiyaning iqtidori butunlay ravnaq topadi va o‘ta yorqin tus oladi: uning she’rlarida vatanparvarning serg‘ayrat ovozi jaranglaydi, Vatani mustaqilligi uchun qo‘liga qurol olib kurashayotganlarga, har kunlik chuqur kurash ortida mashaqqatli mehnati ila frontni barcha kerakli narsalar bilan ta’minlayotganlarga nisbatan lirik iliqligi seziladi. “Uni Farhod derdilar” she’rida isyonkor fashistlarga nisbatan nafrat, g‘alabaga ishonch ifodalangan. G‘animga qarshi kurashga chorlov askar-o‘g‘il haqidagi ona qo‘shig‘i, xotini va onasini sog‘ingan jasur frontchi, paxlavon eri uchun qayg‘urayotgan ayolning qayg‘uli xavotiri bilan bog‘lanadi.
Vataniga, ona yeriga bo‘lgan muhabbati - vatanparvarlikning oliy tuyg‘usi bo‘lib, harbiy janglarning saodatli yakuniga ishonch bilan birlashadi - bu shunchaki, Zulfiyaning shoirona qalbiga xos o‘ylargina emas, balki o‘zbek xalqining tabiatiga xos milliy fe’l-atvor qirralari bo‘lib, shoiraning she’rlarida yorqin ifodalanadi.
Shoira Vatanidan tashqaridagi baxtni tan olmaydi, xatto u yer yaxshiroq bo‘lsa ham: “Axir, baxt ona diyoridagina tirikdir”.
Urush yillaridagi she’rlari yuqori badiiy mahorat, yorqin she’riy timsollar va ohanglar ila qayd etilgan, folklor usullar va xalqona nutq o‘zgarishi, odmi adabiy lug‘at bilan mujassamligi seziladi. Qoidaga ko‘ra, nasriy qahramon front hodisalari, xalqning urushdagi hayoti va undagi jangchilarga nisbatan kutilmagan noodatiy yorqin va aniq munosabatini bildiradi.
Urush nihoyasiga yetdi, g‘alabani qarshi olishdi, g‘oliblar zavq ila kutib olindi va urushdan qaytmaganlarga ko‘z yosh to’kildi, tinchlik osmoni shoira qalbini egallaydi. Zulfiyaning urush yillaridan keyingi she’rlari yangi falsafiy mazmun bilan to‘yingan; unda urushdan yaralangan haqiqat tasviri kengroq ko‘lamda ifodalanib, xalqning g‘ayratli mehnati kutilmagan ravnaq ila yakun topishi bilan farqlanadi. Uning she’riyatida mehnat mavzusi ustunroq o‘rin egallaydi. U mamlakat saodati uchun o‘z kuchini sarflayotgan paxtachilarni va ishchilarni, muhandis va olimlarni tarannum etadi. Zulfiya odamlarni, ularning baxtini butun O‘zbekiston mamlakatidan ajratmaydi.
Zulfiya ijodida o‘zbek ayolining taqdiri muhim o‘rin egallaydi, uning mamlakat hayotidagi faol o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Zulfiya uzoq o‘tmishda ayol o‘rni uy-ro‘zg‘or yumushlari doirasida bo‘lganligini, uyda ham bek, ham hukmdor bo‘lgan eriga itoatli cho‘ri bo‘lib, bosh egishi lozim bo‘lganligini yashirmaydi.
Zulfiya she’riyati tabiatga hamda uning ajralmas qismi va yuqori cho‘qqisi bo‘lmish odamzotga nisbatan hayajonli sevgi bilan burkangan. Uning she’rlarida tabiat och ranglarda, yorqin bo‘yoq va timsollarda gavdalanadi.
Zulfiyaning olijanoblik, jasorat, haqqoniy xalq g‘ururi, tabiat va insonga nisbatan samimiy tuyg‘ular va hurmat, boy ranglar va kutilmagan yangi timsollar bilan bajarilgan lirikasi, kitobxon qalbini larzaga keltiradi, insoniyatning kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.
Iqtidorli shoira va yozuvchi, inson qalb tug‘yonlarini o‘tkir bilimdoni bo‘lib, turli janrlarda asarlar yaratgan: dostonlar, balladalar, elegiyalar, nasriy she’rlar, hikoyalar, ocherklar, publististik maqolalar va gazeta xabarlari. Uning ko‘p she’rlari SSSR xalqlari tinchligi va do‘stligi sari kurashga bag‘ishlangan edi. Urush yillari u vatanparvarlik she’rlarini yozgan. U tomonidan, shuningdek, o‘zbek bastakorlarining operalariga librettolar ham yozilgan, masalan, “Zaynab va Omon” operasiga libretto. Shu bilan birga, turmush o‘rtog‘i Hamid Olimjon qalamiga mansub “Semurg‘” dostoni mavzusi asosida, ertak-sahna asarini ham yozgan.
Shoiraning eng mashhur she’rlari: “Xulkar” (1947), “Men tongni kuylayman” (1950), “Yuragimga yaqin kishilar” (1958), “Yurak yo‘lda” (1966), “Mening bahorim” (1967), “Sharshara” (1969) kabilardir.
Zulfiyaning ayrim she’rlari rus tiliga tarjima qilingan. Masalan, “Men tongni kuylayman” (1950) (“Ya poyu zaryu”), rus tiliga 1951 yil tarjima qilingan.
1984 yil “Jamiyat mehnat qahramoni” unvoniga sazovor bo‘lgan. SSSR davlat mukofoti laureatiga aylangan.
2004 yil O‘zbekistonda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etilib, adabiyot, san’at, ilm-fan, madaniyat va ta’lim sohalaridagi muvaffaqiyatga erishgan, yoshi 14 dan 22 yoshgacha bo‘lgan qizlarga har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni taqdim etiladi. Bugungi kunga kelib, Zulfiya mukofoti laureatlari 98 kishini tashkil qiladi.
Zulfiyaning butun she’riy ijodi — O‘zbekiston diyorining ilhom madhiyasi, inson mehnati madhiyasi, sevgi va yerdagi adolat uchun madhiyasidir.
Zulfiyaning qoyilmaqom ijod mehnatiga ko‘p yillar bo‘ldi, respublika hayoti va uning xalqi taqdirida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, lekin “sevgining alangali kuchi bugun ham o‘quvchining qalbini isitadi, yuragini va ongini hayajonlantiradi”.


Download 392.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling