4-kurs 719-guruh 8-simestir Fan oqituvchisi Tuzuvchi: D. Suvonov


O‘tmishdan ertaklar“ qisasi haqida


Download 392.21 Kb.
bet17/17
Sana30.04.2023
Hajmi392.21 Kb.
#1405565
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Abdulla Qodiriy

O‘tmishdan ertaklar“ qisasi haqida
"O‘tmishdan ertaklar" - o‘zbek adabiyotining zabardast vakili bo‘lgan Abdulla Qahhor ijodiy merosida muhim o‘rin tutadi. Bu asar nafaqat yozuvchining bolaligidan hikoya qiladi, balki o‘tgan asr boshlarida millat bolalarining mashaqqatli hayoti xususida so‘z yuritadi. Nafaqat bolalar, katta avlodning savodsizligi, davr fojialari jonli va ochiq-oydin tasvirlanadi. 
To‘plamning ikkinchi qismi bo‘lgan hikoyalar ham o‘zbek adabiyotining maʼnaviy boyligidir. Yozuvchining ilk hikoyalar to‘plami 1932 yilda chop etilgan. Bugungacha bo‘lgan davr mobaynida o‘zbek adabiyotida, jumladan, hikoyanavislikda juda ko‘p asarlar yaratildi. Sara hikoyalar, deya eʼtirof etilgan bir qancha ijod namunalari o‘quvchilar hukmiga havola etildi. Ammo Abdulla Qahhor hikoyalari yillar chig‘irig‘ini pisand etmay, hamon sevib o‘qiladi.
Adib qahramonlari o‘quvchi uchun qadrdon va ardoqli. Mutolaadan keyingi tanaffusda Unsin uchun qayg‘uramiz, Turobjonning xotiniga anor ilamiz, Qobil boboga taskin bergimiz keladi, ming bir jonli Mastura va uning vafodor eri Akromjonga havas qilamiz. Sodda va kamtar insonlar sizni suhbatga chorlaydi. Beixtiyor yana mutolaaga o‘tirasiz.
Abdulla Qahhor asarlarida ana shunday ohanrabo bor...

“O‘tmishdan ertaklar“ yozuvchi ijodining o‘ziga xos yakuni, so‘nggi cho‘qqisi bo‘ldi. “O‘tmishdan ertaklar” muallifning bolalikda ko‘rgan-kechirganlari haqidagi avtobiogragik asar, biroq o‘zbek adabiyotidagi mavjud avtobiografik asarlardan.Bu asar Oybekning “Bolalik” qissasidan keskin farq qiladi. Bola obrazi Oybek qissasida birinchi o‘rinda tursa, “O‘tmishdan ertaklar”da bola Abdulla obrazi orqa o‘rinda turadi, u asosan “kuzatuvchi”, “guvoh”, “xolis hikoyachi” tarzida beriladi; yozuvchining asosiy diqqat-e’tibori bola guvohligida oilada, oila tevaragida yuz bergan voqealarni chizishga qaratilgan. Qissada yozuvchi hikoyanavisligicha qoladi, oxirgi “Qo‘qon xarobalari orasida ” bobini mustasno etganda , qissaning sarlavhalangan deyarli har bir bobi tugal hikoyadir, fojeali ruhdagi voqeiy novellalardir. Qissada inson sha’ni, qadri bilan bog‘liq alamli o‘y-tuyg‘ular, jaholatga qarshi isyon bu qissada adibning so‘nggi faryodi kabi yangradi.
Download 392.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling