4-Labaratoriya ish. Mavzu: Parmalash dastgohlarida bajariladigan ishlar
Download 56.74 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZARIY QISM
- Gorizontal parmalash dastgohlarida bajariladigan ishlar
- Hisobot tartibi.
4-Labaratoriya ish. Mavzu: Parmalash dastgohlarida bajariladigan ishlarIshdan maqsad. 2A150 modelli parmalash dastgohining ishlash tamoyilini, hamda unda bajariladiganishlarni o’rganish. Ishni bajarish uchun zaruriy asbob-uskuna va materiallar.1. 2A150 modelli parmalash dastgohi 2. Parma . 3. zagatovka. 4.Shtangaserkul. NAZARIY QISM Yaxlit materialda ochiq va yo’iq tsilindrik teshiklar hosil qilish uchun ‘arma deb ataladigan kesuvchi asbobdan foydalaniladi. ‘arma yordamida teshik hosil qilish texnologik jarayonni ‘armalash deb ataladi. Mavjud teshikning diametrini parma yordamida kattalashtirish jarayonni parmalab kengaytirish deyiladi. parmadan tashqari teshikni diametrini kattalashtirish va yuza aniqligini oshirish maqsadida zenker va razvyortkalar qo’llaniladi. parmalash dastgohlarini konstruktsiyasiga ko’ra – bir shpindelli va ko’p shpindellilarga; shpindellarining o’rnatilishiga ko’ra – vertikal, gorizontal; bajaradigan ish xarakteriga ko’ra – agregat va radial; mexanizatsiyalashtirilganlik darajasiga ko’ra – dastaki, yarim avtomat va avtomat dastgohlarga ajratiladi. M ashinasozlikda ko’p qo’llaniladigan universal bir shpindelli vertikal parmalash dastgohini umumiy ko’rinishi 4.1 – rasmda tasvirlangan. parmalash mumkin bo’lgan eng katta teshik diametri (35mm). Dastgoh ishlab chiqarishni donalab va mayda seriyalab, mexanik tahmirlash va metall kesuvchi asboblar tayyorlash tsehlarida uncha katta va og’ir bo’lmagan zagatovkalarni ishlashga mo’ljallangan bu dastgoh quydagi asosiy mexanizm va uzellardan iborat : 4.1 – rasm. 2A150 modelli ‘armalash dastgohining ko’rinishi. 1– poydevor plita;2 – stanina; 3 –tezliklar qutisi;4 – elektr dvigatel;5 – shpindel;6 – surish qutisi; 7 – stol. Parmalashda ikkita harakat, yahni asosiy harakat – ‘armaning yoki detalning o’z o’qi atrofida qiladigan aylanma harakati va surilish harakati – ‘armaning o’z o’qi bo’ylab ilgarilanma harakati sodir bo’ladi. Zagotovka parmalash dastgohining stoliga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan bo’lsa, kesish jarayoni amalga oshirish uchun parma o’z o’qi atrofida aylanma harakatga keltiriladi va o’qi yo’nalishida suriladi. Zagatovkani dastgoh stoliga o’rnatishda esa maxsus moslamalardan (patron, tiski, konduktor va boshqalar) foydalaniladi. Tokarlik, revol’ver va tokarlik avtomatlarida zagotovkalarga teshiklar ochishda zagotovka aylanma harakatga keltiriladi, ‘arma esa o’z o’qi atrofida ilgarilanma harakatlantiriladi. 4.2 – rasm.Gorizontal ‘armalash dastgohining kurinishi: 1 – stanina;2– old stoyka; 3 – shtindel babkasi;4– dvigatel;5 – sh’iidel;6– ‘la’shayba; 7 – lyunet;8– keti’gi babka;9– stol. Gorizontal parmalash dastgohlarida bajariladigan ishlar: a – borshtang yordamida teshik kengaytirish; b– ‘armalash (zenkerlash, razvyortkalash); v–torets freza bilan vertikal yuzalarni ishlash; g – frezalar to’’lami bilan ishlash; d – ‘lanshaybadagi su’’ort yordamida keskich bilan torets yuzalarini ishlash; ye– keskich bilan rezba qirqish. Zenkerlash zagotovkada oldin parmalangan yoki quyish vaqtida, shtam’lashda yoki boshqa usullar bilan hosil qilingan teshikning diametrini zenker yordamida kengaytirish jarayonidan iborat. Zenkerlash yo’li bilan to’g’ri geometrik shakli va yuzasi toza teshiklar hosil qilinadi. parmalashda zenkerlash uchun teshikning har tomonidan 0,5-3 mm qo’yim qoldiriladi. Zenkerlar, konstruktsiyalariga ko’ra, konussimon teshiklarni ishlash uchun va tsilindrik teshiklarni ishlash uchun qo’llaniladi, ular vint hamda boltlarning kallaklari uchun qilingan o’yiqlarga, bobishka va gu’chaklarning torets yuzalariga ishlov berish uchun ishlatiladi. Teshiklar razvyortkalashdan oldin chala tozalab zenkerlanadi yoki teshik yuzasining talab etiladigan aniqligi va tozaligiga qarab, teshik uzil-kesil zenkerlanadi. Hisobot tartibi. 1. 2h135 parmalash dasgohini knematik sxemasini chizib, asosiy qismlarini ko’rsating. 2. ishni bajarish tartibini yozing. Nazorat savollari: Parmalash dasdgohida bajariladigan ishlar ? Parmalash jarayoning o’ziga xosligi nimada ? Parmalash jarayonida zagatovkani qayerga o’rnatiladi ? Download 56.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling