4-Labaratoriya Mavzu: Faol va nofaol teri sezgisida shaklni idrok etish


Download 14.57 Kb.
Sana11.03.2023
Hajmi14.57 Kb.
#1261509
Bog'liq
4-lab


4-Labaratoriya
Mavzu:Faol va nofaol teri sezgisida shaklni idrok etish
Topshiriq quyidagi tartibda bajariladi. Sinaluvchilarga bir qo`lini eksperimentator tomonga uzatib yuzini o`girib turish taklif qilinadi. Shundan keyin:
a) sinaluvchi panjalari orqasiga;
b) snaluvchi panjalari yostiqchalariga;
v) sinaluvchining kafti orqasiga.
Kalit, o`chirg`ich kabi buyumlar qo`yiladi. Bunday ish bajarilayotgan vaqtda har doim sinaluvchilarga bir xil: “Buyum haqida nimalar ayta olasiz?” degan savollar beriladi. Buyumning qaerga qo`yilgani va sinaluvchilarning javoblarini tajribada ishtirok etayotgan barcha studentlar har gal o`z daftariga yozib boradilar. So`ngra, studentga o`tkazilgan tajribalar asosida sinaluvchilarda hosil bo`lgan alohida-alohida va bir-biridan ajratilgan holdagi (“qandaydir yengil”, “yumshoq”, “sovuq temir” kabi) sezgilar asosidanarsaning o`zini bilish qiyin ekanligini analiz qilib, tushuntiriladi.
Sinaluvchilarga predmetni pagjalari bilan paypaslab ko`rish taklif etiladi. Bunda sinaluvchilarga yuqoridagi uch tajribada berilgan savollardan foydalanish ham mumkin. Sinaluvchilarning aksarisi vazifani bajarishda aniq javolar aytadilar. Har bir buyum kompleks qitiqlovchi bo`lib hisoblanadi. Uni idrok qilinayotda faqat teri sezgilari ishtirok etib qolmay, kinostetik analizatorlar ham qatnashdilar.
2-topshiriq
Sezgirliklarninig rivojlanishida mashqlarning roli
Kishilar istalgan modallikdagi sezgirlikda rivojlantirish uchun sezgirlikning u yoki bu turiga tayandigan. Bunday sezgirlikni rivojlantirish uchun esa, uzluksiz ravishda maq kilish talab etiladi.
SHu maqsadda studentlarga quyidagilarni ko`zda tutgan topshiriqlarni berish zarurdir:
a) sensor vazifani mashqlar asosida takror va takror bajarishining vaqtiga nisbatan taqsimlanishi (bir hafta davomida) zarur:
b) bunday mashqlarni dars mashg`ulotlaridan tashqari vaqtlarda o`tkazilsa, sensor sezgi qo`ygan vazifaning qanchalik rivojlanib,borayotganligi darajasi aniq bilinadi.
v)bunda tajribalarni haddan tashqari cho`zib yubormaslik yoxud studentning ixtiyoridagi vaqtini hisobga olgan holda ish ko`rish kerak bo`ladi.
Shuning uchun ham ko`z bilan o`lchash qobiliyatini o`stiriladigan mashqlardanfoydalanish zarur. Buning uchun esa:
Studentlarga oq qog`oz betiga uzunligi 18 sm lik uchta gorizontal chiziq chizishni taklif qilinadi. Chiziqlar cho`zilib bo`lgach , studentlar har uchala chiziqni ko`z bilan chamalab teng ikkiga bo`ladilar. Hosil bo`lgan bo`laklarni lineyka yordamida o`lchab, ularning bir-birlariga teng yoki teng emasliklarini aniqlaydilar. Ulardagi og`ishni millimetrlpr bilan hisoblab chiqadilar. Xar uchala chiziqda o`rtacha qanchalik xatoga yo`l qo`yilganini bilish uchun o`lchov farqlarinijamlanadiva uchga taksimlanadi.
Demak, qanchalik og`ishga yo`l qo`yilganligini aniqlanib shu asosda :
a) og`ishdagi variativlikni ko`z bilan o`lchashning rivojlanishidagi individual farq ekanligi ko`rsatiladi;
b) ko`z bilan o`lchash qobiliyati past bo`lgan studentlar ajratib olinadi.
3. Shunday studentlardan uch kishini ajratib olib ularga besh kun davomida chiziqni ko`z bilan chamalab bo`lio` mashqini o`n martadan takrorlash topshiriladi. Bunday tajribalar o`tkazib bo`lingach, studentlar yana bir marta sinab ko`riladi va o`rtacha og`ish darajasi aniqlanadi.
4. Mazkur studentlarga navbatdagi mashg`ulotlardan avval o`zlari ilgari o`tkazgan tajribalarning yakunlari to`g`risida so`zlab berish taklif qilinadi.
Download 14.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling