4– laboratoriya ishi elektrovozlarning elektr qismlari hamda elektr sxemasini o’rganish Ishning maqsadi
Download 0.82 Mb.
|
4 lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qisqacha nazariy ma’lumot
4– LABORATORIYA ISHI Elektrovozlarning elektr qismlari hamda elektr sxemasini o’rganish 1. Ishning maqsadi Ushbu ishdan maqsad kon elektrovozlarining elektr qismi, alohida qismlarining ishi va elektr zanjirining ishlash uslubini o‘rganishdir. Elektrovoz dvigatelini ishga tushirish va elektr-mexanik tavsifidan foydalanish uslubi ham o‘rganiladi. 2. Qisqacha nazariy ma’lumot Elektrovozning elektr sxemasi deb, energiya manbai, tortuvchi dvigatellari va elektrovozni boshqarish uchun zarur bo‘lgan barcha elektr apparatlarini o’zaro ulanishiga aytiladi. Elektrovozda o‘rnatilgan tortuvchi elektr apparatlar asosan tortuvchi dvigatelni boshqarish uchun xizmat qiladi. Boshqaruv elektrovozi va dumpkarlarga o'rnatilgan DT-9N elektr dvigateli to’rt polyusli, qo’shimcha polyuslaridan tashqari kompensatsion cho’lg’amlarga ega. Polyus cho’lg’amlari izolyatsiyasi F sinfiga, yakor va kompensatsion cho’lga’mlarniki-B sinfiga mansub, elektr dvigatel massasi 4600 kg, sovituvchi havo sarfi 95 m3/daq. Boshqarish elektrovozida BVP 5A tez ta’sir etuvchi o’chirgich, guruhli elektr tokning yo’nalishini o’zgartirgich (pereklyuchatel), pnevmatik va elektrmagnitli kontaktorlar, mashinist kontrolleri va boshqa apparatlar o’rnatilgan. KME- 5D masinist kontrollerining reversiv tutqichi (rukoyatka) beshta va “0” pozitsiyasi, shuningdek tortish va tormozlash rejimlarida “olg’a” va “orqaga” pozitsiyalariga ega. Asosiy tutqich 37-ta pozitsiyaga ega, va ularning 25 va 36-chisi reostatsiz. Elektr appaparaturalarning barchasi elektrovoz kuzovida joylashgan. Tortish agregati boshqarish elektrovozidan turib boshqariladi. Tortish agregatining elektr sxemasi, zarur xollarda, boshqarish lokomotivni mustaqil ravishda yoki bitta motorli dumpkar bilan birgalikda ishlashga imkon beradi. Boshqarish elektrovozida ikkita motorli kompressorlar (TL110 elektr dvigateli va KT6 kompressori) va motor-generator (2GV), tortish agregatida DT-51 (1270 V, 36 kV, 35 A, 1270 ayl/daq) elektr dvigatellari bilan ishlaydigan jami oltita tortish elektr motorini sovutish ventilyatorlari va ETV-20M2 (13,7 kVt, 200 V, 80 A, 2950 ayl/daq) elektrodvigatel tomonidan boshqariladigan ishga tushirish-tormozlash rezistorlarini sovutuvchi oltita ventilyatorlar mavjud. Ishlamayotgan generator mobaynida boshqarish va yoritish zanjirlarini tok bilan ta’minlash uchun 3-ta akkumulyatorlar batareyasi xizmat qiladi. Tortish agregatida qo’llaniladigan reostatli elektr tormozlash tortish agregati va VS-100 tipli o’nta (oltita) dumpkarlardan iborat yuksiz poyezdni 40 ‰ (60‰) nishablikda pastlikga qarab 30 km/s tezlikda harakatlanishga mo’ljallangan. Agregatning konstruktsion tezligi 65 km/s, 10 km/s tezlik mobaynida burilish uchastkalaridagi minimal o’tish radiusi – 80m. Tortish agregatining tirkalgan xoldagi massasi, boshqarish elektrovozdagi qum zahirasi 2/3 mobaynida 368±11 t, uning 120±3,6 t elektrovozga va 2(124±3,7) t ikkita yuklangan dumpkarga (yuk ko’tarish qobiliyati 45 t) to’g’ri keladi. PE2U indeksi takomillashtirilgan degan ma’noni anglatadi (1985 y.). PE2M dan farqi: 15 daqiqali va soatlik rejimlarda quvvati va kuchi birmuncha oshirilgan. Tortish agregatida NB-511 elektr dvigateli o’rnatilgan. Tortuvchi dvigatelning hususiyati uning yakor o‘ramlaridagi tok bilan boshqa qiymatlari o‘rtasidagi bog’lanish, ya’ni elektromexanik tavsifidan aniqlanadi. Bu bog’lanishlar dvigatelning ish rejimi (aylanish tezligi, momenti va FIK) ni tasvirlaydi. Har bir tortuvchi dvigatel o‘zining shahsiy guvohnomasi (pasportidagi) quvvati, kuchlanishi va aylanish tezligi bilan tavsiflanadi. Tortuvchi dvigatelning quvvati ma’lum vaqt rejimida, ko‘pincha soatli yoki uzoq ishlash rejimida keltiriladi. Uzoq ishlash rejimidagi tok qiymatining soatli tok qiymatiga nisbati har hil tortuvchi dvigatellar uchun har xil bo‘ladi va ular sovish sharoitlariga bog’liq. Bu nisbat yopiq (ventilyatorlari yo‘q) kon elektrovozlari uchun 0,4 ga teng, ya’ni: (1) Bundan kelib chiqadiki, uzoq ishlash rejimidagi tok qiymati berilmagan holda, uning qiymatini quyidagi nisbat orqali aniqlash mumkin: Ishga tushirish reostatlari. Reostatlar dvigatelni ishga tushirishda uning tok miqdorini cheklashga xizmat qiladi. Ular odatda alohida qarshiliklardan yig’ilgan blokdan iborat. Ishga tushirish qarshiliklari, kon elektrovoz ramasining ichiga mashinist xonasining maxsus bo‘limiga joylashtiriladi. Tok qabul qilgich - elektrovozni uzluksiz kontakt simi bilan ulab turuvchi qurilma. Tok qabul qilgichlar ikki sinfga bo‘linadi: 1. Kontaktli simda yumalanuvchi (rolikli tok qabul qilgich yoki pantograflar); 2. Kontaktli simda sirpanuvchi (yoysimon tok qabul qilgich yoki pantograflar). Rolikli tok qabul qilgichlarda tok rolikdan kontrollerga qisqichli tirak (bashmak) ka ulangan egiluvchan kabel orqali o‘tib, keyin dvigatelni boshqaruvchi zanjirga o‘tadi; sirpanuvchi tok qabul qilgichda tok, po‘lat ramasiga mahkamlangan yoy (yoki bugel) orqali o‘tadi. Kontaktli sim va tok qabul qilgich orasida uchqun chiqishni kamaytirish uchun, tok qabul qilgichlar, kontaktli simni moylab turuvchi qattiq to‘rt qirrali moylash moslamasi bilan ta’minlanadi. Uchqun chiqishni kamaytirishda yana ham ahamiyatlisi, tok qabul qilgichlarni ikki yoki undan ko‘p yoyligini qo‘llashdir, bu shuningdek tok o‘tuvchi yuzani oshiradi va kontaktli simdan ko‘proq tok qabul qilish imkonini yaratadi. himoya apparatlari va yordamchi zanjirlar - kontaktli elektrovozlarda asosiy zanjirni ortiqcha yukdan himoya qilish uchun xizmat qiladi. Bu bitta qutbli maksimal ulagich yoki AV turidagi avtomatlar orqali amalga oshiriladi. Kon elektrovozlarda yo‘lni yoritish uchun ikki tomonga bittadan fonarlar o‘rnatilgan. Bu fonarlar odatda kontaktli manbadan keladigan tok bilan ta’minlanadi. Elektrovozlar yorituvchi fonarlardan tashqari, odatda, rozetka va shtepsel orqali manbaga ulanuvchi ko‘chma fonar bilan ta’minlanadi. Yordamchi zanjirlarni (yorituvchi zanjirlar, kontaktor g’altaklarining zanjiri va h.k.) ulash va uzish uchun kon elektrovozlarida, odatda, alohida qirqma tipdagi ulagich o‘rnatiladi. Poyezdni harakatga keltirish va shu harakatni saqlab turish uchun poyezdga unga nisbatan tashqi kuch bilan g’ildirak gardishidagi tortish kuchi deb nomlangan ma’lum tortish kuchi hosil qilinishi kerak. Tortish kuchining manbai odatda tortuvchi dvigateldir. Tortuvchi dvigateldan harakatlanuvchi g’ildiraklar juftligi yurituvchi g’ildirak juftligi deb ataladi. G’ildirak gardishidagi tortish kuchini dvigatelga berilayotgan tok va kuchlanishlar orqali aniqlash mumkin. , dan (2) bu yerda, U - yakor o‘ramidagi kuchlanish, V; J - yakor o‘ramidagi tok, A; - elektrovozning F.I.K. (dvigatel va tishli uzatmaning umumiy F.I.K.). Elektrovozlar uchun =0,3-0,4. ,dan (3) Kontrollerning tegishli pozitsiyalariga mos keluvchi elektrovoz tezligini (2) va (3) ifodalardan foydalanib aniqlash mumkin. , km/soat (4) U va I ning qiymatlari dvigatelning yakor zanjiriga ulangan voltmetr va ampermetr ko‘rsatgan qiymatidan, Pb ni – elektrovozning texnik tavsifidan, ning qiymati jadvaldan olinadi. (2) ifodadan dvigatelning tortish tavsifini, ya’ni F=f(I) va (4) ifodadan =f(I) bog’liqlik grafigini chizish mumkin. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling