- 3 - maʼruza
- Аnalog IMSlar.
- Barqaror tok generatori (BTG) sxemasi
Reja Ideal tok generatori - Ideal tok generatorining yuklamaga uzatayotgan tok qiymati yuklama qiymatiga bogʼliq boʼlmaydi.
- BTning UE ulanish sxemasidagi chiqish xarakteristikalar oilasi real tok generatori VАXsiga aynan oʼxshaydi.
- Shu sababli tok generatorlarini yasashda BTlar qoʼllaniladi.
BTG taʼrifi - Ixtiyoriy zanjirdan avvaldan belgilangan qiymatli tok oqishini taʼminlovchi elektron qurilma barqaror tok generatori (BTG) deb ataladi. Yuklamadan oqayotgan tokning qiymati kuchlanish manbai, zanjir parametrlari va temperatura oʼzgarishlariga bogʼliq boʼlmaydi.
- BTGning vazifasi kirish kuchlanishi va yuklama qiymati oʼzgarganda chiqish toki qiymatini oʼzgarmas saqlashdan iborat boʼlib, ular turli funktsional vazifalarni bajaruvchi analog va raqamli mikrosxemalarda ishlatiladilar.
Sodda BTG sxemasi - Sxemada I1 tok zanjiriga toʼgʼri siljitilgan diod ulanishli VT1 tranzistor ulangan (tayanch tranzistor). U juda kichik qarshilikka ega. Shuning uchun VT1 kuchlanish generatori vazifasini oʼtaydi. U RYU boshqariluvchi zanjir bilan ketma – ket ulangan VT2 tranzistorning emitter – baza oʼtishini kuchlanish bilan taʼminlaydi.
- VT2 tranzistor emitter – baza kuchlanishi bilan boshqarilgani uchun uning xususiyatlari UB sxemaning xususiyatlariga mos keladi. Maʼlumki, UB ulangan sxemada aktiv rejimda kollektor toki kollektordagi kuchlanishga deyarli bogʼliq boʼlmaydi. Shuning uchun ixtiyoriy RYU dan oʼtayotgan tok I2 tayanch kuchlanish UEB2 bilan aniqlanadi. Аmalda I2 = I1 .
- IE1 va IE2 toklar yuqori aniqlikda
- (1)
- ifoda bilan approksimatsiyalanadi,
- bu yerda I0 – teskari siljitilgan EOʼning toʼyinish toki.
- Tranzistorlarning IE0 va φТ parametrlari aynan bir xil boʼlgani uchun UBE1= UBE2 shartdan (2)
- Sxemadan
- (2) ni eʼtiborga olgan holda (3)
- yozish mumkin.
- Baza toki kollektor tokidan 50÷100 marta kichik boʼladi. Shuning uchun, hisoblashlarda I2 = I1 deb olish mumkin. Bundagi xatolik 1÷2% dan oshmaydi.
- Demak, RYU yuklama zanjiridagi chiqish toki, zanjir qanday boʼlishidan qatʼiy nazar, kirish tokini ham qiymat, ham yoʼnalish boʼyicha takrorlaydi. Kirish toki qiymatiga kelsak, u yetarli aniqlik bilan
-
- ga teng.
- I1 tokning oʼzgarmasligi barqarorlashgan kuchlanish manbai ЕМ1 dan foydalanish hisobiga erishiladi. Natijada I2 tokning zanjir parametrlari ЕМ2 va RYU ga bogʼliqligi yoʼqotiladi.
- Lekin bunday BTGda I2 tokning temperatura boʼyicha barqarorligi taʼminlanmaydi, chunki baza toki IБ2 temperatura oʼzgarishlariga juda bogʼliq.
- I2 tokning temperatura boʼyicha barqarorligini taʼminlash uchun murakkabroq sxemalardan foydalaniladi.
- 4 - maʼruza
- Darlington juftligi.
- Uilson tok koʼzgulari sxemasi
Do'stlaringiz bilan baham: |