- Bunda kirish tranzistori sifatida p-n-p oʼtkazuvchanlikka ega tranzistor, chiqish tranzistori sifatida esa n-p-n oʼtkazuvchanlikka ega tranzistor ishlatiladi.
- Natijaviy toklar yoʼnalishlari, rasmdan koʼrinishicha, p-n-p tranzistorning toklari yoʼnalishiga mos keladi. Tok uzatish koeffitsienti β= β1+ β1 ∙β2 ga teng boʼladi va amalda Darlington tranzistorining β siga teng boʼladi.
- Tarkibiy tranzistor maydoniy va bipolyar tranzistorlar asosida hosil qilinishi ham mumkin. Keyingi rasmda n – kanali p-n oʼtish bilan boshqariluvchi MT va n-p-n tuzilmali BT asosida hosil qilingan tarkibiy tranzistor sxemasi keltirilgan. Ushbu sxema maydoniy va bipolyar tranzistorlarning xususiyatlarini oʼzida mujassamlashtirgan – bu juda katta kirish qarshiligiga va tok boʼyicha, demak quvvat boʼyicha ham, juda katta kuchaytirish koeffitsientiga egaligidan iborat.
Uilson tok koʼzgusi sxemasi - Sxemada boshqaruvchi VT1 va VT2 tranzistorlarning baza toklari qarama - qarshi yoʼnalgan.
- VT1 va VT2 tranzistorlar egizak. Ularning ishlash rejimlari bir – birinikidan kollektor – baza kuchlanish boʼyicha farq qiladi. VT1 tranzistorning kollektor – baza kuchlanishi VT2 tranzistorning emitter – baza kuchlanishiga teng, yaʼni qiymati kichik. VT2 tranzistorning kollektor– baza kuchlanishi esa R rezistordagi va RYU zanjirdagi kuchlanish pasayishlari bilan aniqlanadi va sezilarli darajada katta boʼlishi mumkin.
- Lekin, baza toki kollektor – baza kuchlanishi qiymatiga sust bogʼlangan, shuning uchun IB1= IB2. Emitter toklari ham sodda BTG sxemasidagi holat sabablariga koʼra bir – biriga teng IE1= IE3. Natijada
- Bu ifodadan sodda BTG sxemada kirish va chiqish toklarining qaytarilishi Uilson tok koʼzgulari sxemadagiga qaraganda yuqoriroqligi koʼrinib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |