Tranzistorlar turlari


Download 12.89 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi12.89 Kb.
#1622433
Bog'liq
Tranzistorlar turlari


Tranzistorlar turlari.
Tranzistor so'zi inglizcha transfer - o'zgartiruvchi, hamda, resistor - qarshilik so'zlari birikmasidan hosil boʻlgan. Tranzistor elektr tokini o'zgartirish xususiyatiga ega bo'lgan yarimo'tkazgichli asbob boʻlib, quvvatni kuchaytirish uchun ishlatiladi va u uchta qutbga ega bo'ladi.
Yarim oʼtkazgichli triod elektron asboblarning bir turi bulib, tranzistor deb ataladi. Tuzilishi va ishlash usuliga qarab tranzistorlar bipolyar va unipolyar tranzistorlarga ajratiladi.
Bipolyar tranzistorlarning ishlashi p-n oʼtish xodisasiga, unipolyar tranzistorlarning ishlashi esa, bir turdagi oʼtkazuvchanlikka ega boʼlgan yarim oʼtkazgichning utkazuvchanligini elektr maydoni yordamida boshqarishga asoslangan.
Bipolyar tranzistor yarim oʼtkazgich monokristalida ikkita p-n oʼtish sohasini hosil qilish asosida yasaladi. Uni utkazuvchanligi almashib keladigan 3 ta soxaga ajratish mumkin. Аgar monokristallning elektron oʼtkazuvchanlik hajmi ikki yonidan kavak oʼtkazuvchanlik hajmi bilan chegaralangan boʼlsa, hosil boʼlgan yassi tranzistor p-n-p turdagi tranzistor deyiladi. Аksincha, kavak oʼtkazuvchanlik qismi ikkita elektron oʼtkazuvchanlik soha orasida boʼlsa, n-p-n turdagi tranzistor xosil boʼladi. Shuni aytish kerakki, kontakt sohasi kichik boʼlsa, nuktaviy tranzistorlar hosil boʼladi.
Download 12.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling