4-laboratoriya ishi intruziv magmatik tog‘ jinslari laboratoriya ishining maqsadi
Download 1,14 Mb. Pdf ko'rish
|
4 INTRUZIV MAGMATIK TOG‘ JINSLARI
Tonalit - granodioritdan kaliyli dala shpatlarining yo‘qligi yoki juda
kamligi bilan farq qiladi. Uning tarkibida jins hajmining 25-30% ini tashkil etuvchi andezin, rogovaya obmanka, kamroq biotit va kvars mavjud bo‘ladi (4.4-rasm). 4.3-rasm. Plagiogranitning shlifda ko‘rishi. 4.4-rasm. Tonalitning shlifda ko‘rinishi. Granodiorit. Bu jinsning rangi och kulrang, kulrang, strukturasi yirik va o‘rta donali, yaxshi kristallangan. U kvarsdan (20-25%), kaliyli dala shpatidan (20-25%), plagioklazdan (45-50%) va qora rangli minerallardan (15-20%) tarkib topgan. Plagioklazlar andezindan, qora rangli minerallar esa rogovaya obmanka va biotitdan iborat bo‘ladi. Granodiorit granitdan oligoklaz emas, balki andezindan tarkib topganligi bilan farq qiladi va u har doim kaliyli dala shpatidan ko‘p bo‘ladi; kvars miqdori 20% atrofida; qora rangli minerallardan biotit va rogovaya obmanka uchraydi. Granosienit granodioritdan plagioklazlarga nisbatan kaliyli dala shpatlarining miqdori ortiqligi bilan farq qiladi. Bu och pushti rangli jinsdir. Granosienitning bunday rangi ortoklaz va mikroklin miqdorining yuqoriligi bilan bog‘liq. Sienit - 65% SiO 2 .egacha bo‘lgan o‘rta tarkibli jins. Kulrang va pushti bo‘lib, bu kaliyli dala shpati va qora rangli minerallarning miqdori bilan bog‘liq. Strukturasi to‘liq, bir tekis kristallangan, ba’zan porfirsimon, mayda va o‘rta donali, teksturasi yaxlit, alohidaligi qatlamli yoki parallelepipedial (4.5- rasm). Mineral tarkibi: kaliyli dala shpati va plagioklazdan iborat. Qora rangli minerallar: rogovaya obmanka, biotit, piroksen, ba’zan olivin qo‘shimchalariga ega. Granitdan farqli o‘laroq amalda kvars juda kam (5% dan past). Rangli minerallarning miqdoriga bog‘liq holda sienitlarning rogovoobmankali, slyudali, kvarsli va b. turlari ajratiladi. Tabiatda daykalar va shtoklar shaklida uchraydi. Granitlardan farqli o‘laroq sienitlarda erkin kremnezyom uchramaydi. Sienitlarda 50 - 70% nordon dala shpatlari (odatda ortoklaz) va 25% atrofida qora rangli minerallar (rogovaya obmanka va biotit) mavjud. Kvars yo‘qligi tufayli ular ancha yumshoq va qovushoq hisoblanadi. Diorit o‘rta tarkibli (62 - 65% SiO 2 ;) jins hisoblanadi, o‘rta plagioklazlardan (75% gacha) va rogovaya obmankadan (25%) tarkib topgan bo‘ladi. Shular qatorida avgit, biotit uchrashi mumkin. Dioritlar to‘q kulrang, to‘q yashildan qoragacha bo‘ladi. Ular to‘la kristalli bir tekis donali strukturasi va yaxlit teksturasi bilan xarakterlanadi (4.6-rasm). Sienitdan farqli o‘laroq mineral tarkibida plagioklazlar kaliyli dala shpatlaridan ustivorlikka ega. Diorit yaxshi silliqlanadi va nurash jarayonlariga bardoshli bo‘lganligi sababli turli vibratsiya jarayonlariga chidamli (asos toshi, ko‘prik inshootlarining fundamenti) hamda qimmatli dekorativ material sifatida ishlatiladi. Imoratlarni bezashda qoplama material sifatida foydalaniladi, vazalar va postamentlar tayyorlanadi. Gabbro - 40 dan 52% gacha SiO 2 ega bo‘lgan asosli jins. Kulrang, to‘q kulrang va to‘q yashil rangli gabbrolar keng tarqalgan. Strukturasi to‘liq kristalli, teksturasi yaxlit (4.7-rasm), ba’zan dog‘li yoki yo‘l-yo‘lli. Jinsning mineral tarkibi plagioklazdan va monoklinli piroksendan iborat. Aksessor minerallari apatitdan, ilmenitdan, magnetitdan, ba’zan xromitdan tarkib topgan. Gabbro ba’zan ma’danli minerallarning to‘plamlariga ega bo‘lib, bu hollarda mis, nikel va titanning ma’dani sifatida qaralishi mumkin. 4.5-rasm. Sienit strukturasi. 4.6-rasm. Dioritning yaxlit teksturasi Yuqori mustahkamlikdagi qurilish va bezak toshi sifatida binolarning tashqi va ichki bezaklari uchun, aksariyat hollarda silliqlangan plitalar shaklida keng qo‘llaniladi. Gabbro yuqori qovushoqligi bilan farq qiladi. Bu xususiyat uni qayta ishlashni qiyinlashtiradi. Gabbroning faqat asosli plagioklazdan (labrador) tarkib topgan turi labradorit deb ataladi. Download 1,14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling