4-laboratoriya ishi intruziv magmatik tog‘ jinslari laboratoriya ishining maqsadi


Download 1.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana11.05.2023
Hajmi1.14 Mb.
#1454798
1   2   3   4
Bog'liq
4 INTRUZIV MAGMATIK TOG‘ JINSLARI

Labradorit - to‘liq kristalli 
asosli jins. Uning rangi odatda kulrang, jigarrang yoki deyarli qora. Ammo och 
tuslilari ham uchraydi. Uni tashkil etuvchi kristallari tomonlarida ko‘k rangli 
tovlanish kuzatiladi.
Strukturasi to‘liq kristalli, kristallari tog‘ jinslarida bir tekis taqsimlangan, 
yirik donali. Teksturasi yaxlit. Qatlamsimon, parallelepipedial alohidalikka 
ega.
Aksariyat hollarda plagioklazdan — labradordan tarkib topgan bo‘lib, 
piroksenlar va ma’danli minerallarning qo‘shimchalariga (5-7% dan ko‘p 
emas) ega. 
YUqori sifatli bezak tosh sifatida asosan monumental arxitekturada 
qo‘llaniladi. Uning ba’zi yorqin ko‘k va yashil irizatsiyali namunalari 
dekorativ-taqinchoq toshi sifatida foydalaniladi. Ular bilan Toshkent 
metropolitenining bekatlari va shaharning ko‘plab imoratlari bezatilgan.
Peridotit – dala shpatisiz to‘liq kristalli o‘taasosli jins bo‘lib, unda SiO
2
miqdori 40% dan kam. Jinsning rangi yashil tusli qora. 
Strukturasi to‘liq, bir tekis 
kristalli (4.8-rasm), teksturasi 
yaxlit, afanitli (zich), alohidaligi 
qatlamli, parallelepipedial. 
Asosan olivindan (70-30%) 
va piroksendan (30-70%) tarkib 
topgan, 
ba’zan 
rogovaya 
obmankaga ega. Ikkinchi darajali 
minerallari shaklida: magnetit
ilmenit, pirrotin, xromit, shpinel, 
granat va b.; ba’zan ularda platina 
va nikelli minerallar kuzatiladi. 
Shtok shaklida uchraydi. 
4.7-rasm. Gabbroning yaxlit
teksturasi.
4.8-rasm. Peridotitning kristalli strukturasi. 


Dunit - o‘taasosli dala shpatisiz to‘liq kristalli jins bo‘lib, unda SiO
2
miqdori 40% dan kam. Rangi qora, to‘q yoki och yashil (4.9-rasm). 
Strukturasi to‘liq, bir tekis kristalli, o‘rta donali, teksturasi yaxlit, 
alohidaligi qatlamli, parallelepipedal.
Dunit deyarli monomineral olivinli jins. Ikkinchi darajali qo‘shimchalar 
shaklida xromit yoki magnetit, ba’zan platina uchraydi. Tasodifiy minerallari 
- granat, korund. Deyarli har doim serpentin mavjud bo‘ladi. 

Download 1.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling