4-laboratoriya ishi meva-sabzavot sharbatlaridagi cho’kma miqdorini aniqlash. Ishning maqsadi
Download 20.95 Kb.
|
6-19 Norqulova Gulhayo
4-laboratoriya ishi MEVA-SABZAVOT SHARBATLARIDAGI CHO’KMA MIQDORINI ANIQLASH. Ishning maqsadi: Meva-sabzovot sharbatlaridagi cho’kma miqdorini laboratoriya sharoitida aniqlash. Reaktiv va jihozlar: Sentrifuga va probirkalar, texnik-kimyoviy tarozi, o’lchov silindri, suv xammomi, termometr,stakan, uzum yoki olma sharbati. Ishning bajarilishi: Tekshirishni boshlash uchun sentrifuga probirkalari yaxshilab yuvib quritiladi va 0,0001 aniqlikda tortiladi. Meva sharbatidan yoki ekstraktidan o’rtacha namuna olinib, yaxshilab aralashtirilgan holda 150sm3 tabiiy sharbatdan yoki 40sm3 kontsentrlangan sharbatdan o’lchab olinadi. Kontsentrlangan sharbatni suyultirishda iste’molchi uchun yozilgan yozuvdan foydalaniladi. Tayyorlangan sharbat oldindan texnik-kimyoviy tarozida tortilgan probirkaga solinadi. Agarda yuqoridagi texnik-kimyoviy tarozi bo’lmasa, probirka og’irligi ma’lum stakanga solinib, pallali tarozida tortilishi mumkin. Sentrifuganing xavfsiz ishlashi uchun tsentrifuga probirkalarining massasi bir xil bo’lishi kerak, hamda tsentrifuga uyalari simmetrik holda joylashgan bo’lishi lozim. SHarbat olingan probirka 85-90° S li suv hammomida 3 minut saqlanadi va keyin tsentrifugaga joylanib, 800 ayl/min da 20 minut davomida aylantiriladi. TSentrifuga sekinlik bilan to’xtatilgandan keyin probirka olinib, probirkadagi suyuqlik to’kiladi va probirka devoridagi qoldiq suvlar ketishi uchun filtr qog’oz ustiga to’nkariladi. Probirkaning cho’kma bilan birgalikdagi og’irligi 0,0001 g aniqlikda tortiladi. CHo’kma og’irligi miqdori X0 (%) hisobida quyidagi formula yordamida topiladi. Хо =: m1 - probirkaning sharbat bilan birgalikdagi og’irligi, g. m0 - bo’sh probirkaning og’irligi, g. m2 - sharbatning og’irligi, g. Xulosa: Meva sharbatlari yangi uzilgan,yetilagan meva va rezavor mevalardan siqib yoki shibbalab olinadi.Tiniq va quyuq sharbatlar olish uchun mevalar tozalab yuvilgandan so’ng presslanadi,eziladi va shibbalanib olinadi.Tindirilgan sharbatlar maxsus vakuum apparatlarda pasterizatsiya qilinadi Meva sharbatining mag’izsiz tashqi ko’rinishi uning tarkibidagi cho’kmaga ham bog’liq bo’lib,meva sharbati cho’kmasi bilan chayqatilganda o’zining tiniqligini yo’qotadi va ko’rimsiz holatda bo’ladi. Ba’zi bir vaziyatlarda meva suvlarida yoki sharbatlarida cho’kma paydo bo’lishi texnologik sharoitning noto’g’ri yo’lga qo’yilganligini isbotlab beradi. Cho’kma miqdorini aniqlash standart usul asosida tsentrifugalab, mahsulotning yopishqoqligini pasaytirish, pektin moddalarini gidrolizlash maqsadida va ozgina qizdirish yordamida amalga oshiriladi. Tinishi qiyin bo’lgan sharbatlarning (olma, olxo’ri) tinishini tezlash maqsadida mog’or zamburug’lar yoki oshlovchi moddalar (jelatin) dan foydalaniladi. Download 20.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling