4-Laboratoriya mashg’uloti. Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etiluvchilar bilan tanishish. Tezkor xotira va xotira turlari bilan tanishish. Ishdan maqsad


Download 215.55 Kb.
Sana01.03.2023
Hajmi215.55 Kb.
#1240736
Bog'liq
4-Laboratoriya mashg\'uloti


4-Laboratoriya mashg’uloti.

Mavzu: Arifmetik mantiqiy qurilma vazifasini tashkil etiluvchilar bilan tanishish. Tezkor xotira va xotira turlari bilan tanishish.




Ishdan maqsad: Tezkor xotira va xotira turlari bilan tanishishga oid bilim, malaka va ko’nikmalarni egallash.


Nazariy ma’lumot:


Kompyuter xotirasining ikki turi mavjud: ichki va tashqi. Ichki xotira: tezkor xotira (RAM) va faqat oqish uchun moljallangan xotira (ROM) Ichki xotiraning eng muhim qismi RAM - tezkor kirish xotirasi deb hisoblanadi.
Tashqi xotira (har xil disklar) axborotni uzoq muddatli saqlashga moljallangan. Shaxsiy kompyuterlarda ishlatiladigan mashina malumotlarini saqlashning eng tanish vositalari quyidagilardir: RAM modullari, qattiq disklar (qattiq disklar), floppi, CD yoki DVD disklar va flesh xotira qurilmalari hisoblanadi.
Tezkor xotira - kompyutеrda ishlatilayotgan dasturlar va malumotlarni saqlaydi. Malumotlar doimiy xotiradan tezkor xotiraga kochiriladi, olingan natijalar zarur holda diskka qayta yoziladi.
Kompyutеr ochirilishi bilan tezkor xotiradagi malumotlar ochiriladi. Tezkor xotirani asosiy o ʻ lchov birligi uning xotira hajmi bo ʻ lib, kilobayt, megabayt, gigabaytlarda oʻlchanadi. Hozirgi zamonaviy tezkor xotiralar hajmi asosan gigabaytlarda olchanadi.
Kesh xotirasi. Kompyuterdagi kesh xotirasining asosiy maqsadi dastur kodlari va hozirgi vaqtda qayta ishlanayotgan malumotlarni vaqtincha saqlash uchun xizmat qiladi. Yani, uning maqsadi axborotni saqlash va qayta ishlash uchun turli xil qurilmalar orasidagi bufer bolib xizmat qiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari – kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida kop ishlatilgan malumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira ortasida joylashadi.
HDD (ing. hard (magnetic) disk drive, HDD, HMDD) – qattiq disk yoki magnitli qattiq disk bolib, malumotlarni saqlovchi kompyuterning asosiy qismi hisoblanib, ishlash prinsipi esa magnitli yozish hisoblanadi.
Kompyuterdagi video, rasm, musiqa va boshqa fayllar aynan shu qismda saqlanadi. SSD (ing. solid-state drive, SSD) bu ham qattiq disk hisoblanib buni HDD diskdan farqli jihati SSD mikrosxemali xotiraga malumotlarni qayd etishi natijasida kompyuterdan energiya talab qilmaydi. SSD da mikrosxemali xotiradan tashqari boshqaruvchi kontrollerlar ham mavjud.

Topshiriqlar:

1. Xotiraning qanday turlari bor?


2. Kesh xotira deb nimaga aytiladi?
3. Tezkor xotiraning o’lchov birligi?
4. Kesh-xotira nechta turga bolinadi?
5. Doimiy xotira deb nimaga aytiladi?
6. RAM deb nimaga aytiladi?
7. Ichki xotira deb nimaga aytiladi?
8.Quyidagi rasmda tasvirlanga xotira qurilmalari asosida jadvalni to’ldiring:



Download 215.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling