4. maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish bo’yicha qonun hujjatlari
Download 15.62 Kb.
|
4-Reja
4. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI TASHKIL ETISH BO’YICHA QONUN HUJJATLARI. Maktabgacha ta'lim muassasasi maxsus loyiha bo’yicha qurilgan yoki moslashgan SNIP me'yorlariga, yong’in xavfsizligi qoidalariga javob beradigan va ob-havo sharoitini, ekologik vaziyatni, tarkib topgan milliy ao’analarni hisobga oladigan binoda tashkil etiladi. Maktabgacha ta'lim muassasasining sig’imi, odatda 320o’rinli boiishi kerak. Umumiy yo’nalishdagi maktabgacha ta’lim muassasasi uchun 140— 160o’rinni, maxsus ahamiyatga molik maktab-gacha ta’lim muassasasi uchun 90— 120o’rinni muvofiq deb hisoblash zarur. Binolar ufq tomoni derazalarida soyabonlar boiishi, ko’ka-lamzor yerlar, suv bilano’ynash uchun fontanchali hovuzchalar, qattiq narsa bilan qoplangan yoiaklari vao’tish joylari, 0,25 metr chuqurlikda suv basseyni, ko’cha shovqinidan uzoqda, maktabga yaqin joyda, yong’indan saqlanish talablariga toiiq javob beradigan qilib, iqlim xususiyatlarini hisobga olgan holda loyihalashtiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi amaldagi normativlarga mu-vofiq yumshoq va qattiq sport jihozlari, meditsina apparati, ta'-limning texnik vositalari,o’quv-ko’rgazmali qo’llanmalar hamdao’yinchoqlar bilan ta'minlanadi. Muassasani jihozlash ro’yxatiga milliy anjomlar ham kiradi. Maktabgacha ta'lim muassasasining ish tartibi Xalq ta'limi boiimlari tomonidan boshqariladi. Maktabgacha ta’lim muassasasi yoki uning ayrim guruhlari haftasiga 5, 6 va 7 kun kunduzgi va bolalar sutka mobaynida bo’-ladigan, bir yoki ikki kunlik dam olish kunlari bilan, shuningdek, xodimlarga sirg’aluvchi jadval bo’yicha dam olish kuni beriladigan tartibda ishlashlari mumkin. Ota-onalarning xohishlariga ko’ra maktabgacha ta’lim muas-sasasida kuni uzaytirilgan kun, shuningdek, shanba, yakshanba va bayram kunlari tartibida, ertalab va kechki vaqtda ishlovchi nav-batchi guruhlar ochilishi mumkin. Maxsus ahamiyatga molik maktabgacha ta’lim muassasasining faoliyaj tartibi zarur to’g’rilash-tarbiyaviy ishlar olib borishni hi-sobga oigan holda belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tilga ko’ra (o’zbek, qozoq, rus, tatar, koreys va sh. k.) farqlanishi va bu bog’chalarda ta’lim-tarbiya milliy an'analarga asoslanib yoiga qo’yilishi lozim. Tar-biya vazifalariga ko’ra esa ijodiy, yordamchi, umumiy boiadi. Qishloq va shahar bog’chalari: mavsumiy, bolalarni jamlash ishiga ko’ra turli yosh yoki bir yoshli guruhlarga ega, mablag’ bilan ta'minlanishiga ko’ra: davlat, idora va xo’jalik, xususiy va boshqa turlarga bo’linadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi, shu jumladan, uning ayrim guruhlari ishining davomiyligi, boshlanishi va tugashi ota-ona-larning ehtiyojini hisobga olgan holda belgilanadi. Ammo u ertalabki 6.30 dan barvaqt boimasligi kerak. Maktabgacha ta’lim muassasasida ota-onalar arizasi bo’yicha xalq deputatlari kengashi qarori bilan, shu jumladan, shartnoma va xo’jalik hisobi asosida ish 6 soatdan kam davom etadigan qisqa muddatli guruhlar; ota-onalar bolalarini 1—2 soatga qoldiradigan guruhlar; sayr guruhlari; jismoniy tarbiyasogiomlashtirish guruh-lari; musiqiy va badiiy tarbiyalash, aqliy va jismoniy rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun xo’jalik hisobi asosida ishlaydigan guruhlar ochilishi mumkin. Bunda mazkur maktabgacha ta’lim mu-assasasiga muntazam qatnaydigan bolalaming manfaatlari kam-sitilmasligi lozim. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim tilio’zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi qonuniga muvofiq belgilanadi. Ota-onalaro’z bolalarini maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachilarini ilgaridan ogohlantirgan holdao’zlari uchun qulay paytda olib kehshlan va ohb ketishlari mumkin. Shu bilan birga, ota-onalar maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar hayotining fizioiogik asoslangan kun tartibiga rioya qiiishlari vao’quvtarbiya jarayonini buzmasliklari lozim. Yangi qabul qilinayotgan bolalarni va kichik maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni ko’niktirish maqsadida ular mazkur yosh guruhlariga asta-sekin, bir oy mo-baynida ko’chiriladilar. Tarbiyachilar va ota-onalarning munosabatlari amaldagi qo-nunchilik va bola maktabgacha ta’lim muassasasiga qabul qili-nayotganda tomonlarningo’zaro kelishuviga binoan. tuziladi va shartnoma bilan boshqariladi. Shartnoma bo’yicha majburiyat-larning bajarilmasligi yuzasidan xalq ta’limi kengashiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin. Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy ishlar sohasidagi huquq va burchiari.Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim-tarbiyaviy muassasa boiib, ijtimoiy vazifalar bilan bir qa-torda bolalarga maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga asoslangano’z Nizomi va Dasturiga muvofiq malakali ta’lim va tarbiya berilishini ta'minlaydi. Maktabgacha ta’lim muassasasining bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo’yicha aniq vazifalari tegishli dasturiy-metodik huj-jatlar, maktabgacha ta’lim muassasasining Nizomi bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasalario’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan ko’p variantli taxminiy dasturlardan birini tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim muassasalario’z (mualliflik) dasturi va metodikasini ishlab chiqish va amaliy faoliyatida qoilash huquqiga ega. Ularni tasdiqlash tartibio’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan bel-gilanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tar-biyalash vao’qitish bo’yicha qoilanmalarni va metodikani erkin tanlash huquqiga ega. Xulosa. Xulosa o’rnida shuni alohida ta’kidlashimiz mumkinki, zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarish mexanizmi- boshqaruv funktsiyalarini bajarish xususiyatini o‘zgartiradi, tashkilot va pedagogik jarayonning barcha ishtirokchilari o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning tubdan yangi shakllarini keltirib chiqaradi. Zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotini takomillashtirishning kengaytirilgan ob’ekti bolalar bog‘chasi va atrof-muxit o‘rtasida yuzaga keladigan barcha aloqalar va munosabatlarni xisobga olishni o‘z ichiga oladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyo mamlakatlari amaliyotini kuzatadigan bo‘lsak, zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni maktabga chiqishdan oldin ularni maktabga ta’limiga tayyorlash bosqichiga alohida e’tibor beriladi. Oxirgi yillarda Respublikamizda ham bu masala kun tartibidan o‘rin olgan. Misol uchun, 2020 yilda 6 yoshdagi bolalarning 70% maktabgacha tayyorgarlikka jalb qilingan bo‘lsa, joriy yilda 82% chiqdi. 2025 yilga borib, 100% bolalarni qamrab olish ko‘zda tutilgan. Bu borada qilinayotgan ishlardan maktabgacha ta’limda tajriba tariqasida amalga oshirilayotgan loyihani misol qilishimiz mumkin. Xususan, davlatimiz rahbarining joriy yil 30 sentabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni hamda «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq bu sohada yangi tizim yaratilmoqda. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga oid davlat talablarida mamlakatda o‘tkazilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, jahon tajribasi hamda ilm-fan yutuqlari va zamonaviy informatsion kommunikativ texnologiyalarni inobatga olgan holda maktabgacha ta’lim tizimida ma’nan mukammal va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalash maqsad qilib olinadi. Tajriba asosida 2019 yilning kuzidan 2020 yilning kuziga qadar Toshkent shahridan tashqari barcha hududlarning qamrab olinganligi ham maktabgacha ta’limga zamonaviy yondashuvlarni amalga oshirish tizimi desak mubolag’a bo’lmaydi. Loyiha ijobiy natijalar bergani uchun mahsus avtobuslar va maydonchalarni qurish grant mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.Maktabgacha ta’lim har bir shaxsning shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Zero, bog‘chada puxta tayyorlanib maktabga chiqqan bolajonlarning yutuqlarga erishish imkoniyati kengayadi. Download 15.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling