4-ma’ruza Avar davlati. Reja
Darsning xronologik xaritasi (80 minut)
Download 157.59 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq4-seminar Avar davlati.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
Darsning xronologik xaritasi (80 minut)
5 minut – hafta yangiliklari; 5 minut – yo’qlama; 5 minut – dars yuzasidan zarur adabiyotlar bilan tanishtirish; 10 minut – o’tilgan dars yuzasidan savol javob; 50 minut – ma’ruza; 5 minut –o’tilgan ma’ruza yuzasidan savollarga javob byerish Tayanch iboralar: Turk hoqonligi, Ashina, Yettisuv, turkiy tilli xalqlar, Pannoniya 680 yil, Dunay bo’yi Pannoniya (hozirgi Vengriya, Yugoslaviya va Avstriya hududining bir qismi)dagi avarlarning davlat birlashmasi (6-asr o’rtasi – 8-asr oxiri). G’arbiy turk xoqonligining asosini tashkil etgan, boshida avarlar turgan yirik kabilalar uyushmasi O’rta Osiyodan Kaspiy bo’yining g’arbidagi dashtlarga, so’ngra shimoli Qora dengiz bo’ylari, Dunay bo’yi va Bolqon ya.o. ga bostirib kirganlar (6-asr o’rtasi). 6-asr 50–60 yillarida avarlar savirlar, antlar, gepidlar yevropalik qabilalar istiqomat qiladigan yerlarni vayron qilganlar. Shu yurishlar natijasida Pannoniyada davlat barpo etilgan. Davlatni yirik sarkarda Boyonxon boshqargan. Yashil rangli bayroqqa ega bo’lgan, bayroq o’rtasida orqaga qarab o’q-yoy otayotgan kishi otda chopib ketayotgan holatda tasvirlangan. Mahmud Koshg’ariy bu holatni Iskandarning Turonni bosib olayotgan davridagi turkiy qavmlarga nisbat bergan. Avarlar slavyanlar, franklar, langobardlar, gruzinlar, shuningdek Vizantiyaga muttasil hujumlar qilib turgan. 7-asr boshida Avar xoqonligining harbiy quvvati zaiflashgan, o’zaro nizolar avj olgan. 7-asr o’rtasida avarlar shimoli Qora dengiz bo’ylaridan siqib chiqarilgan. Dunay bo’ylarida 680 yil Birinchi Bulg’or podsholigi barpo etilishi bilan Pannoniyadagi Avar xoqonligi tasarrufidagi yerlar hududi qisqargan. 8-asr 90-yillarida Avar xoqonligi Buyuk Karl boshchiligidagi franklar tomonidan uzil-kesil tugatilgan. Aholisi turkiy qabilalar uyushmasidan iborat bo’lgan Bulg’or davlati hozirgi Volga va Kama daryolarining bo’ylarida 10-asrda vujudga kelgan. Bu davlat inqirozga uchragandan keyin qabila va xalqlarning Bulg’or ittifoqi tarqalib ketgan. Bu til to’g’risida vizantiyalik, yevropalik, arman va arab sayyohlarining xotiralarida, shuningdek qabr toshlarida saqlangan ma’lumotlar, kishi va joy nomlari asosida fikr yuritish mumkin. Bular Bulg’or tilining ba’zi xususiyatlarini aniqlashga imkon beradi. Macalan, qadimgi turkiy tillardan «z» o’rnida «r», «sh» o’rnida «l» mavjudligi bilan farq qilgap: kyor – kuz; xyol – qish. Bulg’or tili qadimgi tillardan hazar, hozirgi tillardan chuvash tiliga yaqin turadi. Bu 3 til birgalikda turkiy tillarning bulg’or guruhini tashkil qiladi. Bulg’orlar – 7-asrdan boshlab O’rta Volga bo’ylarida yashagan turkiy qabilalar. Bulg’or davlatiga Asparuxning otasi Qubrot asos solgan. 10 –14-asrlarda Bulg’oriyaning asosiy aholisi. Ularning avlodlari – chuvashlar, Qozon tatarlari va boshqalar. Volga-Kama Bulg’oriyasi poytaxti. Xarobalari Tatariston Respublikasining Bulg’or (Bulg’orlar) qishlog’i yaqinida saqlanib qolgan. Bulg’orda arxeologik qazish ishlari 1870 yilda boshlangan. 1950–57 yillarda esa A.P.Smirnov rahbarligidagi arxeologik ekspedisiya u yerda keng ko’lamda qazish ishlari olib borgan. B. o’rnidagi eig ilk manzilgoh mil. 1-ming yillikning 2-yarmiga oid. Sharq yozma manbalari (Ibn Fadlon, Ibn Havqal, Abulhamid Andalusii, Abu Abdulloh G’arnotiy va b. asarlari)da Bulg’orlar 10-asrdan tilga olingan bo’lib, uning vujudga kelishi aia shu vaqtga to’g’ri keladi. 13-asrning 2-yarmida bulg’or Oltin O’rdaning eng muhim savdo-sotiq va hunarmandchilik markaziga aylangan. Arxeologik qazishlar vaqtida bulg’orlar davlatining xarobasining 13–14-asrlarga doyr qatlamlaridan ko’plab mehnat qurollari, uy-ro’zg’or buyumlari. taqinchoqlar, tangalar, turar joy va hammomlar xarobalari, xumdonlar, cho’yan eritish ko’ralari, sizot suv quvurlari hamda O’rta Osiyo, Qrim, Zakavkazye, Rus va Xitoydan keltirilgan buyumlar topilgan. Binolarning ko’pchiligi O’rta Osiyodan keltirilgan naqshinkor sirlangan sopol plitkalar bilan bezatilganligi aniqlangan. 14-asrga oid minora, bulg’or xonlari maqbaralari, Cherkov, masjid va bulg’or xonlarining yozgi qarorgohi xarobalari hozirgacha saqlanib qolgan. Bulg’oriyaning eng qadimiy aholisi frakiy qabilalaridir. Mil. 1-asrda Bulg’oriyani Rim imperiyasi bosib oldi; u qulaganidan so’ng Vizantiya tarkibiga kirdi. 7-asr boshlarida Bolqonga slavyanlar bostirib kirib, keyinchalik bu yerda dastlabki davlat – Yetti slavyan qabilasi deb nomlangan ilk feodal davlatini tashkil etishdi. 7-asrning ikkinchi yarmida Bulg’oriya hududiga xon Asparux (Isperix) boshchiligidagi protobolgarlar – qadimiy bulg’orlar (ko’chmanchi turkiy elat) bostirib kirdi. Ular slavyanlar bilan birga poytaxti Pliska shahri bo’lgan Birinchi bulg’or podsholigi (681–1018) ni tuzdilar Birinchi bolgar podsholigi Bolqon yarim orolining shimolida mavjud bo’lgan ilk slavyan-bulgor davlati (681–1018). Bulg’or qabilalari Asparux yetakchiligida 7 slavyan qabila ittifoqini tobe qilib, ular istiqomat qilgan hududlarni Vizantiya asoratidan xalos etgach, tashkil topgan. Poytaxti – Pliska shahri bo’lgan. 893 yildan – Preslav shahri. Bulg’orlar 865 yilda xristian dinini qabul qilishgan. Simeon shoh davrida yuksak darajada kuch-qudratga erishgan. 969 yilda Sharqiy va G’arbiy Bulg’or podsholigiga bo’linib ketgan. 1018 yilda Vizantiya tomonidan zabt etilgan. Download 157.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling