4-ma’ruza: Difffuzionistik yo‘nalish Reja


F. Ratsel L. Frobenius E. Nordensheld


Download 23.98 Kb.
bet2/4
Sana07.04.2023
Hajmi23.98 Kb.
#1340431
1   2   3   4
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar etnologiyasi. 4-ma\'ruza

F. Ratsel L. Frobenius E. Nordensheld
o‘rtasidagi o‘zaro farq ushbu xalqlarning bir-birlari bilan doimiy etnomadaniy aloqalari ta'siri natijasida asta-sekinlik bilan silliqlanib boradi. Ratsel o‘z tadqiqotlarida bir xalqni boshqa xalq tomonidan qo‘shib yoki bosib olinishi, turli irqlarning o‘zaro birikishi, etnomadaniy savdo aloqalari va ularning turli shakllariga alohida ahamiyat qaratgan va ularni batafsil tahlil qiladi. Aynan mana shunday aloqalar natijasidagina madaniyat keng hududlarga yoyilishi mumkin. Amaliyotda esa bu til va irq xususiyatlaridan muhimroq bo‘lgan etnografik ashyolarning tarqalishi shaklida namoyon bo‘ladi. Irqlar doimo o‘zaro qo‘shilib boradi va shuning uchun ham deyarli barcha irqlar hozirda aralash holda yashashini kuzatish mumkin. O‘z navbatida shuni ham alohida ta'kidlab o‘tish joizki, xalq hayotida til etnik belgi tarzida irqqa nisbatan birmuncha mustahkam hisoblanadi, lekin vaqtlar o‘tishi bilan o‘zaro etnomadaniy aloqalar natijasida u ham ma'lum ma'noda o‘zgaradi yoki bir til ikkinchisiga o‘zaro yaqinlashadi. Moddiy madaniyat ashyolari esa boshqa madaniyat ko‘rinishlariga qaraganda o‘zining shakli va tarqalish hududini birmuncha ko‘proq namoyon etadi. Ratselning fikricha, xalqlar hayotida sodir bo‘lgan turli xil etno-ijtimoiy o‘zgarishlar yo‘q bo‘lib ketgan holda etnografik predmetlar qanday bo‘lsa shundayligicha qoladi va shuning uchun ham madaniyatni ilmiy o‘rganishda etnografik ashyolarning o‘rni beqiyosdir.
Ratsel g‘oyalari nafaqat nemis xalqshunoslik fani balki qator yevropa mamlakatlari etnologiya fani taraqqiyotiga ham katta ta'sir qildi. Ratsel «Xalqshunoslik» (1885 - 1888) nomli asarida juda katta miqdorda yig‘ilgan va tizimlashtirilgan materiallari asosida insoniyat madaniyatini tabiat bilan bevosita bog‘liqligini isbotlab berishga harakat qilgan. Bunda u tabiat taraqqiyotida geografik faktorni mutloqlashtiruvchi geografik determenizm tarafdori bo‘lmagan va tarixiy taraqqiyot faktorini e'tirof etgan. Aynan bu qarashi uchun ayrim mualliflar uni nohaq ayblaganlar. Ratselning madaniy hududlar borasidagi qarashlari keyingi ko‘plab etnologik tadqiqotlarga asos bo‘lgan va keyinchalik xo‘jalik-madaniy tiplar hamda tarixiy-etnografik viloyatlar nazariyalari tarzida mashhur bo‘lgan.
Ratselning shogirdi hisoblangan
Download 23.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling