4-ma’ruza: Difffuzionistik yo‘nalish Reja


Download 23.98 Kb.
bet4/4
Sana07.04.2023
Hajmi23.98 Kb.
#1340431
1   2   3   4
Bog'liq
Xorijiy mamlakatlar etnologiyasi. 4-ma\'ruza

«Etnologiya uslubi» nomli kitobida mujassamlashgan.
Frobenius va Ratsel qarashlari asosida Robert Grebner madaniy qarashlar doirasida butun ibtidoiy jamoa davri tarixini global rekonstruksiya qiluvchi o‘ziga xos nazariyani yaratgan. U o‘z qarashlarini isbotlash maqsadida yer sharidagi barcha xalqlarning davlatchilikkacha bo‘lgan madaniyatini oltita yirik madaniy doira yoki madaniy guruhlarga bo‘lib chiqqan. Grebner olib borgan ilmiy izlanishlari natijasida insoniyat tarixida hyech qanday takroriy holatlar va bu bilan bog‘liq biror bir qonuniyat mavjud emas degan xulosaga kelgan. Madaniyatdagi etnik jarayonlarning takrorlanishi juda kam uchraydigan holatdir. Shubhasiz bu o‘rinda etnologlar ko‘plab o‘xshash holatlarga emas, balki yagona ko‘rinish bilangina to‘qnashadilar.
Diffuzionizmning o‘ziga xos maktabi Daniyada ham shakllangan. Bu mamlakatda ushbu maktabning yirik namayondalari — Kay Birket-Smit va Knut Rasmussenlar bo‘lgan bo‘lib, ular XX asrning dastlabki choragida Grenlandiya, Alyaskaga qilgan doimiy ekspeditsiyalari jarayonida eskimoslarni maxsus o‘rgangan. L. Frobenius va F. Ratsellarning tadqiqot metod iva nazariyalarini jalb qilgan holda ular eskimos madaniyatini tarixiy shakllanishiga oid yig‘ilgan boy materiallarni tarixiy qatlamlarga bo‘lib tahlil qilganlar.
Diffuzionizmga oid mulohazalarni yakunlar ekanmiz xulosa tarzida shuni ta'kidlash kerakki, mazkur oqim turli mamlakatlarda turlicha taraqqiy etganiga qaramay, ularni umumlashtiruvchi umumiy jihatlarga ega bo‘lgan va biz umumiy jihatlar tarzida quyidagilarni e'tirof etish mumkin:

  • Madaniyat ma'lum bir geografik hududda paydo bo‘ladigan va keyinchalik boshqa mintaqalarga tarqaluvchi misoli tirik organizm tarzida tasavvur etiladi.

  • Har bir madaniyat o‘zining paydo bo‘lish hududiga va tarqalish mintaqasiga egadir. Ushbu madaniyat markazlarini izlab topish va ularni tadqiq qilish etnologiyaning asosiy vazifasidir.

  • Madaniyat rivojlanishining asosiy omillari o‘zlashtirilgan xususiyatlar va aralash madaniy elementlar hisoblanadi. O‘zaro qorishgan madaniyatlar nafaqat moddiy madaniyatni, balki ma'naviy madaniyat ko‘rinishlari hisoblangan miflar, e'tiqodlar, odatlar va boshqa shu kabilarni ham jalb etadi.

  • Har bir madaniyat ko‘rinishi bir marta paydo bo‘ladi; uning tarqalish manzarasini tasavvur qilish orqali uning har bir ko‘rinishini, dastlabki paydo bo‘lgan hududini aniqlash mumkin.

Diffuzionizmning asosiy g‘oyasi - madaniyatning o‘zlashtiri­lishi va kirib kelishi g‘oyasi qonuniy va natijali bo‘lgan. Evolyusionistlarning madaniyatni abstrak tahliliga oid evolyusionistik talqinidan farqli tarzda diffuzionistlar turli xalqlar madaniyatlarning geografik aniqliligi hamda aloqadorligi to‘g‘risidagi qarashni ilgari suradilar. Bu borada turli madaniyatlarni taqqoslab tahlil etuvchi yo‘lni mukammal yo‘l sifatida bayon qilganlar.
Download 23.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling