Cholg’u ijrochiligi


Download 113.05 Kb.
bet1/4
Sana04.02.2023
Hajmi113.05 Kb.
#1163730
  1   2   3   4

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI


“CHOLG’U IJROCHILIGI” KAFEDRASI
QUDRATOV MEXROJ PARDAQUL O’G’LI
MAVZU: MUMTOZ MUSIQANING TARIXIY SHAKLLANISHI VA JANR HUSUSIYATLARI.

Qarshi 2022


Mundarija.


Kirish………………………………………………………………

I bob
I.1. Mumtoz musiqaning tarixiy shakllanishi……………………………………


I.2. O’zbek mumtoz musiqa madaniyati namoyandalari………………………...
II bob
II.1. Mumtoz musiqa san’atidagi o’zgarishlar va uslublar………………………

II.2.

III bob
III.1.

Kirish
…………………………..



I bob
I.1. Mumtoz musiqaning tarixiy shakllanishi.
Maqom nima? Salobatli maqom turkumlarida qanday g`oya yoki ta`limotlar ifoda etilgan? Nima sababdan maqom san`ati ko`p asrlardan buyon o`z mohiyati, demakki, badiiy qiymatini yo`qotmasdan kelmoqda? Bu kabi savollar aslida tubdan serqirra va bir-biriga tutash madaniy-tarixiy-nazariy masalalar bilan uzviy bog`lanib ketganki, natijada ularga bir yo`la yoki shu damdayoq bir jihatli javob berish mushkuldir. Shu bois qayd etilgan savollarimizga bu san`at salsalalaridan javob axtarish maqsadga muvofiq ko`rinadi. Zotan “har qanday musiqiy madaniyatni nafaqat moddiy-akustik fenomen tarzida, balki eng avvalo ijtimoiy- tarixiy hodisa sifatida tushunmoq zarur”.
Maqomlar tarixini o`zaro farqli ikki yirik davrga ajratish mumkin. Birinchi davr mazmunini maqomlarning makon-zamon nuqtai nazaridan juda qadimiy kelib chiqish ildizlari, dastlabki kuy ohang qatlamlarini o`rganish tashkil etadi. Tabiiyki, bu davrda hozirda bizga ma`lum tom ma`nodagi maqomlar bo`lmagan albatta. Zotan bizgacha yetib kelgan maqomot tizimlarining shakllanish jarayonlari ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning ma`lum bosqichi bilan shartlanganki, bu (ikkinchi davr) xususida o`z o`rnida mufassalroq to`xtamga o`tamiz.
Ta`kid joizki, maqom kuy ohanglarini qadimiy qatlamlarini o`rganishga ko`mak bo`luvchi maxsus musiqiy risolalar bo`lmasa-da, ammo bu borada eng asosiy va muhim manbaalar bizning davrga qadar yetib kelgan. U ham bo`lsa ajdodlarimizdan ulkan ma`naviy meros qolgan “Shashmaqom”, “Xotazm maqomlari” va “Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari”dir. Maqom kuylarining xususiy “til” tuzilish (sintaksis) qurulmalarini malakali idrok va tahlil eta olish asosida ular tarkibida uyg`unlashgan turli davr musiqiy qatlamlarini aniqlab olish imkoniyati mavjud. Ayni paytda bizga ma`lum rivoyatlar mazmunidan ham zarur xulosalar chiqarish mumkin.
Shu asnoda O`zbekistonda mavjud maqomlar (Shashmaqom, Xotazm maqomlari, Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari) musiqasiga nazar tashlar ekanmiz, uning har biri o`zgacha tarovatli kuy-navolari negizida eng mukammal darajada uyushgan parda (tovush) tizilmalari borligi e`tiborimizni o`ziga jalb qiladi. 7 ta asosiy pardalari o`zaro uyg`un, ohangdosh tovushlar nisbatiga qurilgan bu nag`amot uyushmalari kim tomonidan va qachon ijod etilgan? Bu borada yuritilgan mantiqiy fikr-mulohazalar asosida ularning shakllanish vaqtini keyingi davrlarga, ya`ni musiqa san`ati taraqqiy ergan asrlarga taaluqli deb o`ylash mumkin. Biroq jahon musiqa tarixi bunday xulosani inkor etadi. Chunki, maqom pardalariga o`xshash yeri asosiy pog`onali (pardali) tovush tizilmalari Sharqu-G`arb musiqa madaniyatiga juda qadim zamonlardan ma`lumdir. Xususan, qadimgi yunonlar bu kabi parda uyushmalarining bir necha turlarini bilibgina qolmay, balki ularning inson tarbiyasida alohida muhim o`rni borligini ham ta`kidlaganlar. Donishmand Fisog`urs (Pifagor) esa mukammal pardalarning inson ruhiga favqulodda ta`siri sabablarini ilmiy bilish maqsadida ularni matematik usullar bilan o`rganib chiqgan (bu usullar keyinchalik o`rta asr Sharq musiqashunos olimlari tomonidan ham qo`llangan). Pirovardida ularning tarkibida yetarli me`yerda uyg`un (ohangdosh) tovushlar nisbati (oktava, kvinta, kvarta) borligini hamda ularning sonlardagi ifodasi dastlabgi to`rtb raqamga muvofiq kelishini (oktava-2:1; kvinta-3:2; kvarta-4:3) aniqlangan.
Demak, mukammal uyushgan parda tizilmalari dastlab ilmiy-nazariy asosda ham ijod etilmagan, balki ularda mavjud go`zal ohang uyg`unliklari ilmiy asosda kashf etilgan edi.
Olimlar orasida mavjud qarashlarga ko`ra maqomlarning eng qadimiy namunalari payg`ambarlardan meros qolgan. Xususan, XVI asr ikkinchi yarmi – XVII asr birinchi choragida yashab ijod etgan vatandoshimiz, mashhur musiqachi va olim Darvish Ali Changiyning “Tuhfatus-surur” nomli risolasida xabar berishicha, avvaliga yetti payg`ambar nomlari bilan bog`liq yettita maqom bo`lgan. Bunda “Rost”maqomi – Odam alayhissalomdan, “Ushshoq” – Nuh alayhissalomdan, “Navo” – Dovud alayhissalimdan, “Hijoz” – Ayub alayhissalomdan, “Husayniy” – Yoqub alayhissalomdan va “Rahoviy” – Muhammad sallallohu alayhi vassalamdan meros qolganligi haqqidagi rivoyatlar bayon etiladi. Muallif bu axborotni yetkazishda Xo`ja Abdulqodir ibn Marog`iy, xo`ja Safiuddin ibn Abdulmo`min, Sulton Uvays Jaloir kabi juda obro`li ustozlar fikriga tayanganligini ham ma`lum qiladi.
Shuni aytish kerakki maqomlar musiqasiga oid “maqom” atamasidan avval “yo`l” ma`nosini anglatuvchi “roh”, “tariqa”, “ravish” kabi atamalar qo`llanib
kelganligini Darvish Ali Changiy bayon etgan ma`lumotlarni quvvatlashga xizmat qilishi mumkin. Olloh taolloning yer yuzidagi elchilari bo`lgan payg`ambarlarning insonlarga chinakam baxt-saodatga erishish yo`llarini ko`rsatganlar. Ulardan qolgan ma`naviy ta`limot namunalari jamoa-qavmlar orasida alohida e`zozlanib, avloddan-avlodga go`zal ruhiy meros sifatida o`tib kelgan. Inson tinglovi va idroki uchun eng ma`qul va manzur bo`lgan mukammal pardalar ham dastlab shu meros negizida (yoki uni nazariy jihatdan o`rganish asnosida) hosil etilib, so`ngra shu (parda) “yo`llar” asosida turli kuylar rivojlantirilgan (yoki kuylarning yangi namunalari ijod etilgan) bo`lsa kerak.
Shu nday qilib, qadimgi dunyodan meros kelayotgan mukammal parda uyushmalari keyinchalik maqom tizimlari yuzaga kelishida, shuningdek, bastakorlar-u, xalq musiqa ijodiyoti rivojida ham muhim poydevor yanglig` ahamiyat kasb etgan.
Maqomlarda mavjud yana bir musiqiy qatlamni xalq og`zaki musiqa ijodiyotining ko`hna namunalari tashkil etadi. Hayratlanarli tomoni shundaki, maqomlarda xalq musiqasining hatto eng qadimiy namunalariga oid “izlari” ham saqlangan. Xususan bu izlarni bizgacha yetib kelgan Navro`zi Ajam, Navro`zi Xoro, Navro`zi Sabo nomli maqom asarlarida ko`ramiz. Shundayki, bu asarlarning kuy negizlarida mutaxassis olimlar tomonidan “xalq kuyining eng qadimiy namunasi” (“birlamchi chiziq” –G. Shenker) tarzida tasnif etilgan quyi oqim kuy ohanglari yaqqol namoyon bo`ladi. Bu hol bejiz emas, albatta. Ma`lumki, ko`pgina Sharq xalqlari uzoq o`tmishdan buyon Navro`z bayramini keng nishonlab, shu munosabat bilan ma`lum kuy va ashilalarni ijro etib kelganlar. O`ziga xos mavsumiy marosim musiqasi sifatida xalq an`anaviy hayotidan muqim o`rin olgan bu toifa kuylar keyinchalik maqom tizimlariga kiritilib, o`zining yuksak rivojlangan ko`rinishlarga ega bo`lganligi haqiqatga yaqin bo`lsa kerak.
Maqom manbalari qatorida “goh” (ya`ni Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh shaklidagi) kuy tizilmalari ham e`tiborga molikdir. Aksariyat olimlar bu toifa kuylar negizi qadimiy kitoblarni ma`lum ohanglarda o`qish an`anasiga dahldorligini, shu jumladan “Avesto” dagi “got” madhiyalariga borib taqalishini faraz qiladilar. Bu o`rinda Avestodagi “Gatheha” so`zi keyinchalik daroy (forsiy) tiliga “Gah” shaklida
o`tganligi va yana qator holatalar inobatga olinadi. Bizga ma`lum “goh” kuylarining tahlili esa bu namunalarning ildizlari faraz etilayotgan davralardan-da qadimiyroq ekanligini ko`rsatadi. Xususan, Farg`ona-Toshkent maqomlaridagi Dugoh-Husayniy I kuyi negizida ikki tayanch pardali ohang tizilmasi, Segoh cholg`u kuyida, shuningdek, Shashmaqomning Tasnifi Segoh, Xorazm Segoh maqomining Tani maqom qisimlarida esa uch tayanch pardali ohang tizilmalari borligi ayon bo`ladi. Etnomusiqashunos olimlarning qo`lga kiritgan so`nggi yutuqlaridan ma`lumki, bu kabi tayanch tovushli kuy namunalari xalq musiqiy tafakkurining dastlabgi kurtaklaridir.
Albatta, maqomlarda qadimiylikka mansub qanchadan-qancha musiqiy yodgorliklarning o`rni topilmasin, biroq ularni asl holiday qayta “jonlanadi”, sadolanadi deb bo`lmaydi. Zero maqomlarda “saqlangan” musiqiy yodgorliklar, garchand ularning muhim izlari saqlanib qolgan bo`lsa-da, o`zlarining yuksak rivojlangan holatlarida namoyon bo`ladi.
Demak, maqomlarning eng qadimiy tarixi aslida tom ma`nodagi maqomlar tarixi bo`lmay, balki ko`proq ularning kelib chiqish manbalari bo`lgan ko`hna davr musiqa kuy qatlamlariga dahldordir. Xuddi ana shu turli musiqa namunalari (demakki, turli uslubli kuy shakllari) asosida usluban badiiy yaxlit maqom tizimlarining shakllanish davrlaridan e`tiboran bevosita mumtoz maqomlar tarixi ham boshlanadi.
Dastlabgi maqom tizimlari qachon va qanday shaklda bo`lganligi xususida aniq ma`lumotlarga ega emasmiz. Bu borada Sosoniylar saroyida (shoh Xosrav Parviz davroda – 590-628yil) xizmat qilgan mashhur musiqachi – Borbad (vaf.627y.) ijodiy merosi, xususan unga nisbat beriladigan “7 Husravoniy”tizimi diqqatni o`ziga jalb etadi. Musiqashunos olimlar “7 Husravoniy” tizimi keyonchalik maqomot tizimlari yuzaga kelishida asos bo`lganligi yoki har holda bu tizimning maqomlar shakllanishiga ma`lum ta`siri haqida taxminlarga boradilar. Ammo bu masalada hali bir to`xtamga erishilmaganligini ham qayd etish kerak. Mutaxasislar salobatli maqom tizimlarining yuzaga kelishi kasbiy musiqa qatlami (ijodkorlik, ijrochilik) taraqqiyotining ma`lum tarixiy bosqichi, shuningdek, rivojlangan musiqa ilmi, falsafa va matematika fanlarining mavjudligi, qolaversa buning uchun zarur
shahar madaniy muhiti kabi omillar bilan shartlanganligini alohida ta`kidlaydilar. Xususan, atoqli musiqashunos olim, san`atshunoslik fanlari doktori Ishoq Rajabovning bu boradagi malakali ko`rsatmalari e`tiborlidir: “Maqomlar insonning musiqa haqidagi tushunchalari, musiqaviy-estetik qarashlari barkamol bo`lgan, kishilarning ongi va saviyasi yuksalgan bir davrda yuzaga kelgan… Maqomlar tizimining shakllanishi jahon ilmu fanining rivojlanishi bilan ham chambarchas bog`liqdir. Sharq musiqa olimlari musiqani tibbiyot, falsafa va matematika fanlari bilan bog`liq ekanligini uqtirib o`tganlar”. Professor Ravshan Yunusovning ta`kidlashicha:”Sharq maqomoti ko`hna, ancha murakkab falsafiy-estetik, musiqiy-nazariy hamda amaliy asoslarga egadir”.
Shuni aytish kerakki, sharq musulmon olamida maqom tizimlari yuzaga kelishi uchun zarur omillar IX-Xasrlarga kelib jamul-jam bo`lgan edi. Zero, aynan shu davrlarda aniq fanlar rivojlandi, vatandoshimiz Abu Nasr Farobiyning (871-950) musiqashunoslikdagi buyuk xizmatlari o`laroq Sharq musiqa ilmiga asos solindi, kasbiy musiqa amaliyoti yangi bosqichga yuksaldi, shuningdek diniy-falsafiy ta`limot va qarashlar yoyila boshladi. Ana shu bevosita va bilvosita omillar ta`sirio`laroq o`rta asr Sharqining yirik (markaziy) shaharlarida o`n ikki maqom tizimi yuzaga kelgan edi. Mazkur tizim tasnifoti dastlab Safiuddin Urmaviy (tax. 1230-1294) va Qutbiddin Sheroziylarning (1236|37-1310) musiqa ilmiga doir asarlarida ishlab chiqilgan bo`lib, keyingi asrlarda Abdulqodir Marog`iy (XIV), Abdurahmon Jomiy, Zaynulobidin Husayniy (XV), Najmiddin Kavkabiy (XVI), Darvishali Changiy (XVI-XVII) kabi ustoz amaliyotchi va nazoratchi olimlar tomonidan ijodiy davom ettirilgan edi.
O`n ikki maqom tizimi bir necha tarkibiy qisimlardan tashkil topgan bo`lib, ularning asosiylari 12 maqom, 6 ovoza va 24 sho`balardan iborat bo`lgan. Bunda qadimdan kelayotgan yetti bosqichli mukammal parda tizilmalari 12 maqom guruhiga, ko`hna xalq kuy, aytimlari (Navro`zi Ajam, Dugoh, Segoh va b.) esa sho`balar toifasiga tasnif etilgan edi. Ushbu tizim bilan bog`liq qator masalalar, shu jumladan tarkibiy qismlarning tizim doirasidagi alohida vazifasi hamda musiqa amaliyotida bevosita o`zaro bog`lanish jihatlari hozirgacha jumboq bo`lib kelmoqda.
O`n ikki maqom tizimining bizning diyorimizda uzul-kesil qaror topishi va
uning dastlabgi mumtoz ko`rinishlari Sohibqiron Amir Temur va uning vorislari – Temuriylar davriga to`g`ri keladi. Bu o`rinda eng avvalo hazrat Sohibqironning xizmatlarini alohida ta`kidlamoq kerak. Yuqorida aytilganidek, maqom tizimlarini yuzaga keltirish uchun eng avvalo ularning ilmiy-nazariy asoslarini puxta ishlab chiqish zarur edi. Tabiiyki, ushbu masalaning yechimi musiqa ilmi, ya`ni musiqashunos olimlar zimmasiga yuklatilgan. Ammo bu soha olimlari nihoyatda ozchilikni tashkil etib, buning ustiga ularning eng yuqori malakali usrozlari xorijiy musulmon mamlakatlarida istiqomat qilishar edi. Hazrat Sohibqironning bevosita say`-harakatlari ila bu ilm ustozlari turli mamlakatlardan bizning diyorimizga keltirilib, ularning faoliyat ko`rsatishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berilgan edi. Alalxusus Ibn Arabshohning “Temur tarixida taqdir ajoyibotlari” nomli kitobida qayd qilinishicha, Samarqandga keltirilganlar qatorida mashhur musiqachi va musiqa ilmida ustoz “Abdulqodir al-Marog`iy va uning o`g`li Safiuddin, kuyovi Nasriyn, Qutb al-Mousiliy, Ardasher al-Changiy va boshqalar” bo`lgan. Muhimi bu ustoz-san`atkorlarning ilmiy-amaliy faoliyat ko`rsatishlari uchun Sohibqiron saroyida zarur shart-sharoit yaratib berilgan edi. Professor Abdurauf Fitratning “O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi” (1927) risolasida qayd etilgan quyidagi satrlar ham shunga ishora etadi: “Temurning bayrog`i bilan har tomondan keltirilgan ixtisoschi olimlarning g`ayratlari bilan bu san`at (ya`ni o`n ikki maqom-O.I.)birdan jonlandi, oyoqqa bosdi. Islom sharqining har tomonidan keltirilgan cholg`uchilar bizning bu kungi klassik musiqamizning yuksalishiga, ko`tarilishiga xizmat qildilar. Oz zamonda yerlilardan ulug` musiqiyshunoslar yetishdilar”.
Demak o`n ikki maqom tizimi ustoz kasbiy musiqachi va olimlarning o`tmish va o`z zamonlari musiqa boyliklarini yangi davr mumtoz talablari kesimida badiiy yaxlit holga keltirish ustida uzoq yillar olib borgan ilmiy-ijodiy faoliyatlarining samarasi o`laroq yuzaga kelgan edi.
O`n ikki maqom xususida so`z yuritilganda, ularda jamlangan turli tarixiy davr musiqa yodgorliklari qanday ustuvor g`oya va ma`nolar tizimi asosida o`zaro birlashib, mutanosib holga kelganligi masalasi ham alohida qiziqish uyg`otadi. Bu mavzuni muhobasa etganda o`sha davr siyosiy-ijtimoiiy-madaniy hayotida ustivor mafkura, saroy “madaniy muhiti”, undagi yetakchi falsafiy qarashlardan tortib to
maqomlar musiqasida muhim qaror topgan shaklu-shamoyillar, ularning ma`nolar tizimi inobatga olinishi maqsadga muvofiqdir. Bu boradagi izlanishlar natijasida maqomlarning ma`nolar tizimi o`zagini “komil inson” (tasavvif) ta`limoti g`oyalari tashkil etishi ma`lum bo`lmoqda. Bunga bir qator bilvosita va bevosita dalillarni keltirish mumkin. Avvalambor shuni aytish kerakki, o`tmishda maqomlarning ilmu-amali asosan tariqat doirasida bo`lgan so`fiylar yoki har holda tasavvufga aloqador (tasavvuf ta`limoti g`oyalarini qabul etgan mutasavvuf) shaxslar shug`ullanib kelganlar. “Musiqa – rih ozig`idir”, tarzidagi tasavvuflar ham asosan tasavvuf shayxul-mashoixlari tomonidan berilgan. Ayni paytda kelib chiqishi arabcha bo`lgan “maqom” atamasi va uning zamirida anglashiladigan “martaba”, “joy”, “manzilgoh”, “mavqe`”, “daraja” kabi ma`nolar ko`p jihatdan “Yassaviya” tariqatining asoschisi Ahmad Yassaviy hikmatlari orqali turkiy xalqlar orasida keng yoyilgan edi. Bu atamaning hikmatlar matnida ko`plab iboralarda (“ishq maqomi”, “ajab maqom”, “ul maqomda oshiq qullar javlon qilur” va h.k.) kelishi shunday fikrga ma`lum asos beradi. “Maqom” atamasining musiqaga joriy etila boshlanishi ham ko`p jihatdan tasavvuf ta`limotining bu davrlarga kelib islom olamida keng yoyilganligi (bizning diyorimizda, jumladan, “Yassaviya”, “Hojagon-Naqshbandiya” va “Kubroviya” tariqatlarining ijtimoiy nufuzi baland bo`lganligi), Sohibqiron Amir Temur va temuriylar hukumronligi davrida esa qariyb rasmiy mafkura mavqeiga qadar ko`tarilib, buning pirovardida saroy san`atiga, xususan mumtoz kasbiy musiqa sohasiga ko`rsatgan kuchli g`oyaviy ta`siri bilan izohlanishi mumkin. Maqom so`zi tasavvuf istilohida eng muhim tushunchalardan biri bo`lib, uning vositasida, jumladan, ma`naviy kamolot yo`li(tariqat)ning yettita asosiy bosqichlari (bekatlari, darajalari) anglashiladi. Demak, “maqom” deganda ma`lum harakat jarayoni ham nazarda tutilib, bu jarayon mazmunini solik(yo`lovchi, izlanuvchi murid)ning suluk (yo`l) bosqichlari bo`ylab safari va shu asnoda o`z maqsadi sari ma`naviy yuksalib borishi tashkil etadi. Shuni aytish kerakki, O`n ikki maqom tizimi doirasida “komil inson” g`oyalari serjihat ko`rinishlar kasb etadi. Jumladan, solikning qalbidagi ishq o`ti bilan mahbubi tomon ruhiy safari ushbu tizimdagi 12 maqom “zanjiriga” ham botiniy anglashiladi.
Bunda: “Ushshoq” maqomi – so`fiyona ishq, Tangri Taologa bo`lgan chin
oshiqlikni,
“Navo” maqomi – ishq o`tida dard (Havo) chekishni,
“Busalik” maqomi (Abu Salik-Ahd otasiga ishora) oshiqning tariqat yo`liga kirishga “ahd bog`lashini” bildiradi,. Keyingi yetti maqom-“Rost”, “Husayniy”, “Hijoz”, “Rohaviy”, “Zangula”, “Iroq”, va “Isfahon” nomlari botiniy mazmunida oshiqning tariqat yo`lida ruhiy yuksalib borishi ulug` haj safariga nozik tashbeh etilgan.
Jumladan:
“Rost” (to`g`ri yo`l) – tariqat yo`lini,
“Husayniy”-piru-murshid(yo`l boshchi)ni,
“Hijoz” –Makkai Mukarrama va Madinay Munavvara shaharlari joylashgan sarhad bo`lib, yo`lning asosiy maqsad timsolini,
“Rohoviy” (roh-yo`l),
“Zangula” (“tuya bo`yniga ilinadigan qo`ng`iroq”),
“Iroq” va “Isfahon” –yo`l harakati va manzillarining “zabt” etilishini bildiradi. Zero, haj yo`lida Iroq cho`llaridan o`tilgan, Isfahon esa ana shu maqsadga yaqin joylashgan shaharlardan birining nomi.
So`nggi ikki maqom “Kuchak” (ya`ni kichik) va “Buzruk” nomlari nisbatida so`fiylarning kichik (mikro) va katta (makro) olamlarning o`zaro uyg`unligi haqidagi qarashlari o`z aksini topgan, deyish mumkin. E`tiborli tomoni shundaki, O`n ikki maqom nomlari tasavvuf adabiyotida ham ko`proq “yo`l” safari ma`nolarini ifoda etishda qo`llanib kelingan.
Mana shulardan ayrimlari:
Gar Sifohonda Navo topmasang, ey yor-i Buzurg,
Qilg`asam, az-mi Iroq aylab ohang-i Hijoz.
(Hofiz Xorazmiy).
Lutfiy, Hiriyda qolmadi she`ringga mushtariy
Azmi Hijoz qilki, maqoming Iroq emish.
(Lutfiy).
Ey Navoiy, sen dog`i qilsang tama` sayri Hijoz,
Qil Iroq ohangi, tark aylab Xuroson men kebi.
(Navoiy).

Ushbu misralar mazmunida haj safariga bo`lgan intilish O`n ikki maqom tizimiga mansub nomlar (Iroq, Hijoz, Isfahon, Navo, Buzruk) vositasida o`zining nozik ifodasini topganini ko`ramiz. Bu intilishning botiniy ma`nosida esa haqiqat va ma`rifatga olib boruvchi ma`naviy yo`l safari anglashiladi. Shuningdek, Najmiddin Kavkabiyning “Kulliyoti Kavkabiy” asarida ham 12 maqom nomlari vositasida yo`l safariga ishoralar bor. Kulliyot shunday misralar bilan boshlanadi:


“Zi rohi Rost agar ohang mekuni ba Hijoz,
Zi Isfahon Guzare jonibi Iroq andoz,
Ba noqa Zangula dar pardai Rahoviy band,
Ba Busalik Husayniy - sifat baror ovoz”.
Mazmuni: Gar “To`g`ri” yo`ldan “Hijoz” tomon boqmoqchi bo`lsang , “Isfahon” dan o`tib, yo`lingni “Iroq” tomon sol. Tuyaga “Qo`ng`iroq” osginu, uni “Yo`l” manzillariga band et. “Busalik”dan “Husayniy”dek nola ovozini chiqar (ya`ni, solikning tariqat manzillarida piru-murshid darajasiga qadar yuksalishi nazarda tutiladi).
Yuqorida keltirilgan baytlar mazmuni o`laroq maqomlar musiqasida ham tasavvuf g`oyalari in`ikos etilganligini fahmlash mumkin. Chunki she`riy misralarda namoyon bo`lgan bosh qahramon-oshiqning Iroq, Hijoz kabi maqomlarni tinglashga ruhiy ehtiyoji borligi bejiz emas albatta. Zero bu maqomlarda inson (qalb) tinglovi va idroki uchun juda ma`qul bo`lgan mukammal parda uyushmalari va ularda ma`lum uslubda rivojlanuvchi kuy tizilmalari borki, ular oshiq ruhini sururli vajd kechinmalari sari yuksalishiga quvvat beruvchi oziqa bo`lishi mumkin. Aslida ana shu kabi maqomlarning yeti asosiy pardasi va ular asosida (Dugoh, Segoh, Chorgoh ba bosh.) ko`hna kuy tizilmalarining quyidan yuqoriga qarab bosqichma bosqich (I, II, III, IV va h.k.) rivojlanib, pirovardida yangi sifatlar kashf etish uslubi tariqat manzillariga xos jarayonlarning badiiy aksi tarzida shakllangan bo`lsa kerak. Har holda O`n ikki maqom tizimini bizgacha “Shashmaqom”, “Xorazm maqomlari” va “Farg`ona-Toshkent maqom yo`llari”da yetib kelgan namunalarining qiyosiy tahlili shu kabi xulosalarga ham asos bo`lmoqda. Bunga Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg`ona-Toshkent maqom yo`llaridagi “Dugoh”, “Segoh”, “Chorgoh” nomli namunalar yaqqol misol bo`la oladi. Shundayki, dastlab juda oddiy shakllarda bo`lgan goh kuy tizilmalari O`n ikki maqom tizimining sho`balari guruhidan o`rin olgan bo`lib, ularni mumtoz talablar darajasida rivoj toptirish maqsadida har biriga alohida-alohida mukammal parda uyushmalari biriktirilgan edi.
Shunga binoan, Dugoh sho`basi Husayniy maqomida, Segoh sho`basi Hijoz maqomida, Chorgoh sho`basi Zangula maqom pardalarida bayon etilib rivojlantirilgan (N. Kavkabiy tasnifi). Buning pirovardida esa sho`balarning biriktirilgan maqom pardalariga tabiiy singib kerish jarayoni r`oy bergan. Bunga quyidagi misolni dalil keltirish mumkin. Xorazm maqomlaridan o`rin olgan “Maqomi Segoh” aytim yo`lida dastlab uch tovushdan iborat bo`lgan Segoh kuy-ohang qurilmasi “re” pardasidan boshlab birin-ketin yettita asosiy bosqichlarni zabt etadi. To`g`ri, kuy oqimi vaqti-vaqti bilan “zabt” etilgan bosqichlarga t`olqinsimon harakatlar ila qaytib, ularni takrorlab turadiki, bu hol umuman musiqaning o`ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi. Farg`ona-Toshkent maqom yo`llaridan “Segoh” aytim y`olida ham shu kabi musiqiy jarayonlar yuzaga keladi. Tayanch bosqichlari o`rnida hozir bo`lgan tovishlar uyushmasini O`n ikki maqom pardalariga qiyosiy o`rganilganda u hijozga muvofiq ekanligi ma`lum bo`ladi.
Demak dastlab ovoz ko`lami ikki (Dugoh), uch (Segoh) va to`rt (Chorgoh) tovushlari doirasida bo`lgan sodda ko`rinishli ko`hna kuy tizilmalarining muayyan maqomlarning yettita asosiy pardalri bo`ylab bosqichma-bosqich rivojlovi natijasida ularning yangi sifat (ye`ni maqom) darajalari yuzaga kelgan edi, deyish mumkin. Aynan shu sifatlari darajasida ular keyinchalik yuzaga kelgan yangi maqomot (Shashmaqom, Xorazm maqomlarida-Dugoh va Segoh, Farg`ona- Toshkent maqom y`ollarida Dugoh, Segoh va Chorgoh maqomlari) tizimidan o`rin olgan edi. Mantiqiy xulosa shuki, bu jarayonda avvallari qo`llanib kelingan Segohi-Hijoz, Dugohi-Husayniy, Chorgohi-Zangula kabi sho`ba va maqom birikmalarini anglatuvchi qo`sh nomlar asta-sekin o`z mohiyatini yo`qota boshlagan. Chunki, sho`ba (kuy) tizilmalari maqom pardalarida rivojlanishi davomida ularga shu qadar tabiiy singib ketgan ediki, natijada bu sho`balarning nomlari nafaqat ushbu pardalar doirasidagina tafakkur etiluvchi yangi kuylarni, balki ayni paytda, ana shu mukammal pardalarning o`zini ham ifoda etuvchi tushunchalarga aylangan edi. Binobarin, bugungi kunda Dugoh, segoh va Chorgoh nomlari bilan mashhur maqom namunalari mazmunida Husayniy, Hijoz va Zangula maqomlari pardalarining “hayoti” ham davom etayotganligini e`tirof etish kerak.

a) Binobarin, olingan natijalar asosida tasavvufdagi “solik-suluk” nisbatini O`n ikki maqom tizimida shunday tasavvur etish imkoni yuzaga keldi:


b) mukammal pardalar (tovushqatorlar) sifatida tasnif etilgan O`n ikki maqomning har biri “suluk” (musiqiy “yo`l”) o`rnida namoyon bo`ladi;
c) xalq musiqasining ko`hna qatlamlariga mansub sodda tuzilishli (Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Navro`zi Bayot va b.) sho`ba kuy tizilmalari solik “y`olovchi” siymosini o`ziga xos razm etadi;
d) musiqa amaliyotida sho`ba kuy tizilmalari muayyan maqomning parda bosqichlariga tayangan holda zaruriy (komil) sifat darajasiga qadar rivojlanadi. Binobarin, bu jarayonda mukammal pardalarning yettita asosiy tovush-bosqichlari maqom (ya`ni kuy tizilmasining tayanch pardalari) sifatida qo`llaniladi.
Demak, “maqom” deganda musiqada “nomukammal holatdan mukammal holatga” qarab rivojlanishning muayyan ijodiy uslubi ham anglashilar ekan. Yuqoridagilarga umumlashtirgan holda maqom xususidagi ta`riflarga quyidagilarni qo`shimcha etamiz:
I. Maqom – bu sadolarda in`ikos etgan hikmatlardir. Insonning ruhiy ma`naviy kamoloti sari yuksalishi va shu tariqa chin haqiqatga erishuvi bu hikmatlar o`zagini tashkil etadi.
II. Maqom – bu tariqat bosqichlarining o`ziga xos musiqiy ifodasi bo`lgan mukammal pardalar uyushmasi va asosda berilgan kuy mavzuini ma`lum yo`sinda (quyidan yuqoriga qarab izchil) rivojlantirish uslubidir.
Maqom borasidagi ushbu ta`riflar nafaqat O`n ikki maqom, balki Shashmaqom, Xorazm maqomlari va Farg`ona-Toshkent maqom yo`llariga ham bevosita dahldordir. Bu o`rinda ularning tarkibiy qismlarida “maqom” so`zi bilan birga yana “samo”, “gardun”, “qalandar”, “samandar”, “girya”, “nola”, “charx”, “faryod”, “soqiynoma”, kabi k`oplab tasavvuf istilohlarining qo`llanishi, shuningdek, asosiy aytim yo`llarida yuksak ishq (Hofiz, Jomiy, Sakkokiy, Lutfiy, Navoiy, Mashrab, Bedil va b.) mazmunidagi g`azallarning kuylanib kelinishi, shuningdek, “sof” musiqiy jihatdan esa mukammal parda yo`llari asosida (tariqat jarayonlarining badiiy aksi o`laroq) kuy mavzularini bir tartibda izchil rivojlantirib, ularning avj sifatlarini namoyon etish tamoyili kabi omillarni dalillar qatorida keltirish mumkin. Lekin eng muhim dalil bu buyuk ishq dardi ila yo`g`irilgan maqomlar musiqasidir. Chinki bi musiqa mazmunida pok ruhiyatning asl Go`zallik, chin Haqiqat sari ma`naviy xuruji o`z ifodasini topdi. Binobarin maqomlarning asrlar osha o`z badiiy qiymatini yo`qotmasligi va ayni paytda, milionlab odamlar qalbidan o`rin olganligining asl sabablaridan biri ham ularning teran ma`nolarga yo`g`rilgan go`zal navolari-yu, beqiyus shaklu-shamoillari bilan izohlanadi. Zero, ma`naviyatdan uzilgan har qanday go`zallik oxir-oqibat yoqimsizdir.
Demak, maqomlar nafaqat Sharq musiqa madaniyati, balki insoniyat qo`lga kiritgan ulkan hodisa bo`ldi. Zotan maqomlar insonlarda sof, muqaddas tuyg`ularni uyg`otuvchi, ruhiyatni nafs to`siqlari uzra asl maqomlari sari yuksalishga da`vat etuvchi ma`naviy navolarimizdir.

: Mahalliy uslublarga xos musiqalarni o’rganish, tahlil qilish orqali o’quvchilarda milliy qadriyatlarga ongli munosabatni shakllantirish imkoniyatlari.


Mahalliy uslublar bo’yicha o’quvchilar o’rganish lozim bo’lgan o’quv materiallari mazmuni.
Mahalliy uslublar mavzui umumta‘lim maktablarining 7-sinfdasturiga kiritilgan bo‘lib,
ular yil va chorak mavzulariga quyidagi kiritilgan. Yil mavzusi:
―Xalq musiqasining mahalliy uslublari. Maqomlar haqida umumiy tushuncha. I- chorak. ―Qashqadaryo-Surxondaryo, Samarqand-Buxoro vohalarining musiqiy uslublari bilan tanishuv. 2-chorak mavzusi uslublari bilan tanishuv deb nomlanadi. 3-4 chorak esa maqomlarga oid mavzularni yoritishga mo‘ljallangan bo‘lib, unda o‘quvchilar―Shashmaqom va Xorazmmaqomlari, Farg‘ona-Toshkent maqom yo‘llari
haqidagi ma‘lumotlar bilan tanishadilar.
Fan dasturida sinf o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi bo‘yicha o‘quvchilaregallash lozimbo‘lgan bilim vamalakalar mezoni quyidagicha belgilangan: O‘quvchilar musiqa san‘atida mahalliy uslublarni mahalliy xalqning shevalariga (so‘zlashuv nutqidagi), mahalliy kiyimlari, cholg‘u sozlari, raqslaridagi usul, harakatlar, urf-odatlar bilan bog‘liq madaniyatiga qiyoslab o‘rganishlari, mazkur viloyatlar hududlariga xos mahalliy musiqiy an‘analarning ayrimnamunalarini, ijrochilik uslublari, ijroholati eng muhim o‘ziga xos jihatlarini bilib olishlari, o‘zlari yashab turgan joylarida mavjud bolgan mashshoqlar, xonandalar, baxshi- shoirlar yallachilar, xalfalar, turli marosimlar vaularda aytiladigan aytimlarni o‘zigaxos ijro xususiyatlarini o‘rganishlari, musiqa o‘qituvchilari ysa bu borada o‘quvchilar bilanbuborada maxsus izlanish, uchrashuvlar, davra suhbatlari, o‘tqazib, taniqli folklor jamolari faoliyat korsatgan muassalarga musiqiy sayohatlar uyushtitib turishlari lozim.


O`zbek xalqi azal azalda musiqa, san'at, madaniyat, me'morchilik sohalarida yuqori cho`qqilarni zabt etib kelgan. Hozirgi kunda ham mustaqil O‟zbekistonimizda bu sohaga berilayotga e'tibor, yaratilgan imkoniyatlar juda katta bo`lib, ijod qilayotgan, sohani rivojlanishiga o`zining hissasini qo`shishga intilgan barcha yoshdagi ijodkorlarimizga o`z vazifalarini sidqidildan bajarishlariga turtki bermoqda. Aynan muxtaram yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonivich tomonidan musiqa san‟atiga e`tibor qaratilganligi bu sohani rivoji xalq, jamiyat hayotida dolzarb ekanligi, madaniy va ma'rifiy yuksalish davlatimizning eng muhim maqsadi ekanligidan dalolat beradi. Shu jumladan, Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 17-noyabr kuni “O`zbek milliy maqom san‟atini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarorni qabul qildi. Maqom san‟atini yanada rivojlantirish, bu borada shakllangan maktablar an‟analarini, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini chuqur ilmiy 9 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya asosda o`rganish va qayta tiklash kabi dolzarb vazifalarni bajarish maqsadida O`zbekmilliy maqom san’ati markazi tashkil etilmoqda. O`zbek mumtoz musiqasi o`tmishdan o`zining teran ma'noga ega ekanligi, murakkabu-mukammalligi va beqiyos an'analarni o`zida mujassam etganiligi bilan o`zga xalqlar musiqasidan ajralib turadi. Ushbu musiqa ijodiyotida xalqimizning o`tmish an'analari, boy va teran ma'nolarga asoslangan tarixi muhirlangan. Ularning har bir namunasi tarixdan bir sadodir. O`zbek mumtoz musiqa tarixiga nazar solsak o`tmishdan ikki yo`nalish ya'ni bir biridan paydo bo`luvchi va bir birini to`ldiruvchi shuningdek o`zining alohida hususiyatlariga va sifatlariga ega bo`lgan yo`nalishlardan tashkil topgan. Bulardan biri, hayotiy mezonlar bilan bog`liq folklori bo`lsa, ikkinchisi ana shu jonli jarayonning ijodkori tafakkuri bilan to`ldirilgan mumtoz musiqa yo`nalishidir. Shakillanish va ravnaqi yo`lida har ikki yo`nalish o`zining ichki qonuniyatlari, shaklu shamoili, ishlash uslubi, mavqei, joyi, vaqti, ijro an'anlari va shu kabi qator o`ziga xos xususiyat asosida rivoj topib shakillanib bugungi kunga qadar yetib kelmoqda. Bu ikki yo`nalishni ijodiy mezon, ijrochilik an'analari va talqin masalalarida e'tiborga loyiq o`ziga xoslik jihatlari talayginadir. Manbalarga ko`ra, professional (ustozona) san`at bizning hududlarimizda milodning birinchi asrlarida yuzaga kelgan va rivojlangan. Mumtoz musiqa deganda o`zbek xalqiga mansub, uning yetuk sozanda bastakorlari tomonidan asrlar davomida yaratilgan musiqa san'at namunalari(aytim-ashula va cholg`u musiqalari) ko`zda tutiladi.[5,25] XX asrda o`zbek mumtoz musiqasi namunalarini to`plash va yozib olish zamonaviy Yervropa nota yozuvida ifodalash ishlari avj oladi. Buxoro "Shashmaqom"i ilk bor rus kompozitori Viktor Uspenskiy tomonidan notaga olinib (1923), to`plam sifatida chop etildi, keyinchalik Boboqul Fayzullayev, Shonazar Sohibov va Fazliddin Shahobovlar(Tojikiston 1950-1961),Yunus Rajabiy (O`zbekiston 1959), kabi ijrochi va bastakorlar tomonidan yozib olinib nashr etildi. "Xorazm maqomlari" turkumi Komil Devoniy tomonida ( XIX asrning ohirida) ihtiro etilgan "tanbur chizig`i" yozuvida kuy, usul va ijro asoslari qonunlashtirilib, qoidalarga bo`ysungan holda mukammal ijro etilishi Xorazmda yo`lga qo`yilgan. Yozib olingan va nashr etilgan to`plamlar orqali ilmiy tadqiqot ishlari ham jadallashdi, shu bois XX asrning birinchi yarmida Rahmon Bekjon va Devonzoda . A. Fitrat, N. Mironov, V.Uspenskiy, V. Belyayev , Y. Romonovskaya, I. Akbarovlarning mumtoz musiqa masalalariga bag`ishlangan maqolalar va kitoblari yuzaga keldi, XX asrning ikkinhi yarmidan bu ishlar 10 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya yanada rivojlanib, I. Rajabov, Y.Rajabiy, F. Karmatov, T.Vizgo, T.G`ofurbekov, O. Matyoqubov, R. Abdullayev, A,Jumayev, A.Nazarov, R.Yunusov, O. Ibrohimov, S.Begmatov kabi musiqashunos olimlar ilmiy ishlarida o`z aksini topdi.[4,54] Viktor Aleksandrovich Uspenskiy (1879-1949) O`zbekiston va Turkmaniston xalq artisti, san'atshunoshlik fanlar doktori, musiqa etnograf, o`qituvchi va iste'dodli kompozitor. U 1917-yildan Toshkentda o`zining ko`p qirrali ijodiy va jamoatchilik faoliyati bilan respublikamiz musiqa madaniyati rivojlanishiga kata hissa qo`shgan va O`zbekiston hamda Turkmaniston hududlarida folklore ekspeditsiyasi o`tkazdi. Xalq va mumtoz musiqa namunalarini yozib iolinishida eng katta tashabbus ko`rsatgan. 1923-yilda ustoz ijrochilardan "Shashmaqom" turkumini yozib oldi va 1924-yilda Moskvada "Olti musiqali poema" nomidagi to`plamni nashr etildi. Shu yillar davomida "Farg`ona Toshkent maomlari", kattaashula va zikr aytimlarini yozib olgan. O`zbek xalqining xalq va mumtoz musiqasi namunalarini yozib olgan, jumladan, Xorazm maqomlarining cholg`u yo`llarini 1939-yili "Xorazm klassik musiqasi” nomi bilan chop ettirgan. Ko`plab nota to`plamlari va maqolalar muallifi. Yunus Rajabiy O`zbekiston xalq artisti, Davlat mukofoti sovrindori, sozanda, hofiz va bastakor, O`zbekiston Fanlar akademigi. O`zbek musiqasini saqlab, targ`ib etish va rivojlantirishda jonbozlik ko`rsatgan. O`zbekistonda ijro jamoalari, teatrlari va ansambllari tashkil etish ularni faoliyatini kengaytirishda faol ishtirok etdi, 1927- yili O`zbekiston radio qoshida etnografik ansambl (keynchalik xalq cholsg`u orkesrtori), 1958-yilda esa ilk professional maqom ansambli va boshqa jamoalar yuzga kelishida o`zining beqiyos xissasini qo`shgan. 1930-yildan boshlab xalq qo`shiq va kuylarini, maqomlar va bastakorlar asarlarini notaga yozib oldi va 1955-yilda "O`zbek xalq musiqasi'" ko`p tomlik antologiyasida chop eta boshladi. Buxoro "Shashmaqomi", "Farg`ona -Toshkent maqomlari", katta ashula va cholg`u kuylarini yetuk san'atkorlar ijrosidan yozib olindi. 1978-yilda "Musiqa merosimiziga bir nazar" nomli risolasi ha shular jumlasidan.Yunus Rajabiy ijodida ashulalar, cholg`u asarlari va musiqali dramalar o`rin olgan. Matniyoz Yusupov(1925-1992) O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan san'at arbobi, sozanda, honanda va kompozitor. Toshkent Davlat Konservatoriyasini tamomlagan (1960. U musiqali drama, opera, vokalsimfonik va ko`pgina qo`shiqlar muallifi. M.Yusupov Xorazm xalq qo`shiq va kuylari, doston qo`shiqlar va asosan Xorazim maqomlarini yozib olgan. Uning nota yozuvlari "O`zbek xalq musiqasi antologiyasinig VI va VII jildlarida (1958- 1960), uchtomlik beshta kitobdan iborat "Xorazm maqomlari" to`plamida (1978-1991) nashr etilgan.[3,37] 11 «Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya Is'hoq Rajabov (1927-1982) sozanda va maqomshunos olim, san'atshunoslikfanlari doktori (1971). O`rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1950). O`zbek musiqasi tarixi , orta asr "Musiqiy risolalar " va ayniqsa, o`zbek maqomlariga ilmiy- tadqiqot ishlarini olib borgan. "Maqomlar masalasiga doir" (1963), "Maqom asoslari" (1992) va ko`pgina maqolalar muallifi. Toshkent davlat konservatoriyasida "Maqom asoslari" fanidan ijrochi- talabalarga saboq berib kelgan ustozlar sirasidan. Fayzulla Muzaffarovich Karomatli (1925) O`zbekistonda hizmat ko`rsatgan fan arbobi, san'atshunoslik fanlar doktori, (1971) professor, musiqashunos, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti (1944) va Toshkent davlat konservatoriyasi (1950) tamomlagan. 1972- yili Toshkent 'konservatoriyasi qoshidagi "Sharq musiqasi" kafedrasini tashkil etgan. 1954- yilan boshlab O`zbekiston va Markaaziy Osiyo davaltlari bo`ylab o`tkazilgan ekspeditsiyalarda rahbarlik qilgan. O`zbek vsTojik an'anaviy musiqasi namunalarini to`plab, yozib olish ishlarini olib borgan. "O`zbek xalq musiqa merosi XX asr' 1,2 kitoblar (1978- 1985), "Pomir musiqa san'ati", 1-2- tomlar ( N.N urjonov bilan birgalikda 1978 1985). "O`zbek cholg`u musiqasi merosi" (1972) va boshqalar. U faoliyati mobaynida Xalqaro "Maqom" guruhi hamraisi bo`lib ham ko`rsatgan. O`zbek an'anaviy musiqiy namunalarini to`plash, magnit tasmalarga yozib olish, hujjatlashtirish, nota yozuvida muhrlash va ilmiy o`rganish hamda ularni nota to`plamlari, kitoblar va gramoplastinkalar orqali nash etishda san'atshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining faoliyati ahamyatlidir. 1928-yili Samaqrand O`zbeklarning xalq va klassik musiqasini o`rganish ilmiy tekshirish instituti sifatida ish boshlagan muassasa, keyinchalik o`zbek musiqasini o`rganish markaziga aylandi. V.Uspenskiy, I.Akbarov, F.Karomatli kabi atoqli olimlar rahbarligida respublikaning va Markaziy Osiyoning turli jouylarida ekspeditsiya ishlari olib borildi. Natijada O`zbekistonda juda boy musiqas arxivi yuzaga keldi va kundan kunga boyib bordi. Hozirgi kunda institut fonatekasi 1million metrdan ziyod magnit tasmalarda va audio disklarda xalqimizning noyob durdonalariturli xalq qo`shiqlaridan tortib to yetuk san'atkorlar tomonidan ijro etilgan yirik maqom tukumlarigacha saqlanmoqda.
O’zbek xalqining ko’hna va boy musiqa madaniyati asrlar osha qudratli ma’naviyat manbai bo’lganligi o’tmish tarix zarvaraqlaridan ma’lum. Binobarin, milliy qadriyatlarni ajoyib an’analar ila o’zida mujassam etgan an’anaviy musiqamiz xazinasi hanuzgacha badiiyestetik qiymatini yo’qotmasdan kelmoqda. Ma’lumki, Markaziy Osiyo qadim-qadimlardayoq madaniyat o’chog’i, ilm-fan rivoj topgan zamin sifatida ma’lum va mashhur edi. Bu yerda yetishib chiqqan buyuk olimlar jahon fani, me’morchiligi, adabiyoti va san’ati rivojiga katta hissa qo’shib kelganlar. Musiqa san’ati ravnaqida ham ana shunday allomalarning ulushi katta bo’ldi. O’zining tarixiy "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 771 jarayonida turli davr shart-sharoitlari hamda ehtiyojlar taqozosi bilan ular shaklan, usluban va mazmunan tobora o’zgarib borganini qisman tegishli manbalar yordamida kuzatish mumkin. Bizgacha yetib kelgan ashula va maqom namunalari, cholg’u kuylari, bastakorlik ijodiyotining noyob mahsullari rosmana, musiqa folklori bilan uzviy bog’langan holda shakllanib, rivojlangandir. Aytish mumkinki, biz bugun «Shashmaqom» deya atab, e’zozlayotgan boy mumtoz musiqamiz shakllanishi, takomillashuvi, umuman taraqqiyoti qadim davrlarda boshlangan. Dastlab o’n ikki maqom, keyinchalik esa «Shashmaqom» shaklidagi bu merosning asosi yetuk bastakorlar, sozandayu xonandalar tomonidan bunyod etilgan va takomiliga yetkazilgan. O’zbek mumtoz musiqa san’ati olamining oltin xazinalari cheksiz va dunyodagi eng qadimiylardandir. Shu o’lmas mumtoz asarlar xalqimiz o’rtasida professional va havaskor sozandalar, xonandalar ijrosida doimo yangrab, asrlardan-asrlarga, ustozdan shogirdlarga o’tib, mukammallashib, sayqal topib, boyitilib bizning davrimizgacha yashab keldi va xalqimizning bebaho mulkiga aylandi. Shu musiqiy xazinamiz ustozona sozandayu hofizlar, bastakorlar tomonidan yaratilib kuylangan va rivojlangan; o’zining turli xil yo’llari, shakllari, usul va uslublariga ega bo’lib, musiqa ilmining fidoyi ijodkorlari, nazariyotchi-olimlari tomonidan ilmiynazariy qonuniyatlariga ham ega bo’lgan va o’z aksini o’rta asr «musiqiy risolalarida» topgan. lublarini o’zlashtirmoqdalar. Xalqimizning boy musiqa merosi, maqomlarimiz Markaziy Osiyo musiqa madaniyatining yuzaga kelishida, shakllanishida asosiy manba vazifasini o’tadi, desak mubolag’a bo’lmaydi. Chunki uning noyob ohanglari, dilkash navolari va chuqur mazmunli she’riy matnlari inson ruhiyatiga ozuqa beruvchi manba ekanligini qayta-qayta ta’kidlash mumkin. XX asrda maqomchilik san’ati rivoji milliy negiz bilan uyg’unlashgan holda yanada taraqqiy topdi. O’zbekistonda «Shashmaqom»ning yangi milliy udumlari paydo bo’lishi ham serqirra maqom an’analarini nafaqat saqlanishi va himoya qilinishi, balki yanada yuksalishiga olib keldi. O’zbek mumtoz musiqasi, birinchi navbatda, kishiga ruhiy engillik baxsh etish vazifasini bajarsa, ikkinchi tomondan, kishining tashqi dunyoga estetik munosabatda bo’lishini shakllantiradi; uchinchi tomondan esa tarbiyaviy ta’sir vazifasini ham bajaradi. har bir musiqa asarining kishi ruhiyatiga ta’sirini qadim davrlardayashab o’tgan olimlarning asarlari ham, hozirgi texnika taraqqiyoti davri samaralari ham isbotlab turibdi. Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqaning inson ruhiyatiga ta’siri, turli his-tuyg’ular uyg’ota olish xususiyatlarini batafsil tahlil qilganlar. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Safmddin Urmaviy, Qutbiddin Sheroziy, Abdulqodir Marog’iy, Abdurahmon Jomiy, Darvish Ali Changiylar maqomlar va umuman, mumtoz musiqaning kishilarga ta’sirini o’rganishgan. Maqom, uning sho"balari va qismlari insonga turlicha ta’sir qilishini uqtirib o’tishgan. Ushshoq, Navo, Husayniy, Iroq, Dugoh, Buzruk kabi jozibador va ohangdor maqom yo’llari nafaqat Markaziy Osiyoda, balki Yaqin va O’rta Sharq xalqlari musiqa madaniyatidan "Science and Education" Scientific Journal / ISSN 2181-0842 January 2022 / Volume 3 Issue 1 www.openscience.uz 772 o’rin olib, mashhur bo’lgan. Shu bois, o’zbek mumtoz musiqasi minglab yillar davomida shakllanib, sayqal topib, badiiylashib, yuksak pog’onalarga ko’tarilgan va xalqning madaniy-ma’naviy boyligiga aylangan. Insonni ma’naviy kamol toptirishda tarbiyaviy ta’sirning barcha shakl, usul va vositalaridan samarali va unumli foydalanish lozim bo’ladi. O’zbek mumtoz musiqasi serjihat va buyuk ma’naviyat namunasi sifatida namoyon bo’lib kelgan. Binobarin, ushbu musiqa namunalari ijod, san’at turi bo’lib qolmasdan, balki madaniyatning muhim bir qismi sifatida ham o’rganilishi lozim. O’zbek mumtoz musiqasi shunday keng ko’lamliki, uning qamrab olmagan mavzulari kamdan-kam topiladi. Xalq o’zi kuylayotgan ashulalarga,
dostonlariga, maqomlari va cholg’u kuylariga insonni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalashga ta’sir ko’rsata oluvchi tarbiyaviy mavzularni singdira olgan. Ushbu musiqa numunalari orqali xalq yuragidagi dardlarini, mehr-muhabbatini, ishqiy kechinmalarni, orzu-istaklarini bayon qilib kelgan. Ta’kidlash lozimki, o’rta ma’lumot beruvchi musiqa ta’lim tizimida o’zbek mumtoz musiqasini alohida fan sifatida o’rganish birinchi marta amalga oshirilmoqda. Bu yosh avlodning o’tmishni, o’zining boy merosini mukammalroq bilishi va idrok qilishi uchun zamin tayyorladi. Mumtoz musiqamizni o’rganish, uni amalda o’zlashtirish musiqa va san’at kollejlari hamda akademik litseylar talabalarining milliy g’ururini shakllantirish uchun asosiy omillardan bo’lib qoladi. O’zbek mumtoz musiqasi haqida alohida mukammal ma’lumot berishning bosh maqsadi mazkur o’quv muassasalari talabalarini o’zbekona musiqa an’analari, qadriyatlari ruhida tarbiyalashga munosib hissa qo’shishdir. Xalqimiz va uning namoyandalari tomonidan yaratilgan ashula va katta ashulalar, dostonlar, maqomlar va turli shakllardagi cholg’u kuylari hamda ularning ijro uslublari va usullari yuzasidan ma’lumot hosil qilish, ular haqida mustaqil fikrni shakllantirish o’zbek mumtoz musiqasi fanining vazifalari hisoblanadi. O’zbek xalqining musiqa madaniyati ko’p asrlik tarixga ega bo’lib, u ko’pchilik sozanda va xonandalar avlodining faoliyatida qaror topgan an’anaviy musiqa san’ati ekanligi haqida guvohlik beradi. An’anaviy musiqa - bu badiiy jarayon bo’lib, unga xalq tomonidan yaratilgan, asrlar osha bizgacha yetib kelgan xalq musiqa ijodi yoki musiqa folklori va yetuk sozanda-bastakorlar tomonidan ijod etilgan mumtoz musiqasi kiradi. Bu ijodiyot namunalari og’zaki an’anada saqlanib, sayqal topib, barkamol musiqa asari sifatida rivojlanib kelmoqda.
Maqom nima? Maqom arabcha «joy», «o`rin», «makon», musiqa tushunchasida esa cholg`u asboblarida tovush hosil etiladigan joy, ya’ni aslida parda ma’nosini bildiradi. Maqom muayyan pardadan boshlanadigan lad - tonallikni, hamda ularga mos keladigan kuy va ashulalar majmuasini ham ifodalaydi. "G`iyosul-lug`at"
qomusining muallifi G`iyosuddin o`tmish olimlarining mulohazalariga tayanib, maqom iborasini quyidagicha ta’riflaydi: "Maqom – pardai surudro go`yand" – «Maqom deb kuy va ashulalar pardasiga aytiladi». Bu erda kuy va ashulalar boshlanadigan parda hamda ular harakat etadigan lad tovushqatorlari hisobga olingan albatta.
Musiqaga doir eski manbalardan ma’lumki, maqomlarning tarixiy - nazariy va amaliy tamonlari bor. Ularning nazariy masalalari IX-XV asrlarda yashab ijod etgan Kindiy, Farobiy, Xorazmiy, Ibn Sino, Urmaviy; Sheroziy, Marog`iy, Jomiy va Husayniy kabi buyuk olimlarning risolalarida chuqur ilmiy asosda sharhlab berilgan. Shuni qayd etish lozimki musiqa nazariyasi hamma Sharq xalqlarida ba’zi tafovutlarni hisobga olmaganda deyarli bir xil mazmunda bo`lgan. Hatto maqomlar, sho`’balar nomi ham o`xshash edi. Lekin, ularning musiqiy mazmuni har bir xalqning o`ziga xos bo`lib, bir-biridan tubdan farq etgan. O`tmishdagi musiqiy nazariy risolalarda O`n ikki maqom (Duvozdah maqom) majmuasi va unga kirgan 24 sho`’ba va olti ovoza haqida mulohaza yuritiladi.
Ma’lumki, Temur davridan boshlab, to XVIII asrgacha yaratilgan musiqa risolalarida, adabiy, tarixiy va badiiy manbalarda maqomlar ustida ijodiy ish olib borgan sozanda-bastakorlar, ular yaratgan kuy va ashulalar nomlari keltiriladi, ularning qaysi maqomga tegishli ekani, doira usullari haqida gapiriladi. Musiqa risolalarida keltirilgan o`n ikki maqomlarning pardalari olti maqomdagi shakligi deyarli mos keladi yoki ular juda yaqindir.
XVI-XVII asr olimlaridan Najmiddin Kavkabiy va Darvish Ali Changiy kabi olimlarning risolalarida Buxoro xonligi davrida joriy etilgan O`n ikki maqom va ular asosida kuy ashulalar bastalagan san’atkorlar haqida gapiriladi.
O`n ikki maqomning Shashmaqomga munosabati masalasiga kelsak ulardagi maqom va sho`’balar nomi ko`pincha bir xil. Bu esa O`n ikki maqomdagi ayrim maqom va sho`’balar olti maqomga birlashtirilib, yaxlit turkum holiga keltirilganidan darak beradi. Shashmaqom tarkibida O`n ikki maqomdagi nomlar uchrashini hisobga olib, bu erda O`n ikki maqom va ularning sho`’balarini sanab o`tamiz. O`n ikki maqom majmuasiga quyidagi maqomlar, ularning ma’lum ko`rinishlari - ovozi va sho`’balar kiradi: Ushshoq, Navo, Busliq, Rost, Husayniy, Hijoziy, Rohaviy, Zangula, Iroq, Isfahon, Zirafkand, Buzruk.
Ovozlar: Navro`z, Salmak, Gardoniya, Gavasht, Moya, Shashnoz.
O`n ikki maqomning sho`’balari quyidagicha ataladi: Dugoh, Segoh, Chorgoh, Panjgoh, Ashiyran, Bayotiy, Navro`zi Arab, Navro`zi Xoro, Navro`zi Bayotiy, Hisor, Nuxuft, Uzzol, Avj, Nayriz, Mubarka’, Rakb, Navro`zi Sabo, Humoyun, Zovuliy, Isfaxonak va Ro`yi Iroq, Bastai Nigor, Nihovand, Javziy, Muxayyar.

O’zbek milliy musiqa tarixini o’rganishda A.Fitratning hissasi salmoqli bo’lib, muallifning ushbu masalaga bag’ishlangan asar va maqolalarida o’zbek mumtoz musiqasi, uning uslublari va ularning turk, arab, fors musiqalaridan farqi, “Sharq musiqasi” nazariyasi va uning asoslari to’g’risidagi tahliliy fikr-mulohazalari bayon etilgan.


Musiqashunos-etnograf olim V.Uspenskiy va V.M.Belyayevlar ham o’zbek musiqa madaniyati tarixini tadqiq etishga kirishganlar. Ular o’zbek mumtoz musiqa san’ati va uning o’ziga xos jihatlari, o’lkada musiqaning tutgan o’rni, musiqa sozlari xususida nihoyatda boy ma’lumotlarni to’plab, nashr ettirgan edilar.
XX asrning 50-60 yillarida mavzuga aloqador yaratilgan asarlarda o’ziga xos yondashuvlarni kuzatish mumkin. Bu davrda T.Vizgo, K.Olimboyeva, M.Ahmedov, I.Rajabov, F.Karomatovlarning musiqa nazariyasi va amaliyotiga doir asarlari yaratildi.
O’zbekistonda musiqa san’ati bo’yicha fundamental asarlarning yaratilishi XX asrning 70-80 yillariga to’g’ri kelganligini ham qayd etib o’tish muhimdir. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda milliy madaniyat, uning an’analari va tarixini chuqur o’rganishga katta ahamiyat qaratilganligi tarixan qisqa muddat ichida musiqa madaniyatining turli yo’nalishlarini aks ettirgan asarlarning yaratilishiga sabab bo’ldi. Bu paytga kelib turli tarixiy davrlarda madaniyat sohasining turli yo’nalishlarida amalga oshirilgan ishlar, qo’lga kiritilgan yutuqlar, bu boradagi muammo va kamchiliklarni o’rganish maqsadini o’z oldiga qo’ygan ilmiy tadqiqotdir.
Buyuk Turon zaminida musiqa madaniyati va ijrochilik san’atining rivojlanishi qadim zamonlarga bog’lanib ketadi. Buyuk Sharq allomalari Muhammad Al-Xorazimiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Al-Farg’oniy, Abu Ali ibn Sino, Paxlavon Mahmud, Umar Hayyom, Mirzo Ulug’bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy , Pahlavon Muxammad, Najmiddin Kavkabiy, Darvish Ali Changiy va boshqa ulug’ bobokolonlarimiz o’zlarining risolalarida ijrochilik san’ati, musiqa ilmi va tarixi, cholg’u sozlarinig to’zilishi, ijroviy uslublari, san’atkorlik qonun-qoidalariga oid qimmatli ma’lumotlarni bayon etib ketganlar. Mashhur didaktik asar “Qobusnoma”da ham hofizlik va san’atkorlikning qoidalariga bag’ishlangan alohida bob o’rin olgan .
Zaminimizda o’tkazilgan tarixiy qazilmalar natijasida topilgan dutorga,surnayga, qonuoga, nayga o’hshash sozlar, toshlarga o’yib bitilgan sozandalarning soz chalib to’rganidagi tasvirlari, minyatura asarlaridagi sozanda va hofizlarning rasmlari o’lkamizda ijrochilik san’ati qadimdan rivojlanib kelganidan darak beradi. Sharq xalqlarining musiqiy merosi bo’lmish Maqom, Mo’g’om, Dastgoh, Navba, Raga, Kyui kabi ijrochilikning murakkab turkumlari avloddan-avlodga og’zaki ravishda o’tib kelgan. Tarixiy manbalar bilimdon ustoz san’atkorning fikri hamda ilmiy tadqiqotlarga qaraganda, XII-XVII asrlarda O’rta Osiyo, Xuroson va Ozarbayjon xalqlari quyidagi o’n ikki (davozdax) maqom mavjud bo’lgan. Ular “Ushshoq”, “Navo”, “Bo’zalik”, “Rost”, “Husayniy”, “Xijoz”, “Rohaviy”, “Zangula”, “Iroq”, “Isfahon”, “Zirofqand”, “Bo’zrug”.
Yuqoridagi fikrlarga suyangan holda, shunday xulosa qilish mumkinki, tarixiy sharoitga yangi ijro y o’llari saqlangan ko’rinishlari bilan jilolanib ketgan. Keyinchalik xalqning etnik joylashishi, yashash sharoitlari, turmush tarziga qarab ularning turlicha madaniy rivojlanish davriga asoslanib har xil maqom yo’llari ham o’z o’rnini topganligi ehtimoldan holi emas.
Natijada XVIII asrga kelib Buxoroning “Shashmaqom” (Olti maqom)i: “Bo’zruk”, “Rost”, “Dugoh”, “Segoh”, “Navo”, “Iroq” maqomlari o’zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlangan bo’lsa, Farg’onaning “Chor maqom”i (To’rt maqom), “Dugox Xusayniy”ning yetti yo’li, “Chorgoh”ning oltita ijrochilik yo’li, “Shahnozi Gulyor”ning oltita ijrochilik yo’li hamda “Bayot” yo’llarining savt va taronalari bilan jilolanib, ijro etib kelingan .
Xorazm maqomlari ham yuqorida tahkidlangan olti maqom ijrosini alohida uslubiy va o’ziga hos yo’nalishlarini kuzatish mumkin. Bunda faqat keyinchalik yettinchi maqom sifatida chertim yo’lidagi “Panjgoh” maqomi kiritilgan.
Xalq san’atining ulkan bilimdoni ustoz Yusufjon qiziq Shakarjonov: “Milliy musiqa san’atimiz bamisoli bir daraxt bo’lib, uning tomiri Xorazm, tanasi Buxoro, shohlari Farg’onadir”,- deb ta’riflagan ekanlar. Ustozning bu gaplarida katta ma’no yotadi.
Musiqiy ijrochiligimizning yana bir yo’nalishi dastonchilik sa’ati Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm vohalarida juda rivojlargan bo’lib,xalq baxshilari tomonidan sevib ijro etib kelinadi.
IX-X asrda yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o’z zamonasining chang sozlarini chalishda mohir bo’lganligi, ayniqsa “Bo’yi juyi muliyon” she’rining ushshoq kuyida aytilgani qadimgi qo’l yozmalarda ko’rsatilgan. Adabiyotshunos olim N.Mallaev qadimgi qo’lyozmalar asosida X-XIIasrlarda tanbur, rubob, kus nog’ora, qo’biz, talb, tanburok, zir, nay, chag’ona, shaypur, surnay, karnay, arg’unay, qonun kabi torli, zarbli va puflab chaladigan cholg’u asboblari o’lkamida keng tarqalganini va o’n ikki maqom taraqqiy topib takomillashganini ko’rsatib o’tgan.
Natijada XIII asrga kelib Buxoroning “Shashmaqom” (olti maqom);
“Bo’zruk”,”Rost”,”Navo”,”Dugoh”,”Segoh”,”Iroq” maqomlari o’zining nasr va mushkulot qismlari bilan rivojlandi.
Shuning uchun avloddan-avlodga o’tib kelgan bebaho musiqy meros sanalmish Buxoro, Xorazm va Farg’ona, Toshkent maqomlari betakror ashula va katta ashulalar singari durdonalar bizga berilgan ulug’ ne’mat sifatida ardoqlanadi
IX-XII asrlarda O’rta Osiyo musiqiy madaniyatida o’zgarishlar davri bo’lganligi manbalarda ko’rsatib o’tiladi. Lekin X-XII asrlarda ijod etgan sozandalar, hofizlar va bastakorlarning nomlari va ularning ijodiy faoliyatlari haqida juda kam ma’lumotlar saqlanib qolgan. Ustoz musiqashunos olimlarning yozma manbalariga asoslanib ba’zilar ustida to’htalib o’tishni lozim topdik.
IX-X yashagan buyuk shoir Abu Abdullo Rudakiy o’z zamonasining chang sozlarini chalishda moxir bo’lganligi, ayniqsa “Bo’yi juyi muliyon” sherining ushshoq kuyida aytilgan qadimgi qo’lyozmalarda ko’rsatilgan.
Х asrning buyu qomusiy olimi Abu Nasr Al Farobiy bo’lib uning musiqa sohasida yaratgan asarlari asosida Ovrupa olimlari ham qator asarlar yaratganlar. Farobiy o’z faoliyatida musiqa ilmini tadqiq etish bilan birga fiziologik asoslarni ishlash ustida ijod qildi va “Qonun, g’ijjak” kabi yangi musiqiy sozlarni kashq etdi. Uning musiqa sohasidagi nazariy asarlaridan “Kitob ul musiqa al-kabir” (Katta musiqa kitobi), va boshqa asrlari mavjud. Farobiy o’sha davr ijrochilik san’atida katta shuhrat qozongan uning musiqa yo’nalishidagi nazariy asarlari kelajakda O’rta Osiyo xalqlari musiqa fani taraqqiyotiga asos bo’ldi va shu bilan birga dunyo musiqa fani rivojiga ham katta hissa bo’lib qo’shildi.
Yana bir ulug’ alloma Abu Ali Ibn Sino musifa nazariyasi bilan shug’ullangan bo’lib bemor insonlarning dardiga musiqa ham shifo bo’lishi haqida yozib o’tgan. Uning “Alqonun fit-tib”, “Kitob ul shifo”, “Donishnoma” kabi qator asarlarida musiqaning estitek ahamiyati va ta’sir kuchiga, ayrim ruhiy kasalliklarni musiqa vositasi bilan shifolash usullarini o’z amaliyotida isbotlab berdi.
Tarix zarvaraqlariga nazar soladigan bo’lsak ulug’ bobomiz Amir Temur davrida ham madaniyat va san’at gurkirab rivojlangan. Amir Temur o’z to’zuklarida 10-toifa xunar-san’at egalaridir. Ularni davlatxonaga keltirib o’rdada o’rinlari belgilangan. Yozma manbaalarda yana shu darning yirik bastakor Sayfitdin Nayi, Qutbi Nayi, Said Yusuf (qo’bo’z) Darvishbek kabi musiqa sohasida mashxur bo’lgan san’atkorlar qalamga olinadi.
Ulug’bek vafotidan so’ng san’atdagi rivojlanish davri Hirotga ko’chdi.
Buning bavosita rahbarligada ulug’ bobomiz Alisher Navoiy turdi, podshoh va shoir Xusayn Boyqaro xomiylik qildi. Navoiy butun Movrounnahr, Xuroson san’at va adabiyot ahlining sarboni bo’lib yangi taraqqiyot pog’onasiga olib chiqdi. SHu davr ichida o’zbek xalqining musiqa madaniyati yuksak cho’qqiga ko’tarildi. Yangi kuylar, qo’shiqlar, musiqa nazariyasiga oid asarlar maydonga keldi, talantli sozandalar, bastakorlar, hofizlar yetishib chiqdi.
O’tmishda nota yozuvi bo’lmaganligi sababli og’izdan-og’izga o’tib kelgan mavjud xalq mumtoz kuy va qo’shiqlari endilikda notaga olingan bo’lib, bu xayrli ishni V.A.Uspenskiy, Ye.E.Ramonovskaya, I.Akbarov, M,Yusupov, akademik Yu.Rajabiy singari allomalar amalga oshirdilar. Bu borada ayniqsa ustoz Yunus Rajabiyning xizmatlari beqiyosdir. Natijada “O’zbek xalq musiqasi”, ”SHashmaqom”, “Xorazm maqomlari” singari ko’plab musiqiy to’plamlar dunyoga keldi va xalqimizning chinakam ma’naviy boyligiga aylandi.
O’lkamizda musiqiy merosimizning ajiralmas qismi bo’lmish xofizlik azaldan muqaddas sanalgan. Islom olamida muqaddas kitobimiz bo’lmish “Qur’on” oyatlarni dilga jo qilib uning zebu-zabarlari bilan yoddan ijro etgan allomalarni “Hofizi Qur’on” deb yuritganlar .
“Hofiz” arabcha so’z bo’lib, ”yodda saqlamoq” ma’ngosini anglatadi. Hofiz-ollohning 99 ismlaridan biri deb ham ta’riflanadi. Mumtoz hofizlarimiz islomiy bilimlardan ham badiiy she’riyatdan habardor bo’lganlar. SHuning uchun ham ular ijro etgan qo’shiqlar nihoyat ta’sirchan bo’lib, tinglovchilarni o’ziga rom eta olgan. Mumtoz shoirlarimizning beqiyos ma’noga ega bo’lgan g’azallarni kuyga solib, ijro etgan qo’shiqlari uchun “Hofiz” degan nomga musharraf bo’lishlari ham qandaydir ramziy ma’no kasb etishi tabiiydir.
O’zbek xalq musiqasining janrlariga asoslanib yaratilgan asarlarni ijro etuvchilar qadimda turlicha nomlangan: xonanda, hofiz, ashulachi, qo’shiqchi, yallachi, katta vashutslachi, laparchi, talqinchi, maqomxon, savtxon, baxshi, shoir, zokir, mug’anniy, mutrib, yirovchi, go’yanda, singarilar.
O’tmishda hofizlarimiz “SHkami” yo’lida ijro etganlar. Bu yo’ldja ijro etish g’oyat murakkab bo’lib, shinavandalar tomonidan juda qadrlangan. Bizning davrimizga kelib xam bu hayrli ishlar davom etmoqda.
Mashxur xofiz va bastakor Fattohxon Mamadalev “Nasrulloiy” musiqa yo’llariga so’z solib uning talqinchasini, uforisini, soqiynomasini yaratdi.
SHu o’rinda aytish lozimki qo’shiqchilik san’atimiz rivojna o’zbek bastakorlari va sozandalari o’zlarinig o’lkan xissalarini qo’shib kelmoqdalar. Yu.Rajabiy, T.Jalilov, I. Ikromov, S.Kalonov, K.Jabborov, Fahriddin Sodiqov, A. Ismoilovlar singari yuzlab bastakorlar yaratgan qo’shiqlar va kuylar xalq mulkiga aylanib qoldi.
ХХ asrning ikkinchi yarimiga kelib an’anaviy qo’shiqchiligimiz guldastasi navbatdagi avlod quliga o’tdi.Orif xoji Alimahsumov, Ochilxon Otaxonov, Orifxon Xotamov, Fattohon Mamadaliev , Tavvakkal Qodirov, Faxriddin Umarov, Ro’zimat Jumaniyozov, Ne’matjon Qulabdullaev, Otajon Xudoyshukrov, Bobomurod Hamdamov, Tojiddin Murodov, Kamolliddin Rahimov singari mashhu hofizlar shular jumlasidandir.

Mustaqilligimiz sharofati bilan mamlakatimizda o’tkazilayotgan respublika vohalar yosh xonandalari ko’rik tanlovlapri, ”SHarq taronalari” xalqaro musiqiy anjumanida hofiz va xonandalarimiz erishayotgan muvaffaqiyatlari “O’zbekiston -vatanim manim!” respublika qo’shiqlar ko’rik tanlovlarini an’anaviy tarzda o’tkazilishi qo’shtqchilik san’atimizning kelajak avlod quliga topshirishda ko’prik bo’lib xizmat qilmoqda. Bugungi kunda ustozlar an’ansini davom ettirishib, qator san’atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan xolda o’zlariga xos ijro yo’llari va uslublar bilan qo’shiqchilik xazinasiga sezilarli hissa qo’shmoqdalar. (ILOVA) Yurtimizda musiqa san’ati qadimdan rivojlangan. Urgut tumanidagi Mo’minobod qishlog’idan 3ming 300 yil muqaddam suyakdan yasalgan nay topilgani, ko’xna Afrosiyob devoriy suratlardagi mashshoq.


Mug’aniylar tasviri ulug’ alommalarimizning musiqaga oid falsafiy-estetik qarashlari xalqimizning qadimda ham musiqiy salohiyati naqadar yuksak bo’lganligidan dalolatdir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 1-noyabrda imzolangan «Xalqaro baxshichilik san’ati festivalini o’tkazish to’g’risida»gi qarorining kirish qismida «Har qaysi xalqning azaliy tarixi va madaniyati eng avvalo uning og’zaki ijodi – folklor san’atida, doston va eposlarida mujassam topgan bo’lib, ular millatning o’zligini anglash, uning o’ziga xos milliy qadriyatlari va an’analarini saqlash va rivojlantirishda bebaho manba hisoblanadi», deya keltiriladi. Epik an’analar tarixi uzoq o’tmishga borib taqaladi, ammo ular O’zbekistonda hozirga qadar musiqiy va shoirona ko’rinishda saqlanib qolgan va rivoj topmoqda. Va bu o’zida biryo’la dostonchi, shoir, sozanda, xonanda va aktyorlikni mujassam etgan baxshi-shoir (dostonchilar, jirov, baksi, yuzboshi, sannovchilar) – xalq dostonchiligi san’ati bilan bog’liq. Baxshilardan ulkan so’z boyligi, jonli xalq tilining istalgan shaklidan mohorat bilan foydalanish, so’z o’yinlari va musiqiy bezaklar majmuidan boxabar bo’lish talab etiladi. Negaki, dostonlar faqat og’zaki ijro uchun mo’ljallanmagan. Ularda o’z musiqiy asoslari bilan farq qiluvchi 5 dan 36 tagacha ohang mavjud. Ohanglar qisqa va takroriy tuzilmaga ega. Ohanglar so’zlab, kuylash tavsifiga ega. Do’mbira, dutor yoki qo’bizda o’zi chalib ijro etiladigan termalar asosiy musiqiy-she’riy janr hisoblanadi.

So’zsiz, O’zbekistonda Xalqaro baxshichilik san’ati festivali o’tkazilayotgani


tasodifan emas. Mamlakatimizda o’ziga xos baxshichilik, dostonchilik maktabi yaratilgan bo’lib, u ustoz-shogird an’analariga asoslanadi. O’zbek xalq musiqiy san’atida dostonchilik to’rt: Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm va Qoraqalpog’iston hududlariga bo’linadi. Har bir mintaqaning o’z baxshi-shoirlari, epik san’at yaratuvchilari va ularni saqlovchilari bor. Ularning ko’plari repertuaridan 20 tadan 100 tagacha doston ijrosi o’rin olgan. XX asr dostonchilariga – Po’lkan shoir (76 doston), Qodir baxshi (72), Fozil Yo’ldosh o’g’li (60), Ergash Jumanbulbul o’g’li (50), Mardonqul Avliyoqul o’g’li (43), Bola baxshi Abdullayev (20 tadan oshiq), Yusuf O’tagan o’g’li (31)larni misol keltirish mumkin .
O’zbek baxshichilik san’ati hozirga qadar mashhur hisoblanadi. Ular faoliyati ham davlatimiz tomonidan yuksak baholanadi. Ularga yuksak «O’zbekiston xalq baxshisi» unvoni ham beriladi. Boshqa biror mamlakatda bu kabi maqom uchramaydi. Bola baxshi Abdullayev va uning o’g’illari – Norbek va Yetmishboy, Qalandar baxshi Normatov, Shomurot Tog’ayev, Abduqahhor Rahimov, Ziyodulla Islomov, Shoberdi Boltayev, Abdunazar Poyonov, Boborayim Mamatmurodov, Qora baxshi Umirov, Jumaboy jirovlar ham xalq orasida katta hurmat-e’tibor qozongan.
Katta avlod an’analarini yosh avlod davom ettiradi. Xususan, Feruz Normatov va Jonibek Piyazovlar «Nihol» mukofoti sovrindorlariga aylanishdi.
Ko’pgina taniqli baxshilar haqida «Yuragimning jo’ri bo’lgan do’mbiram» to’plamida batafsil ma’lumot keltirilgan. Uning tuzuvchisi - O’ktam Hakimov. Nashrga taniqli dostonchilar ijrosidagi epik dostonlar yozilgan disk ham ilova qilinadi.
I.2. O’zbek mumtoz musiqa madaniyati namoyandalari

KOMIL XORAZMIY (1825-1897)


Komil Xorazmiy Xiva shaxrida madrasa mudarrisi Ab¬dulla Oxun oilasida dunyoga kelgan. Otasining nazorati ostida o’qib juda ko’p bilimlarning soxibiga aylandi. Natijada zabarbast shoir, musiqashunos, sozanda bo’lib yetishadi.
Uning ustozlari zamonasining zabardast sozandalari va maqom taxlimotchilari bo’lgan. Buxorodan «SHashmaqom» ni Xorazmga olib kelgan Niyozxujaning
shogirdlari Muxammadjon sandiqchi, Abdusattor maxram, Xudoybergan etikchilaridan taьlim oldi. G’azallardan devon tuzadi va musiqa ustasi sifatida tanburning 18 pardasiga qarab 18 chiziq chizib, nechanchi pardada o’ynalsa, noxunning o’rishiga binoan nuqtalarni joylashtirgan va shu tariqa Xorazm «Tanbur chizig’i»ni yaratgan. Komil Xorazmiy Muxammad Raximxon Soniy Feruz saroyida martabali lavozimlarda ishlab uning xomiyligida ijod qilgan. Komil Xorazmiy «Tanbur chizig’ini» boshlab bergan bo’lsada u olti yarim maqomning bir maqomini «rost»ni kog’ozga tushirgan, qolgan besh yarim maqomning uning o’g’li, mashxur bastakor Ra¬sul Mirzo va xonning nazorati ostida xon sozandalari, Komil Xorazmiy shogirdlari amalga oshirganlar va Komil Xorazmiy xayotligida nixoyasiga yetkazildi. Otasini ezgu ishini davom etirgan Komil Xorazmiyning o’g’li Muxammad Rasul Mirzo 1922 yilda 83 yoshda vafot etgan va o’zining xususiy madrasasiga dafn qilingan.

OTA JALOLIDDIN NAZIROV (1845-1928)


O’zbek musiqa madaniyatining atoqli arbobi, SHashmakom ijrosining bilimdoni, Ota Jalol Nosirov maqomdon ustoz sifatida san’atkorlar va shinavandalar orasida o’z davrida mashxur bo’lib xozirgacha, uning muborak nomi eьzozlanadi. Buxoroda birinchi musiqa maktabining ochilishi, Samarqandda musiqa bilim yurtining tashkil topishi, shashmaqomning yozib olinishi va saqlab qolinishi uning nomi bilan bog’liqdir. Usta SHodi, Domla Xalim, Levicha xofiz, Bobokul Fayzullaev, Xoji Abdulaziz, kabi maqom xonandalari Ota Jalol Nosirovdan taьlim olishgan. Ota Jalol Nosirov 1845 yili Buxoro shaxrining Eshon pir maxallasida tavallud topgan. Uning oilasi musiqaga moyil bo’lib, akasi Mulla Xayrullo maxoratli maqom ijrochisi, uning o’g’li Karomat esa, usta kamonchilardan edi. Ana shu muxit uni musiqa bilan shug’ullanishiga sharoit yaratib beradi. U sakkiz yoshidan musiqa bilan shug’ullanadi va usha davrning Tillaboy, Mirzo Xidoyat, Abduraxmonbek, Mir bobo singari mashxur xonanda va sozandalaridan saboq oladi. Natijada 20 yoshidayoq shashmaqomni to’liq uzlashtirib oldi. Uning davrug’ini eshitgan Amir Muzaffarxon saroyga taklif etib saroy xofizi etib tayinlaydi. Amir Olimxon davrida esa “Miroxur” unvoni beriladi .
1920 yilda Buxoroda “SHarq musiqa maktabi” ochilib, bir qancha xofiz va sozandalar jalb kilinadi va Ota Jalol Nosirov o’zi bosh bo’lib shashmaqomni o’rgata boshlaydi. 1923 yili V.A. Uspenskiy Ota Jalol Nosirov va Ota Yeiyos Abdug’anievlardan shashmaqomning barcha turkumlarini yozib oladi. SHashmaqomning usha davrda notaga olinishi va 1924 yilda nashr qilinishi katta vokea sifatida baxolanadi. Va keyingi notalashtirish jarayonlariga yul ochib beradi.
Ota Jalol Nosirov faqat xonanda va sozanda emas, balki bastakor sifatida xam ijod qilganligi manbalarda ko’rsatiladi. Ustoz SHashmaqomning mushkilot qismlarini tartibga solgan ayrim shuxbalarini kengaytirgan va ko’shimcha qismlar bastalagan. Segox maqomi ijrosiga savt usuli bilan bir necha qismli shuxba bastalagan. Ushbu shuxba ijrosi «Savti jaloliy» deb nomlanadi.
1925 yilda Ota Jalol Nosirov Samarqandga taklif etiladi. Bu yerda yoshlarga maqom ijrolarini va yo’llarini o’rgatadi, kontsertlarda ishtirok etadi. Xoji Abdulaziz, Yunus Rajabiy, Mulla Tuychi Toshmuxammedov, SHoraxim SHoumarovlar bilan ijodiy muloqotda bo’ldi. Va ular ustozdan shashmaqom yo’llarini o’rganadilar, va maslaxatlar olib turadilar. Ota Jalol Nosirov ijrochilik uslubidan baxramand bo’lgan o’nlab shogirdlar keyinchalik maqom ijrochiligi san’atini rivojiga katta xissa ko’shdilar.
Ota Jalol Nosirov musiqa madaniyatimiz tarixidan shashmaqom bilimdoni va targ’ibotchisi, mashxur xofiz, va sozanda ko’plab maqom ijrochilarining ustozi sifatida o’zidan o’chmas nom qoldirgan ulug’ san’atkordir.
XOJI ABDULAZIZ ABDURASULOV (1854-1936)
Xoji Abdulaziz Abdurasulov mashxur xofiz va basta¬kor sifatida shuxrat qozongan bo’lib, Samarqand, shaxrida ko’k masjid maxallasida to’quvchi oilasida tavallud topgan. Uning musiqaga bo’lgan xavasi yoshlikdan boshlanib, tanburchi Xoji Raximqulga shogird bo’lib tushadi va maqom yo’llarini ijrochisi Borux xofizdan ashulalar o’rganadi va birga kuylay boshlaydi. Keyinchalik «SHashmaqom»ni mukammal o’rganish maqsadida Buxoroga borib, mashxur maqomdon ustoz Ota Ja¬lol Nosirovdan saboq oladi. Abdulaziz ikki marta Makkaga xaj safariga boradi va safar davomida turli millat kuy va qo’shiqlari bilan tanishadi. Xoji Abdulaziz tanburni juda yaxshi chertsada, ashulalarni ko’proq duetlar jo’rligida
ijro etardi. Uning dasturlaridan yuzlab ashulalar o’rin olgan bo’lib, xofizlikdan tashqari bastakorlik bilan xam shug’ullanardi. U yaratgan «Gulzorim» «Bozurg’oniy», «Bebokcha» «Qurbon ulam» ashulalari el orasida mashxur ijro sanaladi. 1909 yilda uning ijrosida Riga «Gramafon» firmasi «Iroq», «Nasrulloyi», «Ushshoqlar»ni yozib olgan. 1928 yilda Samarqand musiqa va xareografiya institutiga ishga olinadi va u yerda bo’lg’usi mashxur san’atkorlar M.Ashrafiy, T. Sodiqov, M.Burxonov, D.Zokirov va boshqalar uning ijodidan baxramand bo’ladilar. Ustoz san’atkor maqom ijrolarini boyitib, jumladan “Ushshok”ni “Samarkand ushshoki”, “Kashkarchai ushshok” yo’llarini va yana bir necha ijrolarini yaratadi. Ustoz juda ko’p shogirdlar yetishtiradi. Mashxur san’atkor Yunus Ra¬jabiy shunday eslaydi: - Poytaxt Samarqand shaxridagi paytlarda, Rizqi Rajabiy, Imomjon Ikromov, yana bir qancha san’atkorlar Xoji akaning uylarida yashab qo’shiq o’rganardik. Men Xoji aka aytgan qo’shiqlardan ta’sirlanib ertalabgacha uxlay olmasdim. Va birorta kuyni dilimga joylash uchun sekin xirgoyi qilib takrorlardim. Bordi-yu, biror joyni xato qilsam bormi, Xoji aka yotgan joyida menga kayrilib, “Xoy Yunusvoy, undoq emas na bundoq bo’ladi” deb o’zlari aytib berardilar. Xoji Abdulaziz Abdurasulov ijrosida kator qo’shiqlar gramplastinkalarga, radio tasmalariga yozib olingan. Ustoz xofiz sakson yoshda xam 1933 yil fevral oyida bo’lgan Uzbekiston san’atkorlarini birinchi slyotida qo’shiq aytish baxtiga muyassar bulgan. SHu kuni xoji Abdulaziz Abdurasulov va domla Xalim Ibodovga “Uzbekiston xalq xofizi” faxriy unvoni berildi. Ustozning tabarruk nomi mustaqillik yillarida xam eьzozlandi Prezidentimiz farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni berildi. Uning nomida Samarqand shaxrida yosh xonandalarning res¬publika ko’rik tanlovi o’tkazib turiladi.

MULLA TUYCHI TOSHMUXAMMEDOV (1866-1945)


O’zbek ko’shiqchiliq san’atida o’zidan o’chmas iz qoldirgan mashxur xofiz Mulla Tuychi Toshmuxammedov Toshkent shaxrining “Gulbozor” maxallasida bo’zchi oilasida tavallud topgan. Dastlab Abdulla qori maktabida taxsil olgan va islomiy ilmlar bilan bir qatorda Sheroziy, Mashrab, Fuzuliy, Xuvaydo, g’azallarini tinmay mutoala qiladi. Undagi san’atga bo’lgan xavas o’kigan g’azallari va

xofizlarning xonishlari orkali uyg’onadi, o’zi xam shu yo’lni tanlaydi.


Dastlabki musiqa taьlimini amakisi Usta Quchkordan oladi. So’ngra ustozi Ubaydullo Andalibdan ko’shiq aytish sirlarini o’rganadi. Asta sekin Toshkent xofizlarini nazariga tusha boshlaydi. SHobarot tanburchi, SHojalil xofiz, Muxammad Umar, Abduqaxxor va Nazarxon xofizlar bilan birga ijod qilib, ashula yo’llarini o’rganadi. Tez orada sayl va to’ylarda yig’inlarda qatnashib, el og’ziga tushadi. Zamondosh shoirlar Kamiy, Miskin, Xislatlar bilan xamkorlikda ijod qilib, ular ishtirokidagi yiginlarda qatnashadi va Buxoro, Samarqand, Qukon, Andijon, Margilon shaxarlariga xam borib ashula yullarini urganadi, o’ziga xos ashulachilik uslubini yaratadi. SHoir Xislat Mulla To’ychi xofizga atab “Armug’oniy Xislat” devonini tuzgan. Ushbu devondagi barcha g’azallar xofiz tomonidan ijro etilgan.
1904-1907 yillarda o’zbek xalqining kuy ashula va maqomlari birinchi marta gramafon plastinkasiga yoziladi. To’ychi xofiz ijrosida “Dugox Xusayn”, “CHorgox”, “Bayot”, “Ushshoq”, “Girya”, “Dilxiroj”, “Gulyor shaxnoz”, “Kuchabog’i”, “Eshvoy”, “Qurt2 singari ashulalar plastinkaga yoziladi. 1905- yilda yozilgan «Bayot» turkumlari plastinkasi ushbu satrlar muallifida saqlanadi. To’ychi xofiz tez-tez safarlarda bo’lib faqat Uzbekiston va qo’shni respublikalarda emas, SHarq mamlakatlarida xam tanildi.
Ayniqsa, sharqiy Turkistonda Qashkarda juda mashxur edi. 60 yillik ijodiy faoliyatini san’atga bag’ishladi va xalq xurmatiga sazovor bo’ldi. Uzbekiston xalq artisti unvoniga musharraf bo’ldi. Ko’plab shogirdlar yetishtirdi. SHoraxim SHoumarov, Yunus Rajabiy, Akbar Xaydarov, Ortiqxuja Imomxo’jaev, Turg’un Karimov singari mashxur xofizlar Mulla To’ychi Toshmuxammedov maktabining vakillaridir.

MADALI XOFIZ RAXMATILLO O’G’LI (1867-1930)


Farg’ona an’anaviy ijrochiligining moxir bilimdoni Madali xofiz Shaxrixon shaxrida tug’ildi. Otasi asli kosib bo’lib, diniy ilmlarni puxta egallagani uchun Raxmatillo K°ri nomi bilan mashxur edi. O’g’li Madalibekni xam kosiblikka berdi. Lekin qo’shiqqa bo’lgan xavas uni mashxur tanburchi xofiz Nuroxun akaga ergashtirdi. Zamondosh shoirlar Oraziy,
Xayratiylar bilan xamkorlik qiladi. Usha davrda Marg’ilonda gullab yashnagan madaniy muxit uni o’ziga chorladi va shu yerdan o’ylanib, muqim yashab qoldi. Bu yerda Yusuf qiziq, Matxolik xofiz singari san’at dargalari bilan yaqindan tanishdi. Uning ovozi shu qadar baland bo’lgan ekanki, “Madali xofiz Marg’ilonda qo’shiq aytsa, simda (Farg’onada) eshtiladi”, - degan ibora xalq ichida mashxur bo’lgan. Muqimiy, Zavqiy, Xaziniy, Pisandiy, Rojiy kabi mash¬xur shoirlar bilan ijodiy xamkorlik qiladi. Ularning g’azallari zamirida qator qo’shiq va yallalar yaratadi. Ayniqsa, Muqimiy g’azallari bilan aytiladigan “Abduraxmonbegi” qushiqar majmuasi xozirgacha sevib kuylanadi. Xofiz “CHormaqom”ning mashxur ijrochisi sifatida xalq orasida mashxur bo’lgan .
Madali xofiz “Qalandar”lar, “Tanovor”lar, qo’shiq va yallalarni to’plab o’zi ijro qildi va shogirdlarga o’rgatdi. Xatto Mulla To’ychi Toshmuxammedov xam Madali xofizning oldiga kelib qo’shiqlar o’rganib ketar ekan. Buning dalili sifatida Mulla To’ychi xofiz Madali xofizga shoir Xislatning “Armug’oni Xislat” bayozini sovg’a tariqasida berib ketgan ekan. Bu bayoz xozirgacha ustozning farzandlarida saqlanib keladi.
Madali xofiz o’zbek qo’shiqchilik san’atiga yalla yullarini olib kirdi. «SHoshmaqom»ning «Buzruk» maqomidagi “Savti sarvinoz” hamda “Segox” shuxbalarining muallifi sifatida, Madalibek nomi “O’zbek xalk musiqasi” kitobida ko’rsatib o’tilgan.
1912 yilda “Robert Kents” firmasi ekspeditsiyasi davrida xofizning “Abduraxmonbegi2 qo’shiqdar majmuasini plastinkaga yozib oladi. Bu plastinka xozirgacha xofizning o’g’li, taniqli bastakor Mamasiddiq Madalievda saqlanadi. Madali xofiz xar bir qo’shiqni talabchanlik bilan moxirona ijro etgani va shogirdlaridan xam shunday talab qilgani uchun «Noyob» degan taxallusga ega bo’lgan edi. Madali xofiz oltmish uch yil umr ko’rib, Marg’ilon shaxrida vafot etdi. O’zining vasiyatiga ko’ra Xujamaxoz mozoriga dafn etilgan.
USTA OLIM KOMILOV (1875-1954)
1935 yil Angliya poytaxti London shaxri. Muxtasham tomoshagoxda jahon xalklarining san’at festivali o’tmoqda. Navbat O’zbekistonlik san’atkorlar Tamaraxonim va Usta Olim Komilovlarga beriladi. Usta Olim chalgan doiraga Tamaraxonim “Pilla” raqsiga tushib tomoshabinlarni lol qoldiradilar. Qarsaqlar ostida ijrochilar yana saxnaga taklif qilinadi. Bu safar “Paxta” raqsi ijro etiladi.
Tomoshabinlar oyoklarida kalkib turishib, ikkala san’atkorni olqishlashadi. Butun tomoshagoxni larzaga keltirgan, gumburlagan childirma ovozini Londonliklar birinchi bor ko’rishlari v edi. Usta Olim Komilovning betakror doira ovozi edi. Raqsdan so’ng oldingi qatorda o’tirgan Buyuk Britaniya qirolichasi Mariya Lojalon saxnaga chiqadi. Usta Olimning childirmasini qo’liga olib ko’radi. Bu doira sozidan yurakni to’lqinlantiruvchi sado chiqargan panjalarni mo’jiza deb ataydi. Ushbu mo’jizakor panjalardan gipsga nusxa olib, Lon¬don muzeyiga quyishga farmon beradi. O’zbek san’atkorlariga qoyil qolgan qirolicha o’z qo’li bilan Usta Olim Komilov, Tamaraxonimga festival oltin medalini taqib qo’yadi. Usta Olim Komilovning bu panja nusxasi xozirgacha London muzeyida saqlanmoqda. 1875 yilda Marg’ilonlik oddiy to’quvchi oilasida dunyoga kelgan Usta Olim Komilov shunday buyuklik darajasiga yetgan san’atkordir. Yoshligida arava tuzatuvchi ustaga shogird tushadi, 12 yoshdan boshlab Masaid otadan chang va doira chalishni o’rganadi. Lekin doiraga bo’lgan xavas unga ko’prok ilxom keltirar edi. Natijada doira sozining ustasi bo’lib yetishadi.
Mashxur san’atkor Muxiddin Qori Yokubov 1926 yilda tuzgan o’zbek etnografik folklor ansambliga Usta Olim Komilovni taklif qiladi. U bu ansambl tarkibida Rossiyaning juda ko’p shaxarlarida va Kavkaz ortida gastrolda bo’ladi, so’ngra o’sha davrda respublika poytaxti bo’lmish Samarqand shaxriga oilasini ko’chirib keladi. Turmush o’rtog’i Begimxon o’zi bilan singlisi Nurxon Yo’ldoshxujaevani xam birga olib keladi. Nurxon san’at soxasida ishlay boshlaydi. Bir yildan so’ng Marg’ilonga qaytishganda, Nurxon akasi tomonidan vaxshiylarcha o’ldiriladi.
Bu fojia butun respublika san’at axlini larzaga soladi. Bu xaqida musiqali dramalar saxnalashtirilgan, sheьr va qo’shiqlar yaratilgan. Usta Olim Komilov mashxur san’atkor Tamaraxonim truppasida uzoq yil faoliyat ko’rsatib, dunyoning juda ko’p mamlakatlarida san’atini namoyish qilgan. 1932 yilda mexnat qaxramoni unvoni bilan taqdirlangan. 1937 yilda esa Moskvada bo’lib o’tgan o’zbek adabiyoti va san’ati dekadasidan so’ng «Uzbekiston xalq artisti» unvonini oladi.

Farg’ona kanali qurilishida o’zining doira shodiyonalari bilan odamlarni mexnatga chorlaydi. Usta Olim Komilov O’zbekiston doirachilarining piri ustozi hisoblanadi. Buni G’ofir Inog’omov, Qaxramon Dadaev, Odil Kamolxo’jaev, Talxat Sayfuddinov, Dilmurod Islomov singari doirachilar mamnuniyat bilan gapirishadi. Xozirda Marg’ilon shaxridagi adabiyot va san’at muzeyida ustozning kiyimlari, shaxsiy buyumlari, orden va medallari xamda London tomoshabinlarini lol qoldirgan childirmasi saqlanmoqda. Mashxur san’atkor Usta Olim Komilov yurtdoshlari qalbiga abadiy muhrlangan. Marg’ilon shahridagi ko’chalardan biriga, Farg’ona shahridagi 1-bolalar musiqa maktabiga uning nomi berilgan. Ustozlar chirog’i aslo o’chmagay.


DOMLA XALIM IBODOV (1878-1940)
An’anaviy qo’shiqchilik san’atimizning yorqin namoyondalaridan biri Domla Xalim Ibodov Buxoro shahrida to’kuvchi oilasida dunyoga keldi. O’n yoshidan taniqli xonanda va sozanda Usta SHarof raxbarligida doira chertib, xalq qo’shiqlarini ijro eta boshladi.
Ustoz unga sekin-asta “SHashmaqom” namunalaridan tanishtira boshladi va mashxur san’atkorlar Ota Jalol va Ota G’iyoslar bilan yaqindan tanishishiga yordam berdi. O’n sakkiz yoshidayoq Buxoroda yetuk xonanda bo’lib elga tanildi. U maqom namunalarini jozibali ovozi bilan ijro etar, shinavandalar qalbida zavq-shavq uyg’otardi. O’zi ustoz bo’lib yoshlarga ashula, doira usullaridan dars berardi. 1923 yilda Moskvada birinchi qishloq xo’jalik ko’rgazmasida Yusufjon kizik SHakarjonov, Mulla to’ychi Toshmuxammedov, Axmadjon Umrzokov, SHoraxim SHoumarov, G’ulom Zafariy, Abduqodir Ismoilov, To’xtasin Jalilovlar bilan birgalikda qatnashib zo’r muvaffaqiyatlarga erishdi. Safardan qaytgach, mashxur xonanda xaqida mana shunday misralar xam bitildi:
Moskvaga Domla Halim qildi safar.
Ko’shiq bilan unda topti ko’sh zafar.
1928 yilda Samarqandda musiqa va xoreografiya instituti ochilishi munosabati bilan Domla Xalim Ibodov bu yerga taklif qilinadi va musiqashunos N. N.Mironov undan “SHashmaqom”ning ko’pgina namunalarini yozib oladi. Samarqandda u atoqli bastakor va xonanda Xoji Abdulaziz Abdurasulov bilan birga hamnafas bo’lib, juda ko’p kontsertlarda, sayillarda ishtirok etdi.
Domla Xalim Ibodov 1931 yildan boshlab O’zbekiston radiosida ishlay boshladi. U ijro etgan “Savti Sarvinoz”, “Qashqarchai ushshoq”) “Iroq”, “Nasrulloi”, “Mo’g’ulchai dugoh”, “To’lqin”, “Navro’zi Sabo2 singari ashulalar hozirgacha oltin fondda saqlanadi. 1933-1934 yillarda musiqashunos Ye.E.Romanovskaya Domla Xalim ijrosida qator kuy va qo’shiqlarni, maqom yo’llarini yozib oladi. Ustoz qator anjumanlarda jumladan 1932 yilda Respublika san’at qurultoyida, 1936 yilda san’atkorlarning I-Respublika konferentsiyasida, 1937 yilda Moskvada birinchi o’zbek dekadasida qatnashib, zo’r muvaffaqiyatlarga erishdi .
U juda ko’p iqtidorli shogirdlarga ustozlik qildi. Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, Tolibjon Sodiqov, Mutal Burxonov, Mardon Nasimov, Doni Zokirov, SHarif Ramazonov, Nabijon Hasanov, Olimjon Halimov (hofizning o’g’li, O’zbekiston xalq artisti, bastakor) lar shular jumlasidandir.
Domla Xalim Ibodov san’atimiz oldidagi bebaxo xizmatlari uchun «O’zbekiston xalq hofizi» faxriy unvoniga sazovor bo’lgan. Endilikda uning nomi bilan atalib kelinayotgan Buxorodagi san’at bilim yurti ustoz orzu kilgan xayrli ishlarni ado etib kelmoqda.
Ustoz san’atkor, musiqiy madaniyatimizning atoqli namoyondasi Domla Xalim Ibodov 1940 yilda vafot etdi. Ustozning muxtabar nomi, mazmundor hayotining sahifalari musiqiy san’atimiz tarixi zarvaraqlarida jilolanib, mangulik kasb etib turibdi.
MUXIDDIN QORI YOQUBOV (1894-1957)
Muhiddin Qori Yoqubov o’zbek madaniyatining atoqli arboblaridan biridir. Mashxur san’at namoyondasini hayoti va ijodini yaxliticha olib haralsa, xalhimiz hayoti, orzu-umidlari, intilishlari, xalq san’atining rivoji bosqichlari bilan uzviy bog’liqligini kuzatamiz. Bu jarayonda hamisha oldingi safda bo’lganligiga guvox bo’lamiz. U san’at taraqqiyoti yo’lida borligini sarflagan, madaniyat va san’atimizning tashkilotchilaridan biridir.
Muhiddin Qori Yoqubov Farg’ona muzofotining Yormozor qishlog’ida tavallud topdi. Uning otasi ziyoli odam bo’lib, o’g’lini islomiy va zamonaviy bilimlar egasi bo’lishiga harakat qildi va Farg’ona shahrining madaniyat maskanlariga ko’proq, jalb qildi. Yoshligidanoq, yevropa madaniyatini o’zida aks
ettirgan Farg’ona shaxrining madaniy hayoti bilan qiziqdi va to’garaklarga, jumladan musiqa to’garaklariga qatnasha boshladi. Nota yozuvini o’rganadi, damli sozlar orkestrida musiqa asboblari chalishni o’rganadi.
1916 yilda M.Qori Yoqubov Farg’onada bir gurux, havaskor yoshlardan iborat cholg’u asboblar to’garagini tashkil qildi. Bu tugarakda milliy cholg’u asboblari bilan bir qatorda, yevropa musiqa asboblarini chaladigan mahalliy yoshlar xam bor edi. 1918 yilda Hamza Hakimzoda Niyoziy bilan tanishadi va bu uchrashuv uning hayotida muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Ular birgalikda teatr truppasini tashkil etadilar va 2Boy ila xizmatchi”, “Farg’ona fojeasi”, “Tuxmatchilar jazosi” peьsalarini saxnalashtiradilar va ulardagi bosh rollarni M.Qori Yoqubov ijro etadi.
1923 yilda musiqa va ijrochilik san’atini rivojlantirishdagi, madaniy hayotdagi yutuqlarni keng tashviqot qilishdagi xizmatlari uchun unga «Turkistonning birinchi xalq xofizi» unvoni beriladi. O’sha davrda M.Qori Yoqubov «SHarq kechalari» deb nomlangan kontsert dasturi bilan turli shaxarlardagi kontsertlarda qatnashar va «Ushshoq», «Fig’on», «Bayot», “Ko’chabog’”, “CHorgoh”, “Dugoh”, “Eshvoy”, “Yo’l bo’lsin” ashulalarini aytib olqishlarga sazovor bo’lar edi. 1925 yili Tamaraxonim bilan Parijda jaxon san’¬at ko’rgazmasida ishtirok etadi. So’ng Berlinga taklif qilinib mashxur Betxoven zalida kontsert beradi. O’sha yili Berlindagi «Fosishe, tseytug» gazetasi o’zbek san’atkorining ijrosiga shunday baxo bergan edi: - «O’zbek xonandasi Muhiddin Qori Yoqubovning ijrosi ayniqsa katta taassurot qoldirdi. Bu san’atkorlar Yevropaning katta shaharlariga tashrif buyurdi. Ko’zlagan maqsadi o’z xalqining noyob san’atiga qiziqish uyg’otishdir. Uning repertuarida xali notaga yozib olinmagan ikki yuzdan ziyod asriy qo’shiqlar mavjuddir. U Parijdan Berlinga kelib mahalliy aholi oldida o’z qo’shiqlarini ijro etdi. Uni nihoyatda qizg’in va hayajonli kutib oldilar”.
Muhiddin Qori Yoqubov 1926 yili Marg’ilonda o’zbek etnografik ansamblini tashkil etadi va mashxur san’atkorlarni birlashtirib, barcha viloyatlarda, sobiq ittifoqning o’nlab shaharlarida jumladan, Moskva shahrida ijodiy safarda bo’ladi. So’ngra Moskvada 3 yil mashxur rejissyor Mayerxolrd studiyasida taьlim oladi. 1929 yilda Muhiddin Qori Yoqubov tashabbusi bilan Davlat etnografik ansambli birinchi O’zbek musiqali teatriga aylantirildi. Ushbu teatrga X.Nosirova, K.Zokirov,
L.Sarimsoqova, B.Mirzaev, Tamaraxonim, M.Turg’unboeva, M.Ashrafiy singari san’at¬korlar jalb qilindi va shu yo’sinda o’zbek milliy operasini yaratishga zamin tayyorlandi. Keyinchalik shu saxnada “Er targin”, “Bo’ron”, “Layli va Majnun”, “Mahmud Torobiy”, “Ulug’ kanal”, “Farhod va SHirin”, “Ulug’bek”, kabi operalarda yetakchi partiyalarni ijro etdi.
O’zbekiston Davlat filarmoniyasining tashkil etilishida xam Muhiddin Qori Yoqubovning xizmatlari katta bo’ldi. 1936-1947 yillarda filarmoniyaning direktori va badiiy rahbari bo’lib ishladi, juda ko’p san’atkorlarni bu dargohga jalb etdi, yosh ijodkorlarga ustozlik qildi. O’zi ham sahnaga chiqib “Ilila yorim”, “G’ayra-g’ayra”, “Bilakuzuk”, “Olmacha anor”, “Suv bo’yida” kabi xalq qo’shiq, lapar va hajviy aytishuvlarini mohirlik bilan ijro etdi. Hozirda bu jamoa uning nomi bilan ataladi. 1937 yilda Muhiddin Qori Yoqubovga “O’zbekiston xalq artisti” fahriy unvoni berildi .
Sobiq sho’ro siyosati shunday buyuk san’atkorni ham o’z domiga tortadi va umrining so’nggi bir necha yilini qamoqda o’tkazadi. Qamoqdan qaytib kelgach, dardga chalinib, 1957 yil 2 fevralda vafot etadi. Ulug’ mustaqillik sharofati bilan o’zbek san’atining bu fidoyisiga Prezidentimizning farmoni bilan «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Butun umrini xalq san’ati rivojiga bag’ishlagan bu fidoyi san’atkorning nomi tarix zarvaraqlarida hamisha nur sochib turadi.
TO’XTASIN JALILOV (1896-1966)
O’zbek musiqiy san’atining yirik namoyandasi mashxur bastakor, To’xtasin Jalilov Andijon shahrida tavallud topdi. U oddiy oiladan bo’lib, yoshligi ko’p hayot qiyinchiliklariga duch keldi va tirikchilik yo’lida turli xonadonlarda xalfa bulib xizmat kildi. Andijonda mashhur Saidxon to’ra xonadonida bo’ladigan suxbatlar va san’atkorlar ishtiroki yosh To’xtasinda musiqaga ixlos uyg’otadi va shu yo’lni tanlaydi. “Tolzor” choy xonasida vodiylik xonanda va sozandalar ishtirokidagi yig’inlarda doim qatnashar, Ashurali hofiz, Dexqonboy, Hayit Oxun tanburchilarni va vodiyning turli joylaridan kelgan san’atkorlar ashulalarini tinglardi. Yosh To’xtasin Qo’qonlik Yusufjon changchini nazariga tushadi va undan musiqa sozlarini parda tuzilishlarini o’rgana boshlaydi. Fijjak, dutor, tanbur sozlarini qunt bilan o’rganadi. 1919 yilda Andijon shahrida Hamza Hakimzoda Niyoziy tomonidan
tuzilgan tashviqot ansambliga taklif qilinadi va Orifjon dutorchi, Yoqubjon changchi, Zokir eshon doirachi, Berkinboy Fayzievlar bilan ijrochilik malakasini oshirib boradi. Orifjon dutorchi (garmon), Rustam Mextar singari taniqli sozandalardan saboq oladi. To’xtasin Jalilov ijodi davomida juda ko’p ansambllarda mehnat qildi va mashhurlik darajasiga ko’tarildi. 1926 yilda tuzilgan o’zbek davlat etnografik ansamblida sozanda, 1929 yilda Andijon teatrida musiqa rahbari bo’lib ishladi. 1935 yilda Londonda bo’lib o’tgan festivalda katnashib, usta Olim Komilov, Abduqodir Ismoilov, Tamaraxonimlar bilan katta muvaffaqqiyatga erishadi. 1937 yilda Moskvada o’tkazilgan birinchi o’zbek san’at va adabiyot dekadasida qatnashish uchun o’zbek davlat fi- larmoniyasi qoshida ashula va raqs ansambli tashkil etiladi va To’xtasin Jalilov bunga badiiy rahbar etib tayinlanadi. Dekadadan so’ng ansambl bilan sobik ittifokning juda kup shaxarlarida, gastrol safarlarida bo’ladi. Bu ansambl o’ davrida yuzga yaqin xonanda, sozanda, raqqosalarni o’z ichiga olgan edi. 1940 yilda o’zbek musiqali drama va komediya teatri tashkil qilinib, To’xtasin Jalilov badiiy rahbar etib tayinlanadi. So’ngra bu teatrga Muqimiy nomi beriladi. To’xtasin Jalilov butun ijodi davomida 30 dan ortiq musiqali drama va 200 dan ortiq kuy va qo’shiqlar yaratdi. Uning barcha yaratgan qo’shiq, kuy, ariyalarida xalqonalik aks etgan bo’lib, xalq ashulalari va kuylaridan moxirona foydalanganligi, xalq ijro yo’llarini yaxshi bilganligidan dalolat beradi. U yaratgan “Toxir va Zuxra”, “Gulsara”, “Halima”, “Nurxon”, “Alpomish”, “Muqimiy”, “Ravshan va Zulxumor”, “Layli va Majnun”, “Gul va Navro’z” singari musiqali dramalari o’zbek teatr san’atining rivojida muxim axamiyatga egadir. “Kokiling”, “Dovrug’”, “Signal”, “Gulistonim mening”, singari yuzlab qo’shiq va kuylari xonandalar va sozandalar tomonidan sevib kuylanadi va ijro etiladi. Ustoz ko’plab shogirdlar yetishtirdi. Mamadaziz Niyozov, Ganijon Toshmatov, Komiljon Jabborov, Mirzajon Tillaev, G’ulomjon Hojiqulov singari mashxur bastakor va sozandalar shular jumlasidandir. Mashhur san’atkor Halima Nosirova “To’xtasin Jalilov - barcha san’atkorlarning, sozanda va xonandalarning, bastakor dirijyorlarning otaxoni, mehriboni maslaxatchisi edi” - deb eslaydi.
Ustozning farzandlari Xolxo’ja To’xtasinov, Holida Jalilova, Salohiddin To’xtasinov, Dehqon Jalilovlar ota izidan borishib, o’zbek san’atiga munosib hissa qo’shdilar.
Ustoz To’xtasin Jalilovning mexnatlari munosib taqdirlangan bo’lib “O’zbekiston xalq artisti” faxriy unvoniga, xukumatning bir qancha mukofotlariga, Prezidentimiz Islom Karimovning farmoni bilan “Buyuk xizmatlari uchun” ordeniga sazovor bo’ldi.
Uning nomiga Andijon san’at bilim yurti, ko’chalar ko’yilgan bo’lib, ustoz xayotining davomiyligidan darak beradi va xalq xotirasida saqlanadi.
YUNUS RAJABIY (1897-1976)
Yunus Rajabiy deganda o’zining butun salobati, ijodi, o’zidan qoldirgan ulkan musiqa merosi bilan, o’zbek milliy musiqasiga bebaho hissa qo’shgan buyuk san’atkor ko’z o’ngimizda gavdalanadi. Musiqiy madaniyatimizda uning aloxida o’rni bo’lib, o’z ijodiy va ilmiy ishlari natijasida akademik darajasiga ko’tarilgan ulug’ san’atkordir. Yunus Rajabiy o’zining ijodiy faoliyatini o’zbek xalq ashula, qo’shik, cholg’u kuylari va maqom yo’llarini notaga yozib olishga bag’ishladi. Natijada to’kkiz tomlik “O’zbek xalq musiqasi” to’plami, “Shashmaqom”ning olti tomligi, “Musiqiy merosimizga bir nazar” risolasi chop etildi. Yunus Rajabiy 1897 yilda Toshkent shahrining CHaqar mahallasida tavallud topdi.
Dastlab eski usul maktabida savodini chiqargach, musiqadga bo’lgan ishtiyoq uni shu yo’lga boshlaydi. Mashhur hofiz va sozanda Shorahim Shoumarov unga birinchi ustozlik qiladi va dutor chalib qo’shiq aytish yo’llarini o’rganadi. 1919 yilda Toshkent xalq konservatoriyasi milliy cholg’u asboblari bo’limiga o’qishga kirib, milliy sozlar ijrochiliga bilan bir katorda nazariy darslarni xam o’zlashtiradi. Ustozi Shorahim Shoumarov bilan birgalikda birinchi musiqali sahna asari bo’lgan “Farhod va SHirin” spektakliga musiqa bastalaydi. 1923 yili Samarqandga borib yashab, dastlab o’zbek pedagogika bilim yurtiga musiqa rahbari so’ngra 1925 yilda teatrda ansambl rahbari bo’lib ishlaydi. Mashhur hofiz va bastakor Hoji Abdulaziz Abdurasulov uning Samarqanddagi ijodiy faoliyatida muhim rol o’ynadi va maqom yo’llarini yangicha talqinda o’zlashtira boshladi va o’zi xam kuy, qo’shiqlar yarata boshlaydi. Yunus Rajabiy 1927 yilda tashkil qilingan birinchi o’zbek radiosi milliy cholg’u ansamblining asoschisi va musiqa raxbari bo’ldi. Uning tashabbusi bilan o’zbek milliy cholg’u asboblarini takomillashtirish ishlari boshlanadi va natijada o’bek xalq cholg’u asboblari tovush sadolanishida, tashqi qiyofasida sezilarli
o’zgarishlar ro’y berdi. O’zbek radiosi qoshida xalq milliy cholg’u ansambli zaminida o’zbek xalq cholg’u orkestri tuzildi. Bu dargoxda 50 yil ijodiy mehnat qildi. Keyinchalik 1960 yilda esa hozirgacha o’z faoliyatini muvaffaqqiyatli davom ettirayotgan maqom ansamblini tuzdi va “Shashmaqom”ni mushkilot va nasr bo’limlarini magnit lentasiga tushirdi. Bu maqom ansambli hozirgacha ustozning ijrochilik maktabi ruhida faoliyatini davom ettirmoqda.
Ustoz Yunus Rajabiy ijodining solnomasiga nazar tashlasak, ijodiy faoliyati davomida “Farhod va SHirin”, “Layli va Majnun”, “Muqanna”, “Ug’il uylantirish”, “Qasos” singari 10 dan ortiq musiqali dramalar, «Koshki», «O’lmasin», “Ne navo”, “Qadax”, «Paxta», «Farg’onacha», «O’yin bayoti», «Kuygay» singari 200 dan ortiq kuy va qo’shiqlar yaratganligini guvohi bo’lamiz. U kompozitor B.Brovtsin bilan xamkorlikda yaratilgan «Yolgiz va xammamiz» va «Fargonacha» simfonik asarlarining xam muallifidir. Uning hofizlik ijrochiligi xam xalqimiz tomonidan juda qadrlangan va «Ushshoq», «Kosh¬ki», «Kuygay», «Bayot» ashulalarini betakror ijrochisidir. Ustoz Yunus Rajabiyning serqirra ijodiy faoliyati respublikamiz musiqa madaniyatining yangicha ruh bilan shakllanishi va taraqqiyoti borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Ustoz o’zidan yuzlab shogird- larni qoldirdi. Tolibjon Sodiqov, Doni Zokirov, Dadaali Soatqulov, Nabijon Hasanov, Saidjon Kolonov, Orif Qosimov, Fahriddin Sodiqov, Nazira Ahmedova, Turg’un Karimov, Ortikxo’ja Imomxo’jaev, Maxmud Yunusov, Turg’un Alimatov, Orifxoji Alimaxsumov, Siroj Aminov, Isxok Kataev, Eson Lutfullaev singari mashxur xofiz va sozanda bastakorlar Yunus Rajabiy ijrochilik maktabining vakillaridir. Maqomdon xonandalar, xalq cholg’u va ashula ansambllari, musiqali drama teatrlari artistlari uning ajoyib dilrabo qo’shiq va kuylarini ijro etmoqdalar, asarlarini sahnalashtirmoqdalar. Uning asarlari efirda, zangori ekranlarda yangramoqda. Yunus Rajabiy oilaviy sulolasi o’zbek san’atining rivojiga muhim hissa qo’shmoqdalar .
Ustoz Yunus Rajabiy bir qancha davlat mukofotlari, «O’zbekiston xalq artisti» fahriy unvoni, vafotidan so’ng 2000 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan mukofotlandi. 1966 yilda O’zbekiston fanlar akademiyasiga aьzo qilib saylangan. Akademik ilmiy unvonga ega. 1976 yil 23 aprel kuni 79 yoshida vafot etgan.
Uning xotirasi abadiylashtirilib, Toshkent shaxridagi metro bekatlarining biriga, o’zi yashagan ko’chaga, respub¬lika radiosi maqom ansambliga, Jizzax viloyat teatriga uning nomi berilgan. Yunus Rajabiy uy muzeyi ishlab turibdi. U yerda xar xil madaniy tadbirlar o’tkaziladi.
JO’RAXON SULTONOV (1903-1965)
Jo’raxon Sultonov, hofizlik va bastakorlik san’ati¬ning sarbonlaridan biri, maftunkor ovoz sohibi, ijrochilikda o’ziga xos maktab yaratgan san’atkor ko’z oldimizga keladi.
Jo’raxon Sultonov 1897 yilda Marg’ilon shahrining «Poshsho Iskandar» maxallasida tavallud topdi. Uni otasi Sultonboy hoji tabiatan dilkash, sheьriyat va musiqadan xabardor odam edi. Onasi Saodatxon aya ziyoli oiladan bo’lib, o’g’li Jo’raxonni mehr bilan tarbiyaladi. O’sha davrda Marg’ilondagi choyxonalar madaniyat, maьrifat o’chogi vazifasini ham bajarar edi. Sultonboy hoji o’g’li Jo’raxonni choyxonaga olib kelib Yusufjon qiziqqa shogirdlikka topshiradi. Natijada Madali hofizdan tanbur chalib yalla aytish yo’llarini, Bolta hofiz bilan Mamatbobo hofizdan patnisaka ashula yo’llarini o’rgana boshladi. «Shafoat», «Dargoxdngga kelibman», «Xayrul bashar», «Shoyad», «Yovvoyi chorgoh» singari patnisaka ashulalarni birga ijro eta boshladi. (Bu yerda shuni aytish joizki, Jo’raxon Sultonov ustozi Mamatbobo hofiz bilan, ashulachilikda yovvoyi yo’llarni kashf etgan hofizdir. Yana ular jurovoz bo’lib aytish uslubini yaratishdi). 1918 yilda «Sanoyi nafisa» tuzilib uning haqiqiy ijodiy faoliyati boshlanadi. 1926 yilda Muhiddin Qori Yoqubov rahbarligida o’zbek davlat etnografik ansambli tashkil etildi va qator nomdor san’atkorlar qatori Jo’raxon Sultonov xam taklif qilinadi. 1928 yilda esa Marg’ilonda tashkil etilgan musiqali drama teatriga direktor etib tayinlandi. Maьmurjon Uzoqov, Boborahim Mirzaev, Zokirjon Ergashev singari yosh san’atkorlarga ustozlik qildi. Shogirdi Maьmurjon Uzoqov bilan jo’rovozlikda ijod qildilar va bu hamkorlik 30 yil da¬vom etdi.
Jo’raxon Sultonov 1932 yilda Toshkentga ko’chib kelib o’zbek musiqali teatrida keyinchilik respublika radiosida ishlaydi. 1937 yilda Moskvada o’tgan o’zbek dekadasi, keyinchalik katta Farg’ona kanali qurilishi hofizga chinakam shuxrat keltirdi. «Ey nozanin», «Bu gulshan», «Ofarin», «Ming qadam» singari
qo’shiklar usha davrning mahsulidir. 1939 yilda ko’plab san’atkorlar qatori Jo’raxon Sultonovga «O’zbekiston xalq hofizi» fahriy unvoni beriladi. Urush yillarida ijod qilgan «Naylayin», «Otga mindim» qo’shiqlari «Vatan o’g’lonlari» va «Frontga sovg’a» filmlarida o’z aksini topgan. Urushdan so’ng avval estrada teatrida, keyinchalik 1958 yilgacha Respublika radiosida yakkaxon ashulachi bo’lib ishladiyu O’sha davrlarda uning dasturidan «Chor zarb», «Chaman yalla», «Oxkim», «Sayri gulzor», «Besh parda suvora», «Sodirxon ushshoqi», «Savti suvora», «Guluzorim qani», «Xanuz», «Bo’lmish», «Patnisaki chorgoh», «Ey dilbari janonim», «Bormikan», «Bog’aro», «Sitora» singari asosan o’zi bastalagan mashhur ashulalar o’rin olgan edi. Jo’raxon Sultonov juda ko’p shogirdlar yetishtirdi. Barcha san’atkorlar uni eьzozlab «Usta» deb atashardi.
Davralarda o’zining bilimdonligi, zukkoligi, so’zga chechanligi, shirin askiyalari bilan hammani o’ziga jalb qila olardi. Jo’raxon Sultonov og’ir kasallikdan so’ng 1965 yil 19 oktyabrda Marg’ilon shahrida vafot etdi. Taьziyaga shunchalik ko’p xalq to’plandiki, taьziyani yetti joyda o’kishga to’g’ri keldi. Hofizning o’zlari vasiyat qilgan Mashad qabristoniga dafn qildilar.
Ustozning nomlariga o’zlari yashagan ko’cha, musiqa maktabi, ko’yilgan. Marg’ilon shahrida yosh xonandalarning Jo’raxon Sultonov, Maьmurjon Uzoqov nomidagi Respubli¬ka ko’rik tanlovi o’tkazib turiladi. 2001 yilda Prezidentimizning farmoni bilan ustozga «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni berildi. Bu ishlarning barchasi xalqimizning ulug’ san’atkoriga bo’lgan extiromi va xurmatidan dalolatdir

Download 113.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling