. Turkiston muxtoriyati qachon tashkil etildi?
J: 1917-yil 26-28-noyabr Qo’qon shahrida Butunturkiston o’lka musulmonlarining IV qurultoyida
(markazi Qo’qon shahri etib belgilandi)
19. Turkiston muxtoriyati hukumati necha kishidan iborat bo’lgan?
J: 8 kishi (dastlab bosh vazir Muhammadjon Tinishboyev, keyinchalik Mustafo Cho’qay)
20. Turkistonda 1918-yil bahorida kimning boshchiligida ko’rik (parad) o’tkazilgan?
J: harbiy vazir Ubaydulla Xo’jayev
21. Muxtoriyat e’lon qilingan 27-noyabr tunini “Milliy laylaturqadrimiz” deb atagan shaxs kim?
J: Abdurauf Fitrat
22. Turkiston o’lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining favqulodda 1918-yil 19-26-yanvarda
bo’lib o’tgan nechinchi qurultoyida Turkiston muxtoriyati hukumatini kuch bilan tugatishga qaror qabul
qilingan?
J: IV qurultoy
23. Qaysi gazetadagi berilgan maqola “1918-yil 20-fevral Xo’qand (Qo’qon) tarixining eng dahshatli kuni.
“Xo’qand hozir o’liklar shahri” degan dahshatli ibora bilan tugaydi?
J: “Ulug’ Turkiston”
24. Muxtoriyat vakillari va bolsheviklar o’rtasida qachon tinchlik shartnomasi imzolandi?
J: 1918-il 22-fevral Qo’qon shahrida Rus-Osiyo banki binosida (shartnomaning 2-moddasida “Aholi
o’lka Xalq Komissarlari Soveti hokimiyati va barcha mahalliy sovet tashkilotlarini tan oladi” deb
yozilgan) (Turkiston muxtoriyati 72 kun yashagan, 1917-yil 28-noyabrdan, 1918-yil 20-fevralgacha)
(dashnoqlar – arman millatchilarining “Dashnoqsutyun” partiyasi a’zolari, echelon fransuzcha- zina-
zinapoya ma’nosini beradi)
25. Sovet hukumati rahbari V.I.Lenin buyrug’iga ko’ra, kim O’rta Osiyoga favqulodda komissar qilib
jo’natilgan?
J: Pyotr Kobozev
Do'stlaringiz bilan baham: |