Cholg’u ijrochiligi


Download 113.05 Kb.
bet4/4
Sana04.02.2023
Hajmi113.05 Kb.
#1163730
1   2   3   4
Nota yozuvi



 C

 D

 E

 F

G

 A

H (B)
























do

re

mi

fa

sol

la

si




Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning ogzaki anʼanadagi (monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasn (shakl)ni tashkil etadi. Musiqa shakli asar maz-munining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar Musiqa asarini yaratish va ijro etish jarayonida hamisha xilma-xil ravishda oʻz yechimini topadi. Turli xalqlar Musiqa madaniyati va anʼanalarida Musiqaning barkaror va beqaror unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan, anʼanaviylik mezoniga asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi Musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar bilan birga Musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi. Shuning uchun, kompozitorlik musikada mazkur shakllarni ifodalashga hamda obyektiv holatda saqlashda asosiy omil boʻlgan nota yozuvi mu-him oʻrin tutadi.
Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayillar, diniy va rasmiy tadbirlar, ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashklari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar bajaradi. Shuning uchun Musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi. Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida, diniy mussha, yoshlar musikasi, maishiy musiqa, ommaviy mussha, harbiy musika, kamer musiqa, simfonik mussha, xor musikasi kabi Musiqaturlariga birlashadi. Tari-xiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) Musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi, ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi (qarang AvangardizmBarokkoKlassitsizmOgʻzaki anʼanadagi musikaRomantizmSentimentalizm).
Bastakor va kompozitorpar badiiy obrazlarni kengroq qamrashga intilishib, Musiqa va boshqa sanʼat turlari qorishmasi (sintezi)dan foydalani-shadi. Aniq tushunchaga ega boʻlgan soʻz, sahna harakati, kino tasviri va boshqa unsurlar bilan qorishiq Musiqa asarining ifodaviy imkoniyatlari kengayadi (qarang Vokal musiqasi, Kino musiqasiRaqs musiqasiTeatr musiqasi). Musiqa, shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Masalan, opera janrida, oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr musiqaschnk drama bilan boglaydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham uzining badiiy obrazlarini Musiqa yordamida ifodalaydi.
Insonning Musiqa faoliyati asosan 3 bosqichda amalga oshiriladi: ijod, ijro va tinglash (uquv). Har bir bosqichda asarning mazmun va shakli uzgacha kurinishga ega boʻladi. Ijod bosqichida badiiy gʻoya va shakl muallif ongida mushtarak holda tugʻiladi. Ijro jarayonida shakl va mazmun ijrochi tomonidan uning dunyokarashi, estetik tasav-vurlari, shaxsiy tajriba va maxrratiga mos ravishda uzgartiriladi. Musiqa ixlosmandlari ham ijro etilayotgan asarni uzlarining xususiy didi, hayotiy va badiiy tajribasiga asoslanib qabul qilishadi. Shunday qilib, Musiqa faoliyati hamma bosqichlarda ijodiy tabiatga ega buladi.
Turli (kompozitorlik va ogʻzaki anʼanadagi) uslublarda mussha ijrochiligi ahamiyati turlichadir. Professional yunalishdagi madaniyat tizimida Musiqa koʻpincha badiiy asarlarni ijro etadigan sanʼatkorlar faoliyati orqali namoyon boʻladi. Shuning uchun Musiqa ijrochi (sozanda, xonanda)larining aksariyati kompozitor va bastakorlarning haqiqiy hamkorlaridir. Ular ustoz-shogird munosabatlari jarayonida uzlashtirgan yoki nota yozuvi yordamida oʻrgangan asarlarni jonli ravishda tinglovchilar oldida talqin etadilar. Musiqiy folklor tizimida Musiqa namunalari omma ongining badiiy mahsuloti sifatida yuzaga kelib, havaskor qoʻshiqchi, sozanda yoki jamoaviy tarzda ijro etiladi. Musiqa ijrochiligi mussha cholgʻulari hamda inson ovozk vositasida amalga oshiriladi. Bular yakka tarzda, ansambl, xor, orkestr kabi birikma shakllarida namoyon buladi.
Musiqa ijodiyoti, ijrochiligi va tinglanishi Musiqa faoliyati ning boshqa turlari — mas, musiqa tarbiyasi, musiqa taʼlimi, ilmiy tadqiqot (Musiqashunoslik), musiqiy tanqid va boshqalar bilan birga jamiyat Musiqa madaniyat i tizimini tashkil etadi.
Musiqa tarixi. Musiqaning paydo boʻlishi masalasida turli ilmiy farazlar vujudga kelgan: hissiyotga toʻlgan nutq oxangi (G. Spenser), qushlarning sayrashi va hayvonlarning uz juftlarini chaqirishi (Ch. Darvin), ibtidoiy odamlarning mehnat usullari (K. Byuxer) va ularning chaqiriq tovushlari (K. Shtumpf), jodu-sehrlash marosimlari (J. Kombarye) Musiqaning ilk manbalari hisoblanadi. Sharq muta-fakkirlari ham Musiqaning vujudga kelish muammosi haqida ilmiy mulohazalar qoldirishgan. Musiqa tarixini Forobiy inson nutqining shakllanish jarayoni va hissiyotlari bilan bevosita bogʻliq holda, Ibn Xaldun (14-asr) esa — ijtimoiy tizimlarning shakllanish krnuniyatlariga asoslangan xrlda tushuntirishgan.
Zamonaviy musiqashunoslik fani arxeologiya va etn. maʼlumotlaridan kelib chiqib, Musiqa sanʼatini ibtidoiy jamiyatda insonning amaliy faoliyati jarayonida boshqa sanʼat turlari (rake, sheʼriyat va q.k.) bilan krrishma (sinkretik) holda paydo bulishini asoslab beradi. Bunda Musiqa ijtimoiy muloqot vositasi, mehnat va marosim jarayonlarini tashkil etish vositasi bulib xizmat qiladi va, ayni vaqtda, jamiyatga zarur axlokiymaʼnaviy xususiyatlarni tarbiyalash maqsadlarini kuzlaydi. Ibtidoiy davrning oxirgi bosqichida dastlabki qorishma sanʼat majmuasidan bir qancha sanʼat turlari, jumladan, Musiqa ham ajralib chiqadi. Ushbu davrga mansub afsonalarda Musiqa tabiatga, yovvoyi hayvonlarni oʻrgatishda taʼsir kursatish, insonni turli kasalliklardan davolovchi kuch sifatida taʼriflanadi (qarang AliqambarIbtidoiy sanʼatMavsum qoʻshiqlari, Marosim qoʻshiqlari).
Quldorlik va ilk feodal tuzumiga asoslangan qad. dunyo davlatlari — Misr, Shumer, Bobil, Oʻrta Osiyo (taxminan miloddan avvalgi 1ming yillik davri), Xitoy, Hindiston, Yunoniston, Rim madani-yatlarida kasbiy musiqachilar maktablari shakllangan. Ular maxsus (bastakorlik, musiqa ilmi kabi fandagi) bilim va qoidalarga asoslanib ijod qilgan. Natijada aytim, cholgʻu, raqs, doston va boshqa janrlar paydo bulgan.
Turli xil Musiqa asboblari (chang, ud, tanbur, lira, kifara, puflama va urma asboblar) takomillashtirilib, ular barqaror tovushqator va shakllarga ega boʻlgan. Musiqaning ushbu davrda asosan ogʻzaki anʼanada rivojlanishiga qaramay, ayni vaqtda, uning ilk yozuv (iyeroglif, harfiy va boshqalar) tizimi ixtiro etilgan, Musiqa estetikasi va nazariyasi taʼlimotlari shakllangan: Xitoyda — Konfutsiy, Yunonistonda — Pifagor, Geraklit, Demokrit, Aristotel, Platon, Aristoksen va boshqa, Oʻrta Osiyoda — Borbad.
Oʻrta asr Gʻarbiy Yevropada professional cherkov (bir ovozli grigorian xorali, keyinchalik koʻp ovozli xor va vokalcholgʻu janrlari — orga-num, kondukt va boshqalar), dunyoviy (Fran-siyada — trubadurlar, truverlar; Germaniyada — minnezingerlar sanʼati) hamda xalq Mxi rivoj topadi. 12-asrda Fransiyada Bibi Maryam ibodatxonasida birinchi kompozitorlik maktabi (Notr-Dam maktabi), 14-asrda Fransiya va Italiyada „Are nova“ uslubi yuzaga kelgan. Gvido d Aretsso ixtiro etgan toʻrt chiziqli nota yozuvi tovush balandligi va nagʻmalar uzunligini aniq qayd etishga imkon yaratgan.
Ushbu davrda Oʻrta va Yaqin Sharq (Arab xalifaligi)da erkin rechitativ va parda tuzilmalariga asoslangan musulmon kasbiy Musiqa (azon, tartil, tajvid) janrlari shakllangan. Ular boshqa Musiqa turlaridan mustaqil ravishda rivojlanib, keyinchalik Oʻn ikki makom tizimining shakllanishiga ham maʼlum darajada taʼsir koʻrsatgan. 8— 13-asrlar musulmon Shark, xalqlari ogʻzaki anʼanadagi kasbiy Musiqa si daston (Musiqa nazariyasida) yoki parda (sheʼriyat va Musiqa amaliyotida) tizimlari asosida shakllangan. Oʻrta Osiyo, Eron va arab xalqlari Musiqasida muttasil davom etgan oʻzaro taʼsir va aloqa jarayonlari natijasida ushbu xalqlar uchun umumiy boʻlgan vokal (savt, gʻino, amal, mulammo, qavl va boshqalar) va cholgʻu (ravoshin, peshrav kabi) turlari vujudga kelgan. Mashhur bastakor, xonanda va sozandalar Ibrohim Mavsiliy, Ishoq Mavsiliy, Ziryob, Mansur Zalzal, Ibn Surayj, Ibn Axvas as-Soʻgʻdiy, Safiuddin al-Urmaviy va boshqa ijod qilgan. Musiqa ilmida ham muhim yutuqlarga erishilgan. Yunon Musiqa nazariyasi hamda mahalliy xalqlar Musiqa anʼanalariga asoslangan musiqiy estetika va ilmiynazariy taʼlimotlar dastlab mat. fanlari doirasida (al-Kindiy, Forobiy, Ibn Sino), keyinchalik mustaqil fan sifatida (Urmaviy) shakllangan. Ishoq Mavsiliy va Kindiy Sharqda ilk bor musiqa (harfiy) yozuvini ixtiro etishgan. Urmaviy esa ushbu yozuvni parda tizimiga moslashtirgan.
Uygʻonish davri Yevropa madaniyatida taraqqiy etgan insonparvarlik gʻoyalari va dunyoviy mazmunga asoslangan Musiqa sanʼatida badiiy-estetik maqsadlar asosiy vazifa darajasiga koʻtarildi, cholgʻu (lyutnya, viola) va vokal (madrigal) ijrochiligi rivoj topgan. Professional Musiqada polifoniya uslubi, jumladan, a kapella xor ijrochiligi (motet, messa va boshqa janrlar) oʻz choʻqqisiga koʻtarildi. Yangi kompozitorlik (Angliyada — D. Dansteybl, Niderland maktabi, Rimda — Palestrina, Vene-siyada — A. va J. Gabriyeli) maktablari shakllandi.
17—18-asrning 1-yarmida yangi janrlar — opera (Italiyada — K. Monte-verdi, A. Skarlatti; Fransiyada — J.B.Lyulli, J. B. Ramo; Angliyada —G. Pyorsell), oratoriya (G. F. Gendel), kantata (G. Shyuts, I. S. Bax), konsert (A. Korelli, A. Vivaldi, I. S. Bax, Gendel), kamer ansambl, sonata (A. Korelli, D. Skarlatti), syuita va boshqa janrlar rivoj topgan. Organ (J. Freskobaldi, Bax, Gendel), klavesin (U. Byord, G. Pyorsell, F. Kuperen, J. Ramo) uchun asarlar yaratilgan. Ushbu davrda zamonaviy kamonli cholgʻu asboblar (skripka, alt, violonchel)ning buyuk ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari, fortepiano ixtirochisi B. Kristofori ijod etishgan, opera teatrlari, filarmoniyalar, musiqa nashriyotlari, musiqa taʼlimi (konser-vatoriyalar) rivoj topgan. 18-asr oʻrtalari — 19-asrning boshida Yevropa Musiqasi Maʼrifatchilik davri hamda Buyuk Fransiya inqilobi gʻoyalari taʼsiri ostida rivojlangan (fransuz kompozitorlari K. Glyuk, L. Kerubini, J. F. Lesyuerlarning opera ijodi, Vena klassik maktabi vakillari ijodi, simfonizm musiqatafakkuri). 19-asrda rus (M. Glinka, „Qudratli tuda“ vakillari, P. Chaykovskiy), polyak (F. Shopen, S. Monyushko), chex (B. Smetana, D. Dvorjak), venger (F. Erkel, F. List), norveg (E. Grig), ispan (I. Albenis, E. Granados), fin (Ya. Sibelius) yangi milliy kompozitorlik maktablari shakllangan, yetakchi ijodiy oqim sifatida romantizm karor topgan (K. M. Veber, F. Shubert, R. Shuman, F. Mendelson, G. Berlioz, N. Paganini vab.). 20-asr Musiqa tarixida alohida oʻrin tutadi. Musiqa madaniyatining barcha jabhalarida tub oʻzgarishlar yuz bergan. Ijodida yangi-yangi uslub va yoʻnalishlar (musiqiy avangardizm, modernizm) rivoj topgan. 20-asrda yuz bergan ilmiytexnik va informatsion inqiloblar (radio, televideniye, grammplastinka va magnit yozuvlarini ixtiro etish) natijasida Musiqaning tinglovchilarga yetkazish va eshitish sohalarida yangi imkoniyatlar paydo boʻldi. Buning natijasida ommabop musiqa madaniyati rivoj topdi. Kompozitorlik ijodida sof musiqiy (simfoniya, konsert, kamer-cholgʻu Musiqa kabi) janrlar oʻrniga vokal Musiqasi, teatr Musiqasi, kino Musiqasi kabi „aralash“ turlar yetakchilik qila boshladi. Kompozitorlik ijodi bilan birga anʼanaviy Musiqa ijodi ham yangi, zamonaviy sharoitlarga moslashib rivoj topdi. Jumladan, Shark, mamlakatlari mumtoz Musiqa janrlari (mas, hind ragalari, pokiston qavalli, ozarbayjon mugʻom, oʻzbek va tojik maqomlari va h.k.) uzining milliy doiralaridan chiqib jahon sahnalarida ijro etila boshladi, kompozitorlik ham ommaviy Musiqa yoʻnalishlariga oʻz taʼsirini oʻtkazdi.
Oʻzbekistonda Musiqa, asosan, xalq va ogʻzaki anʼanadagi professional Musiqa sifatida qadimdan rivojlanib kelgan. Xalq Musiqasidalapar, terma, yama, qoʻshiqlarttt turli xillari (marosim, maishiy, mehnat, oʻyin, raqs, lirik, nasihatomuz va boshqalar), ogʻzaki anʼanadagi oʻzbek professional Musiqasida esa doston, katta ashula, ashula, maqom, cholgʻu yoʻllari kabi janrlar mavjud. Oʻzbek Musiqa merosida 4 asosiy mahalliy uslubni farqlash mumkin (qarang Buxoro-Samarqand musiqa uslubiXorazm musiqa uslubiFargʻona -Toshkent musiqa uslubiSurxondaryo-Qashqadaryo musiqa uslubi). 20-asrda oʻzbek va boshqa Oʻrta Osiyo xalqlari Musiqa merosini yozib olish va oʻrganish boʻyicha muhim ishlar bajarildi, yuzlab nota toʻplamlari va ilmiy tadqiqotlar nashr etildi. Bastakor, xrfiz va sozandalar oʻzbek Musiqa merosi durdonalari (Shashmakom, Xorazm makomlari, Faryuna-Toshkent makom yoʻllari va boshqalar) ni keng targʻib qilibgina qolmay, yangi cholgʻu kuy va ashulalar yaratdilar, dastlabki musiqali drama va komediya asarlarining muallif yoki hammuallifi boʻlishdi. 1930—1940-yillarda Oʻzbekistonda avvallari boʻlmagan yangi (opera, balet, simfonik Musiqa, kamer Musiqa, konsert kabi) Musiqa janrlari yuzaga keldi. Ular, ayniqsa, 1950—1960-yillardan boshlab Oʻzbekiston kompozitorlari ijodida keng rivoj topdi, shuningdek, ommaviy Musiqaning estrada musiqasi, yoshlar musiqasi kabi yoʻnalishlari ham keng yoyilgan.
Musiqa taʼlimi tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi tasarrufida bulib, 311 bolalar musiqa maktablari, 3 maxsus akademik litsey, 30 ga yaqin sanʼat, Musiqa hamda madaniyat kollejlari, Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi, Toshkent davlat madaniyat instituti, Musiqa Uygʻur nomidagi sanʼat instituti va boshqa oliy oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.
Hozirda Oʻzbekistonda Musiqa faoliyati asosan ijrochi jamoalar (turli orkestr, xor va ansambllar), „Oʻzbeknavo“, Uzteleradiokompaniyasi tarkibidagi ijrochi guruxlar va yakkaxonlar, hamda mustaqil ravishda ijrochilik bilan shugʻullanayotgan ayrim xonanda va sozandalar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Abdumannon Nazarov, Olimjon Bekov.[1]

Musiqa tarixini o‘rganish nafaqat jahon musiqa san’atining asosiy rivojlanish pallalarini o‘zlashtirish, balki musiqiy-nazariy bilimlar asosini shakllantirishga xizmat qiladi, musiqiy hodisalami chuqur anglab, atroflicha tushunish va idrok etishga yordam beradi. Mazkur kurs jahon musiqa san’atining yetuk durdonalari, yirik namoyandalari, cholg‘u va vokal musiqasining janr va shakllari, sara namunalari bilan talabalami tanishtirgan holda, ularning dunyoqarashini, did va madaniy darajasini o‘stirishga va kengaytirishga xizmat qiladi. 0 ‘quv qo‘llanma musiqa san’ati masalalari bilan bir qatordao‘zga san’at turlari (adabiyot, tasviriy san’at, haykaltaroshlik va b.)ga doir masalalar kesimida uzviy yoritilib, badiiy madaniyatning umumestetik qadriyatlari xususida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishda yordam beradi. O‘quv qo-llanmada musiqa san’ati rivojlanishining yirik davrlari, ilg‘or yutuqlari, turli davrda paydo bo‘Iib rivoj topgan musiqiy uslub va janrlar, yirik maktablar va ularning yorqin ijodkor va namoyandalari, musiqa san’atining tarixiy va nazariy masalalari tahlil etiladi.


0 ‘n ikki yuz yillik mobaynida davom etgan bu katta asr ijtimoiy jarayon-hodisalarning keskinligi va murakkabligi bilan tavsiflanadi. Xonavayron bo‘lgan Rim imperiyasi hududlarida tez orada ro‘y bergan qonli urushlar, dehqonlarning hokimiyatga qarshi norozilik chiqishlari, diniy va dunyoviy hokimiyat o'rtasidagi ziddiyatlarning tobora kuchayib avj olishi, olim va yozuvchilar tomonidan bu davrni “zulmat va qorongiu,? ranglarda aks etilishiga sabab bo'lgani bejiz emas. G ‘arbiy Yevropa musiqa madaniyatining mazkur davri keng qamrovli va davomiyligi, o‘rta asr davrini yaxlit ko‘rinish bilan anglab izohlashga birmuncha mushkullik tug‘diradi. Qolaversa, XI! asrlarga qadar musiqa san’atining faqatgina bir sohasi, ya’ni xristian cherkovlari musiqasi bizgacha yozma yodgorliklarini qoldirdi. Yarim ming yillik davomida G ‘arbiy Yevropa musiqa madaniyati cherkov va xalq musiqa sohalari doiralari bilan chegaralanib kelindi, ammo XII-XIH asrlarda saroy musiqiy-shoirona ijodiyoti yangi shakllari va cherkov musiqasining yangicha ko‘rinishi 14 bilan boyilildi. Yangilanish jarayoni rivojlangan feodalizm shart-sharoitida amalga oshirildi. XVII asrga qadar diniy cherkov maskanlari - musiqa san'atini professional markazi bo'lib kelgan. Cherkov madaniyati doirasida yuksak badiiy qadriyatlar, turli xil musiqiy janrlar, musiqa nazariyasi, notalashtirish va pedagogika ilmi rivoj topdi. Yevropa madaniyati uchun cherkov va saroy san’atlarining o'zaro bogianish jarayoni juda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Ilk xristian cherkov musiqasi 0 ‘rta yer dengizining bir qator niadaniyatlari (xususan, Iudey, Misr-Suriya-Falastin, kechki antik) an'analari bilan bevosita bog'liq edi. Sinagog va xram ibodatlariga antifon va responsorial psalmodiya ildizlari tortiladi. Madhiyalarda antik madhiyachilikning ta’siri ham seziladi. Bibliyadan olingan parchalarni xirgoyi qilish an'anasi (liturgik rechitativ) ham shakllana boshladi, “agapa” yoki “muhabbat kechalari” xristian ibodat marosimining asosiy shakllari paydo boMishida muhim ahamiyat kasb etdi. IJlardan esa liturgiyaning kechki shakliari asta-sekin rivoj topdi. Tobora cherkov ibodatining yaxlit, turkumli tizimi shakllandi: kunlik ibodat (asosiy marosim - tushlik vaqti), hafta ibodati (markazida yakshanba kunidagi marosim), yillik ibodati (ko‘chiriladigan va ko‘chirilmaydigan bayram marosimlari). Ilk xristian qo‘shiqchiligi bir ovozli an'anada rivojlangan edi. Uzoq asrlar mobaynida (1 ming yillikning oxirigacha) cherkov qo‘shiqchiligida ayollarning ishtirok etishi va musiqiy cholg‘ularning qoMlanilishi man etilgan. Cherkovni G'arbiy kalolikva Sharqpravoslav turlariga boMinishi 1054-yili “sxizma” bilan rasmiy tasdiqlangan. G ‘arbiy Yevropada bir qator katolik mahalliy markazlari, o‘zlarini liturgiyalari bilan namoyon bo‘ladi: Rim, Milan, Qadimgi Ispan, Qadimgi Fransuz, Kelt liturgiyalari nihoyatda mashhur bo'ldi. Asta-sekin rasmiy Rim xorali (Grigoryan xorali) barcha mintaqaviy an’analarni chetga surib, markaziy maydonni egalladi. Katolik qo‘shiqchiligidagi amalga oshirilgan islohot Rim Papasi Grigoriy I nomi bilan bogMiqdir. Ma’lumki, Grigoriy I hokimiyatga 15 Vl-Vll asr o‘rtalarida kelcli. Grigoryan xoral kuylash san’ati bilan qiyoslanadi. Melodik va ritmik sur’atlari birmuncha tekis va aniqlik bilan ajralib turuvchi qat’iy aytimlar, unison tarzida xor va yakkaxorlar bilan ijro etilib, dunyoviy hayotdan voz kechish va yiroqlashish, ilohiy hayajonni tinglovchilarga baxsh etishga chorlagan. * . .4, .... . ^ - , г'л - i s Rim Papasi qaramog'ida bo‘lgan barcha davlat va mamlakatlarning katolik cherkovlari uchun diniy marosimlarni o'tkazishning bir xil airanalari urf bo‘ldi. * r . »„• , . * > • l 7 * * > ' > * ‘ V «мнСге- А- *лг SjH- ri-ш*. Mdotes ro-й-гмш vs* i-ta: : - * * * . л \ Я * * s 9 * ■ su p tr iu via tt u Qu:tc v1*' » sis ra. Barcha xorallar cherkovda nishonlangan kalendar bayramlari va maxsus mavsumiy oy va kun, ma’lum vaqtda aniq belgilangan tartibda ijro etilishi kiritilgan. Til (lotin) va kuylash uslubi (grigoryan) diniy marosimlarning yaxlitligini va diniy ta’limot birligidan 16 barchani voqif qilmog‘i zarur edi. Bu borada cherkov hech qanday o'zgarishlarga yo"l qo'vmagan. Biroq ular paydo boMgan, chunki uzoq vaqt davomida nota yozuvi bo'lmagani va diniy aytim va qo'shiqlar maxsus ta'lim olgan xonandalar xotirasida saqlanib. faqat og'zaki tarzda o'rgatilganligini bu borada qayd etish lozim. Kanonlashgan qo'shiqchilik ikkita katta guruhga boMingan bo’lib. messa va offitsiyaga taalluqli edi. Yangi kuylarni bastalash Trident katta cherkovi (1545-1563) davrigacha davom etdi. so'ngra bir qator diniy qo'shiqchilik namunalarini, masalan, tropa va sekvensiyalarni ijro etish man qilindi. Tropalar liturgik dramaning tayanchiga aylandi. Cherkov ibodatining marosim matnlari va qo‘shiq namunalari maxsus kitoblarni tashkil qildi (Antifonariy, Gradual, L.iber usualis). IX asdan boshlab musiqani pergament qog‘ozida maxsus nota yozuvlari vazifasini bajargan belgilar - nevmalar yordamida yozib olina boshlandi. Davrlar o'tib. XI asrda italyan musiqachisi Gvido de Aretsso tomonidan amaliyotga kiritilgan nota chiziqlari takomiilashtirildi. Bu qadam zamonaviy nota yozuvi borasida katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Gvido de Aretsso Benedikt ibodatxonasi ruhoniysi edi. U nota yozuvining islohotchisi bo'lib, to‘rt yo‘lakli nota yozuvini amaliyotga kiritdi (zamonaviy nota yozuviga asos solgan deb hisoblash mumkin). Shu bilan birga. u geksaxord tizimini nazariy asoslab berdi. Gvido de Aretsso 17 IX asrlargacha katolik cherkovining qo'shiqlari bir ovozli edi. IX-XIII asrlarda ko‘p ovozli shakllar paydo bo'ldi. Bular - organum, diskant, gimel va boshqalar. Biroq XV-XV1 asrlar oxirigacha ko‘p ovozli qo‘shiqchilik bir ovozlikni qayta ishlangan namunasi sifatida qabul qilinar edi. Ars antiqua davrining Notr-Dam maktabi amaliyotida o‘rta asr ko‘p ovozligining asosiy shakl va janrlari rivoj topdi. Cherkovda organum, motet, rondel, kondukt, klauzula, goket kabi janrlar rivojlandi. Ars nova davri musiqasida ko‘p ovozli messa va izoritmik motet paydo bo‘ldi. Messa va motet XV asrdan - XVI asrga qadar Niderland maktabi kompozitorlari ijodida bosh janr vazifasini bajardi. Cherkov ladlari (musiqa pardalari) - cherkov tonlari, amaliyotda Grigoryan ladlari, o ;rta asr ladlari deb ham nomlanadi. Cherkov ladining tarixiy ildizlari qadimgi yunon ladlariga borib taqaladi. Cherkov ladi bu o‘rta asr cherkov musiqasining monodik (ya’ni bir ovozli) ladlar tizimidir: I ton - doriy ladi; II ton - gipodoriy ladi; III ton - frigiy ladi; iV ton - gipofrigiy ladi; V ton - lidiy ladi; VI ton - gipolidiy ladi; VII ton - miksolidiy ladi; VIII ton - gipomiksolidiy ladi. Cherkov ladining asosiy kategoriyalari - finalis (yakuniy ton), ambitus (aytim hajmi), reperkussa (takror etiluvchi ton, psaimodiyalash). Cherkov ladining har biri o‘ziga xos kuy shakliga ega bo‘lib, psalmodiya uchun ham xarakterlidir: boshlang'ich (initsiy), o‘rta kadans (mediatsiya yoki medianta), yakunlovchi (finalisi yoki terminatsiya). 0 ‘rta asr musiqasida cherkov ladlaridan tashqari, boshqa ladlar ham mavjud bo‘lgan, ammo ular musiqa nazariyasida o‘rganilmadi, faqatgina Glareanning “Dodekaxord” risolasida cherkov ladlari tizimi boshqa ladlar bilan to'ldirildi: IX ton - eoliy, X ton - gipoeoliy, XI ton - ioniy, XI1 ton - gipoioniy. Katolik cherkov G ‘arbiy Yevropa davlatlari hududida jamiyatning barcha jabhalarini, jumladan, madaniyat va san’atni o‘ziga taslim qilganligiga qaramay, musiqa san'atida tadrijiyot (evolyutsiya) jarayonlari davom etilaverishini qayd qilishimiz mumkin. Dunyoviy musiqa Xudoga qarshi chiquvchi va shak keitiruvchi san'at sifatida keskin e’tirozlar mo'ljaliga ay I and) O'rta asr musiqa san'ati yangi voqeliklar bilan yanada boyidi. O'rta asr shaharlari yillar o' tib madaniyat markazlariga ay land i. Yevropa davlatlarida ilk universitetlar ochildi, Bolonya va Parij universitetlari shular jumlasidandir. Sayohat qiluvchi sayyoh musiqachilar haqida asosiy ma’lumotlar IX-XIV asrlar manbalarida keltiriladi. Sayohat qiluvchi san’atkorlar (jonglyorlar, menestrellar, shpilmanlar) turli xil davlatlarda har xi! nomga ega boMib, saroy musiqa madaniyatining namoyandalari bo'lgan. Ko‘p hollarda, saroy lirikasining ilk shakl ko‘rinishlari aynan ularning musiqiy amaliyotida shakllanib boradi. Sayohat qiluvchilarning o'zi ham aktyor, qo‘shiqchi, jo ‘mavoz, raqqos va bastakor sifatida maydonga chiqadilar. Ular truba, rog, svirel, pan fleyta, volinka, arfa, krot, rebab, viyela, fidel kabi musiqiy cholg‘ularda mohirona chalishni bilganlar. Jonglyor va shular kabi artist, akrobat, musiqachilar, raqqoslar o‘zining ma’lum madaniy-tarixiy an’analariga ega bo‘lish ehtimoli bor edi (Qadimgi Rim sinkretik san’ati). XII-XII1 asrlarda G'arbiy Yevropaning bir necha davlatlarida trubadurlar musiqiy-poetik san’atining badiiy ta’siri alohida ahamiyat kasb etdi. Sarkarda (ritsar)lar doirasida XI asrga kelib iste’dodli shoir va musiqachilar paydo bo‘ldi. 0 ‘zlarining samimiy musiqiy-shoirona asarlarida ular go'zailik timsoli bo'lgan ayol nafosatini va ularning qalbini zabt etishga harakat qilgan sarkarda (ritsar)lik musobaqalari haqida bayon etuvchi mavzularni ko'targanlar. Fransiyada ularni - trubadur va truverlar deb atashgan boMsa. Germaniyada - minizingerlar deb nomlashgan. Ular qoldirgan ijodning yozma namunalari bir ovozli asarlar ko‘rinishida bizgacha saqlanib qolgan. Biroq o'sha davrda bir ovozli yozuv bilan bir qatorda ikki va uch ovozli yozuvlar mavjud bo'igani ham ma'lum. Yuqorida ta’riflangan barcha hodisalar XIV asrga kelib shakllangan “Yangi san'at” Ars nova nomi bilan tarixda qolgan hodisaga aylandi (unga qarama-qarshi Ars antique - qadimgi san'at taqqoslanib turgan). Shu davrga kelib, yetakchi san'atkor va san'at ustalarining nomi xalq orasida tilga olinib, mashhur bo‘ladi. Masalan, Italiyada xalq orasida katta obro‘-e’tibor qozongan ko'zi ojiz san'atkor - Franchesko Landino, Fransiyada esa - Gilyom de Masho san’ati yuksak baholangan. ! ■ПDarhaqiqat, bu yangi davr san’ati usluban yorqin, jonli, harakatchan, rang-barang bo‘yoqlar va ifoda vositalar bilan ajraluvchi san’atga aylandi. Ars nova G'arbiy Yevropa san’atining eng yuksak davrlaridan biri sanalmish - Uyg'onish yoki Renessans (XIV-XV1 asrlar) davrini ochilishiga olib keldi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1. Karomatov F., Elsner Yu. Makam I makom, kn: Muzika narodov Azii I Afriki. Vip . M., 1984, s. 91
2. Sach Curt. The Rise of music in the anchient World and West. W. W. Norten E. Company INC. New York., Vinogradov V. S. Klassicheskie tradicii Iranskoy muziki. M., Sovetskiy kompozitor, 1981, s. 30-32; Gruber R. I. Vseobshaya istoriya muziki. I. M., Gosmuzizdat, 1960, s. 69, 114-117
3. Jmud L. Ya. Pifagor I yego shkola. L., Nauka, 1990, s. 91-100
4. Change Darvish Ali. Traktat o muzike. (perevod s pers.-tadj. D. Rashidovoy) Rukopis bib-ka NII Iskusstvoznaniya Inv. N879 s. 23-29.
5. Nazarov A. F. Kniga pesen al-Isfaxani v aspekte mejregionalnix muzikalno-transkulturativnix processov. Dis. Kan. Is-ya, bib-ka NII Iskusstvoznaniya. Inv N812, s . 37
6. Gercman E. Vizantiyskoe muzikoznanie. L., 1988 s. 26
7. Korogli X. G. vzaimosvuazi eposa narodov Sredney Azii, Irana I Azerbaydjana. M., 1983, s. 8
8. Gafurbekov T. B. Tvorcheskie resursi nacionalnoy monodii I ix prolemlenie v uzbekskoy sovetskoy muzike. T., Fan, 1987, s. 8-11
9. Matyoqubov O. R. Og`zaki an`anadagi professional muzika asoslariga kirish. T., O`qituvchi, 1983, b. 7
10. Rajabov Ishoq. Maqomlar. Toshkent., (qo`lyozma) San`atshunoslik institute kutubxonasi, Inv. N843, b. 61
11. Yunusov R. Yu. O`zbek xalq musiqa ijodi (ilmiy-uslubiy tavsiyalar) II qism, T., 2000, b. 24
12. Ibn Arabshoh. Amir Temur tarixi, T., Mehnat, 1992, b. 86-87
13. Fitrat. O`zbek klassik musiqasi va uning tarixi. T., Fan, 1993, b. 39-40
14. Kavkabiy Najmiddin. Risolai musiqi. Risola dar bayoni Duvozdahmaqom. Tahiya, tahqiq va tavzehot ba qalami Asqarali Rajabov. Dushanbe, Irfon, 1985, b. 65(Kulliyot mazmunin ozbek tiliga o`girishda Ismoil Bekjon tarjimasidan erkin foydalandik.)
15. N. Kavkabiy. Ko`rsatilgan adabiyot. B. 48; Abdurahmon Jomiy. Traktat o muzike. T., AN UzSSR, 1960, s. 85
Download 113.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling